5-mavzu. Elektr yuklamalar grafiklarini harakterlovchi asosiy kattaliklar reja



Yüklə 61,43 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü61,43 Kb.
#184630
  1   2   3   4
5-Maruza


5-MAVZU. ELEKTR YUKLAMALAR GRAFIKLARINI HARAKTERLOVCHI ASOSIY KATTALIKLAR


REJA:

1. Elektr yuklamalar grafiklarini harakterlovchi asosiy kattaliklar


2. Korxonalarda qo’llaniladigan yuklamalar turlari


1. Elektr yuklamalar grafiklarini harakterlovchi asosiy kattaliklar
Yuklamalarni hisoblash va tadqiqot qilishda iste’molchilarning quvvat va vaqt bo`yicha ish rejimini tavsiflovchi yuklamalar grafiklarining koeffitsientlaridan foydalaniladi. Bunday koeffitsientlar xususiy va guruhiy grafiklari uchun aniqlanib, mos ravishda kichik k va bosh K xarflar bilan belgilanadilar (3.6, 3.7-rasm).
Ishlatilish koeffitsiyenti deganda, o‘rtacha aktiv quvvatni nominal quvvatga nisbati tushuniladi va uning miqdori eng ko‘p yuklamali smena uchun aniqlanadi:

Bu yerda, pn, Pn – mos ravishda bir yoki guruh iste’molchilarining nominal aktiv quvvatlari. Pn ni miqdorini takroriy qisqa muddatda ishlaydigan iste’molchilarda ularning pasportlaridan olinadi.
ps, Ps – mos ravishda ayrim guruh iste’molchilarning o‘rtacha aktiv quvvat energiya hisoblagichlarining ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlanadi:
;
эa, ЭA – bir yoki guruh iste’molchilarning qabul qilgan aktiv elektr energiyasi.
Ts – sikl uchun vaqt intervali.
Yuqorida keltirilgan munosabatlarni reaktiv quvvatga ham yozish mumkin:
; ;
; .
Har xil rejimlarda ishlovchi elektr iste’molchilari uchun ishlatilish koeffitsiyentlarining o‘rtacha qiymati ma’lumotlarda keltirilgan.
Grafikni to‘ldirish koeffitsiyenti deb, ma’lum vaqt oralig‘idagi o‘rtacha quvvatni maksimal quvvatga nisbatini aytiladi.

3.8-rasm. Har xil rejimlarda ishlovchi elektr iste’molchilarning yuklamalar grafigi.

Odatda, Po‘rt va Pm larning miqdorlari t yuklamali smena davrining vaqti uchun olinadi.


Aktiv quvvatni maksimumi deganda, ma’lum vaqt oralig‘ida o‘rtacha quvvatning maksimumi tushuniladi. Smena davomidagi 30 minutli o‘rtacha quvvatlarining qiymatlaridan eng maksimumi olinadi. Rasmda 6 soat davomida har 30 minutga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha qiymatlarning grafik keltirilgan. Qurilgan vaqt intervalida 30 minutli yuklamaning maksimum qiymati 210 minutdan 240 minutgacha oraliqda sodir bo‘lar ekan (3.8-rasm).
Yuklamaning ushbu qiymatini ko‘p hollarda hisobiy quvvat sifatida ham qabul qilinadi.
Grafikni to‘ldirish koeffitsiyenti guruh iste’molchilari uchun topiladi. Bu koeffitsiyentini aniqlashning reaktiv quvvat uchun ifodasi quyidagicha bo‘ladi:

Kunlik grafikning to‘ldirish koeffitsientlarining qiymatlarini turli korxonalar uchun ma’lumotnomalardan olish mumkin(A.6).

Yüklə 61,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin