7-sinf O`zbekiston tarixi fanidan III - chorak uchun test savollari
Ubaydulloh ibn Ziyod - bu . . .
Arablarning Shomdagi noibi b. Movarounnahr sarkardasi
Sosoniylar davlatining oxirgi hukmdori d. Arab xalifaligining Xurosondagi noibi e.Buxoro hukmdori
2. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlar qachondan boshlab Movarounnahr deb yuritila boshladi?
a. VII asr o‘rtalaridan boshlab b. III asrdan boshlab
c. V asrdan boshlab d. VI asrdan boshlab e. IX asrdan boshlab
3. Qutayba ibn Muslim qachondan boshlab Xuroson noibi bo‘lgan?
a.725-yildan b.700-yildan
c.750-yildan d.705-yildan e.825-yildan
4. Arablar tomonidan joriy qilingan yer solig‘i qanday atalgan?
a. Kalon b. Jizya
c. Xiroj d. Iqta e. Zakot
5. Qaysi rang 747-yili Abumuslim boshchiligida qo‘zg‘olonchilar bayrog‘ining ramziga aylangan?
a. Qora b. Yashil
c. Oq d. Ko‘k e. Qizil
6. «Astronomiya elementlari» asarning muallifi kim?
a. Beruniy b. an-Nasafiy
c. al-Xorazmiy d. al-Farg‘oniy e. Forobiy
7. Barzikor - bu. . .
a. Hunarmand b. Yirik yer egasi
c. Mayda yer egasi d. Jangchi e. Yer ijarachisi
8. «Buxoroning devori menman» degan so‘zlar Buxoro hukmdorlarining qaysi biriga tegishli?
a. Ahmadga b. Nuhga
c. Nasrga d. Amr ibn Laysga e. Ismoil Somoniyga
9. Somoniylar davlatida bosh qozi qanday atalgan?
a. Xojibi buzurg b. Qoziy kalon
c. Qoziyul quzzot d. Qozi askar e. Sadr
10. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarining insonlar yashaydigan asosiy qismi qanday nomlangan?
a. Madina b. Shahriston
c. Ark d. Qal’a e. A va D javoblar to‘g‘ri
11. Tohiriylar sulolasi hukmdorlari o‘rniga qaysi sulola keldi?
a. Safforiylar b. G‘aznaviylar
c. Somoniylar d. Qoraxoniylar e. Saljuqiylar
12. Qaysi tarixiy shaxsni «Xorazmning faxri» deb atashgan?
a. az-Zamaxshariyni b. al-Xorazmiyni
c. Beruniyni d. an-Nasafiyni e. Narshaxiyni
13. Xorazmshohlar davlati hukmdorlaridan qaysi biri XII asrda birinchi bo‘lib mustaqillik uchun kurash boshladi?
a. Ma’mun b. Otsiz
c. Anushtegin d. Sanjar e. G‘aznaviy
14. Saljuqiylar sulolasining asoschisi va birinchi hukmdorini aniqlang?
a. Sotuq b. To‘g‘rulbek
c. Mahmud G‘aznaviy d. Sulton Sanjar e. Sabuqtakin
15. Somoniylarda markazlashgan davlatning tashkil topishi qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq?
a. Tohir ibn Husayn b. Ismoil Somoniy
c. Nuh d. Abdulloh ibn Tohir e. Nasr
16. G‘aznaviylar davlatining poytaxti G‘azna shahri qayerda joylashgan?
17. Burhoniddin Marg‘inoniy - bu taniqli . . .
18. Qaysi olimlar Xorazmdagi Ma’mun akademiyasida tadqiqotlar olib borishgan?
19. Qoraxoniylar davlatining asoschisini ayting ?
20. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarining muallifini toping.
21. Tohiriylar davlati qachon tashkil topdi?
22. 1221-yili qaysi shahar mo‘g‘ullar tomonidan qamal qilingan paytda O‘rta Osiyolik buyuk mutafakkir Najmiddin Kubro halok bo‘ldi?
23. Bosqoqlar va mo‘g‘ul zodagonlariga mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan hududlarda mone’liksiz
yurishlari uchun beriladigan maxsus nishon qanday nomlangan?
24. Chingizxonning shaxsiy gvardiyasi qanday atalgan?
.25. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul sarkardalaridan biri SHiki Xutuxu qo‘shinlarini qayerda tor-mor keltirdi?
Dostları ilə paylaş: |