5-Mavzu: Nuklein kislotalar strukturasi. Reja: dnk strukturasi a Chargaff qoidasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix21.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#119011
\'ruza



5-MavzuNuklein kislotalar strukturasi.
REJA: 
1. DNK strukturasi 
a) Chargaff qoidasi 
b) DNK ning birlamchi strukturasi 
c) DNKning ikkilamchi strukturasi 
Tayanch so’zlar: ribonuklein kislota, dezoksiribonuklein kislota, ATP, mitoxondriya
xloroplast, molekulyar massa, sitoplazma, ribosoma, virus, bakteriya
DNKning tuzilishi. Barcha tirik organizmlarda (virus va bakteriyalardan tashqari) 
DNK hujayra yadrosida joylashgan. Sitoplazmada (mitoxondriya va xloroplastlarda) ozroq 
miqdorda uchraydi. DNK molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin, timin, uglevod 
komponentlaridan dezoksiriboza va fosfat kislota bo’ladi. Hujayra tarkibidagi DNK miqdori 
xromosomalar soniga bog`liq. DNKning molekulyar massasi juda katta bo’lib, bir necha o’n 
milliondan yuz milliongacha etadi. 
DNK tarkibidagi nukleotidlarning o’zaro munosabati ma`lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. 
Bu qonuniyatlarni Chargaff (AQSH) aniqlagan bo’lib, Chargaff qoidasi deb ataladi. 
1. Adeninning molyar miqdori timinning molyar miqdoriga teng yoki ularning nisbati 1 
ga teng: 
A=T yoki 
Т
А
= 1 
2. DNK tarkibidagi guaninning molyar miqdori sitozinning molyar miqdoriga teng yoki 
ularning nisbati 1 ga teng:
G=S yoki 
S
G
=1 
3. DNK dagi purin asoslari yig`indisi pirimidin asoslari yig`indisiga teng: 
A+G=T+S yoki 
S
Т
А


G
=1 
4. Purin va pirimidin asoslarining oltinchi uglerod atomidagi amin va keto guruhlari bir-
biriga teng. 
G+T = A+S yoki 
S
А
Т
G


= 1 
5. DNK tarkibidagi guanin va sitozinning molyar konsentratsiyasi yig`indisining adenin 
va timinnning molyar konsentratsiyasi yig`indisiga bo’lgan nisbati 
Т
А
S
G


o’zgaruvchan bo’ladi. 
Hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar DNK sidagi bu nisbat har xil bo’lganligi uchun u 
tur spetsifikligi koeffitsenti deb ataladi.
1
1953 yili D.Uotson va F.Krik Chargaff qoidasiga hamda Uilkinsning rentgenstruktura 
analizi ma`lumotlariga asoslanib, DNKning struktura modelini yaratdilar. Bu modelga ko’ra 
DNK molekulasi qo’sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har 
ikkala zanjir bitta umumiy o’qqa ega bo’lib, diametri 20 A
o
ga teng. Nukleotidlar qoldig`i bir-
biriga nisbatan 36
0
burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir o’ramida 10 ta nukleotid 
qoldig`i joylashgan. Spiralning bir o’rami orasidagi masofa 34 A
o
ga teng bo’lib, har bir 
nukleotid 3,4 A
o
ni egallaydi. 
1
Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011. 397 – 
betdagi mavzu mazmunidan foydalanildi.


 DNK uchlamchi strukturasi 


Polinukleotid zanjirlarning pentozafosfat 
guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot asoslari 
esa ichki tomonida joylashgan. Polinukleotid 
zanjirlardagi pentoza bilan fosfat kislota o’rtasidagi 
bog` hisobiga, zanjirlar bir-biriga nisbatan teskari 
yo’nalgan bo’ladi, ya`ni bitta zanjir 5
I

3
I
bo’lsa, 
ikkinchisi 3
I

5
I
. Azot asoslari qo’sh spiralning 
ichki tomonida bir-biriga komplementar ravishda 
joylashgan bo’ladi. Bir zanjirdagi nukleotidlar 
ATGTS tartibda bo’lsa, boshqa zanjirdagi 
nukleotidlar TASAG bo’ladi, ular bir-biri bilan 
vodorod bog`lari orqali bog`langan. Bunda adenin 
bilan timin ikkita vodorod bog` hosil qilib biriksa, 
guanin bilan sitozin uchta vodorod bog` hosil qilib 
birikadi.
2
Shunday qilib, DNKning yuqorida keltirilgan tuzilishidagi xususiyati irsiy belgilarning 
nasldan-naslga o’tishda va oqsilining biosintezida muhim ahamiyatga ega. 
2
Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011. 397 – 
betdagi mavzu mazmunidan foydalanildi.


Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi, ularning asosiy qismi 
ribosomalarda to’plangan. Hujayra tarkibida uchraydigan RNKlar molekulasining massasi, 
tuzilishi va funksiyasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bugungi kunda hujayrada 40dan ortiq 
RNK turlari aniqlangan bo’lib, ulardan eng muhimlari uch xil RNK xisoblanadi, bular: 
informatsion -RNK, transport-RNK, ribosomal-RNK. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Yo.X.To’raqulov. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998 y. 
2. M.N. Valixonov Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y. 
3. A.Zikiryaev., P.Mirxamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya. 1-qism. 
Toshkent. 2012 y 
4. J.Koolman., K.H.Roehm. Color Atlas ofBiochemistry. Thieme Stuttgart · NewYork. 
2007. 
5. Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. 
China. 2011. 
6. 10. Mirxamidova P, , Zikiryayev A. Biologik kimyo va molеkulyar biologiya (1-qism) 
Darslik. Toshkеnt. Navro’z. 2018 y 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin