6-mavzu: Gap bo`laklari. Ega va uning ifodalanishi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.10.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#66485
  1   2
006 mavzu 6 dars 6 ona tili kurs 2 Gap bo\'laklari Ega va uning ifodalanishi



2-bosqich 1-semestr
6-mavzu: Gap bo‘laklari. 
Ega va uning ifodalanishi
Ona tili
Abdukadirova M.M.


Reja:
1.Gap bo‘laklari.
2.Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqida.
3.Ega - bosh bo‘lak.


BILAMAN
BILISHNI 
XOHLAYMAN
BILIB OLDIM
Gap tarkibida ma’lum
so‘roqqa javob bo‘lib, ma’lum
bir
sintaktik vazifada
keluvchi so‘z yoki so‘z
birikmasi.
Gap bo‘lagi nima?
Gap bo‘lagi gapning boshqa
bo‘laklari
bilan
o‘zaro
grammatik
bog‘langan,
uzviy
munosabatga
kirishgan
organik
qismdir.
Dastlab bosh bo‘laklar, so‘ng
ikkinchi darajali bo‘laklar
ajratiladi.
Gap bo‘laklari xususiyati
naimadan iborat
Gap bo‘laklarining leksik-semantik
xususiyati
.
1.Saodat aytilgan qizlarning
butun latofatini egallab olgan
(G‘.G‘ulom
)
Ega ― bosh bo‘lak sifatida
Gapning bosh bo‘lagidan biri bo‘lgan
ega
gapda
kesim
orqali
ifodalanayotgan
belgi
predmetini
anglatuvchi bo‘lakdir.


Gap tarkibidagi o‘zaro tobe bog‘lanishda
bo‘lgan so‘zlardan bittasi tobe bo‘lak, ikkinchisi
hokim bo‘lak vazifasini bajaradi. Тobe bo‘lak
hokim bo‘lakka bog‘lanib, hokim bo‘lak talab
etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa
gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi.


Gap tarkibida tobe bog‘lanib ma’lum so‘roqqa javob
bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bo‘lagi
deyiladi. Masalan, o‘qituvchimga gul berdim. Bu gapda
uchta gap bo‘lagi bo‘lib, birinchisi kimga? so‘rog‘iga javob
bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasida, ikkinchisi nima (ni)? 
so‘rog‘iga javob bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasida, uchinchisi
nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesim vazifada
kelyapti.


Ega
Kesim
Aniqlovchi
To‘ldiruvchi
Hol
Gap bo‘laklari
Ikkinchi darajali
bo‘lak
Bosh bo‘lak


Ega va uning ifodalanish:
Gap kesimining qo‘shimchalardan anglashib turgan
shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir.
Ega, asosan, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib
keladi.
Ega doim bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va
ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
Masalan:Karim litseyga bordi.


Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan
ifodalanadi:
1. Ot bilan: Aziz o‘sha kitobni o‘qidi. Milt-milt yonib
turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi.
2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov
maqtasin. (Maqol)
3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. (M.Ism.)
4. Sifatdosh bilan: o‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan
turtkidan shoshar.


5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. 
(Qo‘shiqdan)
6. Ravish bilan: Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning
o‘zi yaxshi. (Maqol)
7. Harakat nomi bilan: o‘qish jafoli, keti vafoli. (Maqol). 
Ishlamoq ishtaha ochar.(Maqol)
8. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi. (Maqol)
9. Modal so‘z bilan: Bor so‘zlaydi, yo‘q o‘ylaydi. (Maqol)


Mavzuga doir savol va topshiriqlar.
1. Gapning qanday bo‘lagi ega deb ataladi?
2. Ega ,asosan, qanday savollarga javob bo‘ladi?
3. Ega qaysi kelishik shaklida bo‘ladi? U otning qaysi
grammatik shakllarini qabul qilishi mumkin?
4. Gap egasi qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar
keltiring


Mashq.
Berilgan gaplarga mos kesim qo‘yib gaplarni
ko‘chiring.Ega bilan moslang.
1. Beshik tebratgan qo‘llar dunyoga... 2. Dunyoda kechayotgan tabiat
tanazzulini o‘ylasam, dilim tubidan bir nido... 3. Тarix haqiqati oyga... 
4. Hikmat toshi vositasida kumush oltinga... 5. Qurumsoq tabassumini
ham o‘zgalardan... 6. Qafasda dunyoga kelgan qum ham erkin tush... 
7. Begona yurt osmonidagi quyosh ham musofirga g‘arib... 8. Eng
xosiyatli buloq — ilm chashmasi: undan suv ichgan sayin tashnalik... 
9. Hikmatni o‘tda yoqsangiz, u qaqnus yanglig‘ kuldan yana... 
10. U tavbaning kuchiga ishongani uchun ham dahriylik ko‘chasiga...

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin