Abu Ali ibn Sino (980-1037)
Reja:
Abu Ali ibn Sinoning hayoti
Abu Ali ibn Sinoning Buxorodan chiqib ketishi
Abu Ali ibn Sinoning Asarlari
Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.
Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok.
Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», - deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.
Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.
Abu Ali Ibn Sino o`rta Osiyo, butun musulmon sharqi tabiiy, ilmiy va ijtimoiy – falsafiy fikrining buyuk namoyodasi, tibbiyot, falasafa, qator tabiiy – ilmiy fanlar, badiiy adabiyot sohalari boyicha ko`plab asarlar muallifi, mashxur qomusiy olim, mutaffakkurdir.
Abu Ali Ibn Sino o`rta asr falsafiy, tabiiy- ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy fikrlar tarixiga buyuk xissa qo`shgan. Ibn Sino “Shayx ur-rais”(“Olimlar boshlig`i”) deb nom qozondi. Ibn Sino (asl nomi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog`ida 989-yilda amaldor oilasida tug`ilgan. Yevropada “Avitsenna” nomi bilan mashxur bo`lgan.
Abu Ali Ibn Sino 18 jilddan iborat o`rta asr ilmining barcha muhim sohalarini `z ichiga olgan “Kitob ush – shifo” va “Donishmandnoma” kabi kitoblarida butun fanlarni tasniflab bergan. Falsafani nazariy va amaliy sifatda 2 ga bo`ladi.
Nazariy va amaliy falsafa. Amaliy falsafa tomnida ijtimoiy- siyosiy masalalar davlat iinson jamiyatining tuzilishi vazifalari,jamoani boshqarish, inson uyushmalarinig faoliyati, insonning xul odatlari, axloq jamoa va oiladagiaxloq manzaralari o`rganiladi.
Mavzu :
Abu Ali ibn Sino
Bajardi:
Mirzahmedov Mirabbos
Tekshirdi:
Aytuganova Sanobar
Toshkent 2008 rds-95 Studio
Dostları ilə paylaş: |