7-Mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Reja



Yüklə 27,35 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü27,35 Kb.
#111991
  1   2   3
7-Mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


7-Mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Reja:

  1. Surxon vohasining o’tgan asrdagi iqlimi va sharoitlari;

  2. XX asr boshlarida Surxon-Sherobod vohasining geografik holati;

  3. Voha aholisining xo’jaligi, savdo-sotig’i, chorvachilik va hunarmandchilik;

Asosiy adabiyotlar

  1. Abduraimov M.A. Buxoro xonligida agrar munosabatlar tarixidan lavhalar. T., «Fan», 1 va 2 jildlar. 1966, 1970 yillar.

  2. Aminova R.G. Kollektivlashtirish qashshoqlashtirish demakdir. «Sharq yulduzi», 1992, 12- son.

  3. Bobur. «Boburnoma»-T., «Yulduzcha». 1989. 6, 46,47. 116, 120, 124,126 betlar.

  4. Boytillaev R. Varqsar (yoki qadimiy to`g’on tarixi). Mahalla 2006. 29 mart.

  5. Bartold V.V. Turkistonning sug’orilish tarixidan. Hayot va iqtisod. 1992. 1,2,3 sonlar

  6. Golovanov A.A. Крестянство Узбекистана-эволюсия сотсиалного положения 1917-1937 gg.-T.,»Fan». 1992.

  7. Dmitriev A.A. V Туркестане гонят русских. «Земшина» газ. 1910. 7 oktyabr.

  8. Yo`ldoshev M.Y. Xiva xonligida еr egaligi va davlat tuzilishi.-T., 1999

  9. Krivoshein A.V. Записка главноуправляшего земледелием и землеустройством о поездке в Туркестан -SPB, 1912, 111 b

Surxondaryo okrugi O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Okrug sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining suvayirg‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.


YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI
Okrugni shimol tomonidan Hisor tizmasi o‘rab turadi. Bu tizmaning balandligi 4500-4600 metrga yetadi. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi — Hazrat Sulton (4643 m) ham shu tog‘da joylashgan.Hisor tizmasi janubi g‘arbida Chaqchar, Boysun, Surxontog‘ kabi tarmoqlari joylashgan bo‘lib, gersin tog‘ hosil bo‘lishida burmalangan.Chaqchar tog‘ining eng baland cho‘qqisi Xuroson hisoblanib, 3749 metrga yetadi. Boysuntog‘ ancha baland bo‘lib, ayrim cho‘qqilari shimoli sharqida 3700 metrga yetadi. Boysuntog‘ning janubi g‘arbida Ko‘hitang tog‘i joylashgan. Ko‘hitang janubi g‘arbga 50 km cho‘zilgan va balandligi 3137 metrga yetadi. Boysuntog‘ning sharqida unga yonma-yon holda Surxontog‘ joylashgan, u qisqa, lekin ancha baland (3882 m) tog‘dir. Bu tog‘ning janubida Sherobod-Sariqamish past tog‘lari (1126 m) joylashgan. Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi g‘arbida Klif-Sherobod past tog‘i joylashgan.Surxondaryo tabiiy geografik okrugining sharqida Bobotog‘ joylashgan. Bu tog‘ ancha yemirilib, pasayib qolgan bo‘lib, eng baland Zarkosa cho‘qqisi 2289 metrga yetadi. Bobotog‘ g‘arbga, Surxondaryo vodiysiga va janubga qarab asta-sekin pasayib ketadi. Okrugda, yuqorida qayd qilingan tog‘lar orasida botiqlar joylashib, neogen va antropogen davri yotqiziqlari bilan to‘lgan.Surxondaryo vodiysi shimoli sharqdan janubi g‘arbga taxminan 170 km cho‘zilgan bo‘lib, shu yo‘nalishda pasayib boradi. Shakliga ko‘ra vodiy uchburchakka o‘xshash. Uning janubi-g‘arbiy qismi keng bo‘lib, 110-115 km ga, shimoli sharqi tor bo‘lib, 15-20 km ga teng.Okrugda qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs, tuz, har xil qurilish material konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi, Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, giрs, ohak konlari bor. O‘zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu okrugda joylashgan.Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi.

IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI VA HAYVONOT DUNYOSI


Iqlimi.Surxondaryo vodiysining iqlimi quruq subtropik. Lekin atrofidagi tog‘larga ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi. Okrugning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog‘larda sovuqroq bo‘ladi.Yozda okrugning tekislik qismi juda isib ketadi. Iyulning o‘rtacha harorati Denovda +28,2°C, Sherobodda +32,1°C ga yetadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga ko‘tarilganligi kuzatilgan (1914-yil 21-iyulda). Bu respublikamizda qayd qilingan eng yuqori haroratdir.Qish okrugning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘larning 2500-3000 m balandliklarida yanvarning o‘rtacha harorati –6°C dir. Ba’zan qishda sovuq havo massalari tog‘lardan o‘tib, tekislik qismi haroratini pasaytirib yuboradi. Shunday kezlarda havo harorati –20 –25°C gacha pasayadi.Surxondaryo okrugida yog‘inlar notekis taqsimlangan. Okrugning janubidagi tekisliklarga eng kam yog‘in (yiliga 133-230 mm) tushadi. Lekin tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilgach, yog‘in miqdori ortib, 500-600 mm ga yetadi. Hisor tog‘larining janubiy yonbag‘irlariga 800-900 mm gacha yog‘in tushishi mumkin, yillik yog‘inning ko‘p qismi qishda (46-48 foiz) va bahorda (43-44 foiz) yog‘adi. Kuz oylariga yillik yog‘inning 8-10 foizi, yozga esa atigi 1-2 foizi to‘g‘ri keladi.


Yüklə 27,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin