Blue and Purple Casual Corporate App Development Startup Marketing Presentation



Yüklə 6,14 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,14 Kb.
#203161
Shaxbozbek


ANDIJON DAVLATUNIVERSITETI
Tarix fakulteti
403-guruh talabasi
ISROILOV SHAXBOZBEKning
O’zbek davlatchiligitarixi fanidan
SOMONIYLAR davlati
mavzusidatayyorlagan
Mustaqil ta’limi
Somoniylar davlati
Reja:
Somoniylar davlati tashkil topishi
Boshqaruv tizimi
Somoniylar davlatida Islom dini ravnaqi
Somoniylar davlatida pul siyosati
Foydalanilgan adabiyotlar
SOMONIYLAR DAVLATI TASHIL TOPISHI XARITASI
Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’mun va Amin o’rtasida taxt uchun bo’lgan kurashda Ma’munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag’ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o’zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o’z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko’p o’tmay aka-uka Nasr va Ismoil o’rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi.
Boshqaruv tizimi
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo’lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo’shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib lavozimiga ko’tarilgan. Hojiblarning boshlig’i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan. Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.
Somoniylar davlatida Islom dini ravnaqi
Somoniylar davlati, xususan, Movarounnahrning ravnaqida Islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida O’rta Osiyodagi ilk ilmgoh — madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan.
U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma’naviy hayotida „ustod“ deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom „shayx ul-islom“ nomi bilan yanada ulug 'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O’rta Osiyo aholisining mustaqil xalq bo’lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Somoniylar davlatida pul siyosati
Somoniylar tomonidan mis, kumush va oltin tangalar chiqarilgan. Markaziy hokimiyat va mahalliy hukmdorlar o’rtasidagi munosabatlarning har xilligi tanga zarb etilishida, mis tangalardagi nomlarning joylashishi va bu hukmdorlarning unvonlarida sezilarli darajada namoyon bo’lgan. Somoniy tangalari ichida tadqiqotchilar to‘rt toifani qayd etadilar: I) o‘z nomi bilan tanga chiqarmagan hukmdorlar; 2) mahalliy mulkdor sulola boshlig‘i nomidan fuls chiqargan, tangaga uning nomini ham yozgan; 3) egasi o‘z nomidan tangalar chiqargan, lekin u sulola boshlig‘i nomini sharaf bilan, hukmdor sifatida tilga olgan; 4) egasi o’z nomidan mis tangalar chiqargan, sulola boshlig’i nomini umuman tilga olmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar
    • B. Eshov O’zbek davlatchiligi tarixi Toshkent “Tafakkur” -2009

2.R.Shamsutdinov X.Mo’minov O’zbekiston tarixi Toshkent “Akademnashr” 2019
3. Wikipedia
Yüklə 6,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin