4-Tajriba ish Mavzu



Yüklə 116,08 Kb.
səhifə1/6
tarix23.10.2022
ölçüsü116,08 Kb.
#65951
  1   2   3   4   5   6
4-Tajriba ish Mavzu


4-Tajriba ish
Mavzu: Preprosessor vositalari. Takrorlanish operatori (while). Takrorlanish operatori (do while). Prametrli takrorlanish operatori (for)
Ishdan maqsad: C++ dasturlash tilining sikl operatorlari bilan tanishish. Sharti oldindan, shart oxiridan beriladigan takrorlanish va parametrik sikl operatorlarini o’rganish.
Nazariy qism.
Dastur kodining biror qismining ko’p marta bajalishi sikl hisoblanadi. Dastur kodining qandaydir qismini qandaydir shart asosida birnecha marta bajartirish uchun dasturlashda sikldan foydalaniladi. Agar shart rost bo’lsa sikl davom qiladi. Aks holda to’xtatiladi. Agar shart hamisha rost bo’lsa bunday sikl cheksiz sikl deb ataladi.
C++ da siklni tashkil qilish uchun while, do while va for operatorlari mavjud.
Siklni o’rganish uchun eng oson misol bu 1 dan n gacha natural sonlarning yig’indisini(1+2+3+…+n) topish dasturini tuzish. Bu yig’indini takrorlanish jarayoni orqali hisoblash uchun 1 dan n gacha sonlarni birma-bir qo’shib chiqish lozim. Yig’indining dastlabki qiymatini 0 ga tenglaymiz. Siklning har bir qadamida quyidagi amallar bajariladi:
s=0;
1-qadam. s=s+1=0+1=1;
2-qadam. s=s+2=1+2=3;
3-qadam. s=s+3=3+3=6;
4-qadam. s=s+4=6+4=10;
5-qadam. s=s+5=10+5=15;
………………………….
i-qadam. s=s+i;
………………………….
n-qadam. s=s+n;
Har bir qadamda bir xil amal bajariladi, ya’ni yog’indining yangi qiymatini hosil qilish uchun uning avvalgi qadamdagi qiymatiga navbatdagi natural son qo’shiladi.
1) while sikli.
Bu siklda shart oldindan qo’yiladi. Agar shart rost bo’lsa sikl tanasi bajariladi. Aks holda sikl to’xtab undan keyingi qadamga o’tiladi.

while (shart) {


sikl tanasi
}
1 dan n gacha sonlar yig’indisini topish uchun har bir qadamda navbatdagi sonni qo’shib borish uchun i o’zgaruvchi e’lon qilamiz.

Yüklə 116,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin