5 - TAJRIBA ISHI
Mikrosxemalar asosidagi T-trigger sxemasini o’rganish
1.
Ishdan maqsad
1. Integral mantiqiy elementlar asosidagi triggerni ishlash mantiqiy va ishlash
prinsipi bilan tanishish;
2. Integral mikrosxemalar asosidagi triggerlarni o’rganish;
3. O’rganilayotgan triggerlarni asosiy parametrlarini aniqlash.
II. Tajriba stendining tuzilishi.
Tajriba ishi ES21 turkumidagi tajriba stendi yordamida bajariladi.
Stend
almashtiriladigan platalarga ega. Mazkur tajriba ishini bajarish uchun № 4
plata
ishlatiladi.
III.
Ishchi topshiriq
1. Integral mikrosxemalar asosidagi asinxron RS – trigger tekshirilsin.
2. T – triggerning haqiqatlik jadvali yozilsin
va trigger kirishlaridagi
signallarni o’zgartirib jadval tekshirilsin.
3. Kirish signalining qaysi frontiga trigger ishga tushishi aniqlansin.
4. T – triggerni vaqt diagrammasi aniqlansin va ko’rilsin.
5. Signalni qaysi frontiga T – trigger ishga tushishi aniqlansin.
IV. Hisobot tarkibi
Hisobot quyidagilardan tashkil topgan bo’lishi kerak:
1. K 155 seriyali LAZ mikrosxemaning passport ma`lumotlari.
2. T – triggerning haqiqatlik jadvali.
3. Barcha o’rganilgan triggerlar uchun vaqt diagrammalari.
V. Nazorat
savollari
1. Triggerlarni klassifikatsiyasini keltiring.
2. Mantiqiy elementlar asosidagi RS – triggerni ishlashini tekshiring.
3. JK – triggerni shartli belgilanishini va haqiqatlik jadvalini keltiring.
4. Qanday usul bilan JK – trigger asosida D va T – triggerlar qurish mumkin?
RS va JK – triggerlarni farqlarini ko’rsating.
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
T –
triggerning shartli belgisi, holatlar jadvali va ishlash diagrammasi 3 –
rasmda ko‘rsatilgan. Bu triggerda bitta T kirishi bo‘lib,
bu kirishga kelgan har bir
signal ta’sirida trigger bir holatdan boshqasiga o‘tadi. Shuning uchun T – trigger
hisoblovchi (счетный) trigger deyiladi.
T – triggerni ikkita asinxron RS – trigger asosida VA – YO‘Q
mantiqiy
elementlarda tuzish mumkin.
3
– rasm. T - triggerning shartli belgisi (a), holatlar jadvali (b)
va ishlash (c) diagrammasi
T Q
n
Q
n+1
1
1
1
1
0
0
0
Q
T
Q
0
0
0
t
t
t
T
Q
n
Q
n
a)
b)
c)