Matbuot haqida tushuncha Informatsiya va matbuot 7



Yüklə 39,75 Kb.
səhifə1/6
tarix20.04.2022
ölçüsü39,75 Kb.
#55868
  1   2   3   4   5   6
zamonaviy kurs ishi


Mavzu: Hozirgi zamon matbuotida jurnalist ijodining o’ziga xosligi

Reja:

Kirish 2

I bob. Matbuot sohasi 5

1.1 Matbuot haqida tushuncha 5

1.2 Informatsiya va matbuot 7

1.3 Jurnalist ma’sulyati 8

II bob. Zamonaviylik va jurnalistika 12

2.1 Jurnalist va jurnalistika muammolari……………………………………...12

2.2 Ommaviy madaniyat………………………………………………………...16

Xulosa ……………………………………………………………………………21

Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………….......23



KIRISH

O'zbekistonda istiqlol yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish, ulaming mustaqilligi va erkinligini ta’minlash yo‘lida ko‘pgina ishlar qilindi. Bu - hayot tasdiqlagan, o‘zimiz shohid bo‘lib, ishtirok etayotgan haqiqatdir. Mamlakat tarixida hech vaqt hozirgichalik matbuot e’tibor topmagan. Tarixda ilk bor OAV uchun huquqiy asoslar yaratilganligi, jurnalistning erkin ijod etishi kafolatini beradigan qonunlar qabul qilinganligi, sobiq ittifoq davrida jumalist qo‘lini qisqa, tilini bog‘liq, qalamini o‘tmas qilib turgan senzura bekor etilganligi, mamlakatda faoliyat olib borayotgan yuzlab nomdagi gazeta-jumallar, radiokanallar, teleko‘rsatuvlar, davlat va davlat tasarrufida boMmagan axborot agentliklari, ayni istiqlol yillari tashkil topgan eng zamonaviy axborot tizimi — Internet jumalistikasi fikrimiz isbotidir. Bugungi kunda jahon axborot maydonida raqobat qila oladigan milliy o‘zbek jumalistikasi vujudga kelganligi, Milliy matbuot markazi, O‘zbekiston Jurnalistiari ijodiy uyushmasi, Elektron OAV Milliy Assotsiatsiyasi kabi jumalistlar faoliyatini qo'llab- quvvatlaydigan tashkilotlar barpo etilganligi ham istiqlol bergan ne ’matlardir.O'zbekistonda bu borada amalga oshyrilgan shunday ishlar, erishilgan yutuqlar oz emas. Zero, matbuot, radio, televideniye faoliyatini yanada erkinlashtirish, ulaming mustaqilligi va erkinligini ta’minlashga mamlakatimizdagi islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida qaralayotganligi ushbu yutuqlar omili bo'lmoqda.

Mavzuning dolzarbligi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar o‘zimizniki, ular biz bosib o‘tgan dovon. Hayot esa davom etadi va bizning oldimizga yangi-yangi vazifalar qo‘yadi. Shular haqida o‘ylarkanmiz, yurtboshimiz Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shm a уig‘i 1 ishida qilgan ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish yoiida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar haqida bildirgan fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz to‘g‘ri qayd etdilar: biz mustabid tuzum merosi va aqidalaridan, uning mafkurasi, ma’muriy nazorati va senzurasidan katta qiyinchilik bilan xalos bo'lyapmiz. Hali matbuotimiz xalqimiz bizdan kutayotgan darajada tezkor va xolis axborotlar, islohotlar va yangilanishlar yo’lidan borishimizga to'sqinlik qilayotgan nuqsonlar, hayotning dolzarb muammolari haqida oshkora, professional, tahliliy materiallar yetkazib bera olmayapti. Hali jumalistlarimiz faoliyatida o'zini o‘zi senzura qilish, yuqoridan buyruq kutish kayfiyatlari sezilib qolayotgani ham haqiqat.OAVni «to'rtinchi hokimiyat», deb ataydilar. Biz jumalistlar ham mamlakatimiz matbuoti, radio, televideniyesini amalda «to'rtinchi hokimiyat» darajasiga yetkazish yoiida astoydil harakat qilishimiz lozim. Buni esa, muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «axborot erkinligini ta’minlamasdan, OAVni odamlar o‘z fikri va g‘oyalarini, sodir bo'layotgan voqealarga munosabatini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib» amalga oshirib bo‘lmaydi. Yurtboshimiz bu vazifalami amalga oshirish haqida fikr yuritar ekanlar, buning uchun, aw alo, ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash lozim va shu munosabat bilan OAVni qo'llab quw atlash bo'yicha mustaqil jamoatchilik fondi tashkil etish fursati yetdi, degan fikmi ilgari surdilar.




Yüklə 39,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin