212-19-guruh talabasi hjg jmn nb
Oqmirzayev Suhrob
6-variant
10-labaratoriya ishi
Mavzu: BTda yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini tadqiq etish
Ishning maqsadi: Bipolyar tranzistorli sodda elektron kalit sxemasida statik rejimlarni va o‘tish jarayonlarini tajriba yo‘li bilan tadqiq etish.
Impulsli va raqamli (mantiqiy) qurilmalarda elektron kalit asosiy element hisoblanadi. Elektron kalit yuklama zanjiriga ulanib, tashqi boshqaruv signali ta’sirida davriy ravishda ulash va uzishni amalga oshiradi. Bu vaqtda kalitning chiqishidagi signal bir-biridan yetarlicha farqlanadigan ikkita diskret qivmatga ega bo'ladi. Bu xossa uni Bui algebrasi funksiyalarini amalga oshiruvchi asosiy ME sifatida qo‘llash imkonini beradi.
Kalit ikki elementdan tashkil topgan: qayta ulanuvchi (QUE) va yuklama (YuE) elementlar. Kalit (invertor) tuzilishining umumlashgan sxemasi 10.1.a- rasmda keltirilgan.
b)
10.1– rasm. BT da yasalgan kalit sxemasi: a) kalit (invertor) umumlashtirilgan sxemasi; b) BT asosidagi soda elektron kalit sxemasi
BTli sodda elektron kalit sxemasi 10.1.b-rasmda keltirilgan. U UE sxemada ulangan BTda yasalgan kuchaytirgich kaskadidan iborat. Kuchlanish manbayi EM va RK ko‘rinishdagi yuklama qarshiligidan tashkil topgan zanjir boshqariluvchi zanjir hisoblanadi. Boshqaruvchi (baza) zanjir boshqaruv signali manbayi UKIR va unga ketma-ket ulangan qarshilik RB dan tashkil topgan. BT elektron kalit shartiga ko‘ra berk rejimda yoki to‘yinish rejimida ishlashi kerak. Kirishga manfiy qutbli signal berilsagina tranzistor berk rejimga o‘tadi. Ma’Iumki, berk rejimda tranzistor toklari 𝐼𝐸 ≈ 0; 𝐼𝐾 = 𝐼𝐾0; 𝐼𝐵 = −𝐼𝐾0; ga teng bo‘ladi. Bu yerda «—» belgisi baza toki aktiv rejimdagi baza toki yo‘nalishiga teskari yo'nalishda oqib o'tishini bildiradi. Kalit rejimida IK0 toki qoldiq tok deb ataladi. U juda kichik bo‘lganligi sababli, chiqish kuchlanishi UCHIQ manba kuchlanishi EM qiymatiga yaqin bo‘ladi. 𝐸𝐶𝐻𝐼𝑄 = 𝐸𝑀 − 𝐼𝐾0𝑅𝐾 ≈ 𝐸𝑀; ya’ni manba zanjiridan yuklama uzilishiga mos keladi (kalit uzilgan). Agar UKIR musbat qutbga va yetarlicha katta qiymatga ega bo‘lsa, u holda tranzistor aktiv yoki to‘yinish rejimiga o‘tadi, ya’ni ochiladi (kalit ulangan).
Yuklama zanjirida; 𝐼𝐾 = (𝐸𝑀−𝑈𝐾𝐸) /𝑅𝐾 ; tok oqib o‘tadi, kalit chiqishidagi kuchlanish esa UCHIQ = UKE = UQOl ga teng bo'lib, qoldiq kuchlanish deb ataladi.
To‘yinish rejimidagi qoldiq kuchlanish UEB va UKB lar ayirmasiga teng va doim aktiv rejimdagi qoldiq kuchlanish qiymatidan kichik bo‘ladi. Shu sababli, kalit sifatida tranzistorning aktiv rejimda ishlashi ma’qul emas, chunki unda qo'shimcha PK = IK UKE quvvat sochiladi va sxema FIK pasayadi. Kremniyli tranzistorlar uchun to'yinish rejimida VQOL 0,25 V ga teng, ya’ni nolga yaqin. Ko'rilayotgan kalit invertor ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi, ya’ni kirish signalining manfiy qiymatlardan musbat qiymatlarga ortishi, chiqish kuchlanishi UKEni EMdan qoldiq kuchlanishgacha kamayishiga olib keladi. Umuman aytganda, bu kalit — invertor to'g'ri mantiqdagi musbat signallar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Shuning uchun bu yerda UKIR< 0 shart bajarilmaydi. Lekin kremniyli p-n o‘tish musbat kuchlanishda ham, agar UKIR < 0,6 V bo‘lsa, deyarli berk qoladi. Bu vaqtda tranzistorning uchala elektrod toklari odatda mikroamper ulushlaridan ortmaydi.
a) b)
10. – rasm. Tranzistorning statik xarakteristikalarida kalit ishchi nuqtalarining joylashishi
10.3– rasm. BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi
Dostları ilə paylaş: |