5 – mavzu Devorbop materiallar ishlab chiqarishdagi innovatsion texnologiyalar Reja



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə1/4
tarix10.07.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#136292
  1   2   3   4
5 – mavzu Devorbop materiallar materiallar ishlab chiqarishdagi innovatsion texnologiyalar


5 – mavzu Devorbop materiallar materiallar ishlab chiqarishdagi innovatsion texnologiyalar
Reja

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Devorbop tosh materiallari, devorbop panellar.

  3. Ko‘p qatlamli, yog‘och devorlar.

  4. Monolit devorlar.

  5. Binolarni barpo etishda yechib olinmaydigan opalubkadan foydalanish

Tayanch iboralar: Devorbop materiallar, mustahkamlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, texnologiya, g‘isht, beton blok, ko‘pikbeton, gazbeton, veloks, panellar.
Devorbop materiallar -bu devorlarni barpo etish uchun foydalaniladigan material va buyumlardir. Xar qanday qurilishda devorbop materiallar asosiy mateiallardan biri bo‘lib xisoblanadilar. Shuning uchun xar qanday binoning mustahkam va ishonchli devori bino yoki inshootning asosidir. Mustahkam devorlar shak-shubxasiz bino yoki inshoatga uzoq yillar xizmat qilish imkonini beradi. Shuning uchun devorni barpo etish uchun material tanlash butun loyihani xal etuvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy devorbop materiallari bevosita devorlarni barpo etishda foydalaniladigan konstruksion materiallar va devorbop pardoz materiallariga bo‘linadi.
Odatda devorlarni barpo etish uchun beton va sopoldan bo‘lgan devorbop materiallardan (misol uchun, g‘isht, sopol tosh va boshq.) foydalaniladi. Binodagi vazifasiga ko‘ra devorlar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Yuk ko‘taruvchi – binoning boshqa qismlaridan yukni qabul qilib olib, o‘z og‘irligi bilan birga bino poydevoriga uzatadi;

  2. O‘z-o‘zini ko‘taruvchi – poydevorga tayanadi va faqat o‘z og‘irligini ko‘taradi;

  3. Yuk ko‘tarmaydigan – ma’lum bir qavat chegarasida yuk ko‘taruvchi konstruksiyaga tayanib, faqatgina o‘z og‘irligini ko‘tarib turuvchi (asosan to‘suvchi vazifasini bajaruvchi - pardevorlar).

Toshli devorbop materiallar quyidagilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi:

  • Buyum turi;

  • Vazifasi;

  • Foydalaniladigan xom ashyosi va mahsulot tayyorlash usuli;

  • Zichligi;

  • Issiqlik o‘tkazuvchanligi;

  • Siqilishdagi mustahkamligi.


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin