5-Mavzu: Insoniyat hayotida ilk bosma nashrlar Reja



Yüklə 99,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü99,3 Kb.
#198692
  1   2   3   4   5   6
5-maruza — копия



5-Mavzu: Insoniyat hayotida ilk bosma nashrlar 
Reja: 
5.1. Ilk gazetaning paydo bo'lishi 
5.2. Yevropa bosma nashrlarining vujudga kelishi 
5.3. O’zbek matbuotining vujudga kelishi 
 
5.1. Ilk gazetaning paydo bo'lishi 
 
Insoniyat dunyoqarashining kengayishida ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuot 
(gazeta)ning o‘rni beqiyosdir. 
 
Tarixchilar insoniyat hayotidagi birinchi gazeta miloddan avvalgi II asrning o‘rtalarida 
Qadimgi Rimda «Rim xalqining kundalik ishlari» nomi bilan paydo bo‘lgan deyishadi. O‘sha 
paytda gazetalar taxtachalarga yozib tarqatilgan. Dastlab norasmiy yangiliklarni tarqatish vositasi 
bo‘lgan bunday «taxta matbuot» tezda hokimiyat nazariga tushib, 
Yuliy Sezar
ning topshirig‘iga 
binoan unga senat yig‘ilishlari hisobotlari, harbiy sarkardalarning bayonotlari va qo‘shni davlat 
hukmdorlarining murojaatlari kiritiladigan bo‘lgan. Shunday qilib, yangiliklardan boxabar bo‘lish 
uchun o‘ylab topilgan matbuot hali o‘zining kurtak holatidayoq bir miqdorda jamoatchilikning 
qo‘lidan chiqib, davlat ta’siriga uchragan. Ushbu ommaviy kundalik gazeta 
milodning III 
asri
gacha chop qilingan.
Xitoy
da VIII asrning boshlarida "
Poytaxt axboroti
" ("Цзин Бао") nomli rasmiy hukumat 
gazetasi vujudga keldi. Bu gazeta XX asrning boshlarigacha nashr qilindi. Ushbu nashrda 
imperatorning mamlakatdagi muhim voqealar haqidagi farmonlari va xabarlari chop etilgan. 
Demak, 
XVII asr
ga kelib gazetaning biz taniydigan shakli paydo bo‘lguniga qadar uning 
turli qiyofadoshlari mavjud bo‘lgan. Mazkur shaklga eng yaqini 
«awiso»
deb nomlanib, u 
Italiyada XVI asr
da paydo bo‘ldi. Qo‘lda yozilgan «awiso» butun Yevropaning siyosiy va 
iqtisodiy yangiliklarini yoritgan. 
«
Gazeta
» nomi esa Italiyada muomalada bo‘lgan «gazzetta» mayda chaqasi (tangasi) 
nomidan olingan. Bu chaqaga odatda Venetsiyada bir varaq qo‘lda yozilgan yangiliklarni sotib 
olish mumkin bo‘lgan. 
Bosmaxona dastgohi ixtiro qilinishi bilan yangi davr boshlandi. XVII asr dunyoga yangi, 
aslini olganda, ma’rifatga xizmat qiluvchi kuchni olib keldi, biroq endi nafaqat yangiliklarni o‘z 
vaqtida ommaga yetkazish va foydali fikrlarni barchaga yetkazishning, balki axborotning katta 
oqimiga mazmun va yo‘nalish berishning qudratli imkoniyati paydo bo‘ldi. Gazeta orqali nafaqat 
yangiliklar bilan bo‘lishishingiz, xizmat va mahsulotingizni reklama qilishingiz, balki o‘z 
imperiyangiz va qirolligingiz fuqarolariga yuritayotgan siyosatingizni «ijobiy» ko‘rsatishingiz, 
omma dunyoqarashiga ta’sir etishingiz mumkin bo‘ldi. Axborotni majburlab odamlar ongiga 
singdirish amaliyoti, qaysidir ma’noda majburiy obunaning kurtaklari shu payt keng ko‘lam ola 
boshladi. 
Eng birinchi davriy nashr sifatida 

Yüklə 99,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin