Induktivlik genri (H) hisobida o‘lchanadi. O‘tkazgichda tok 1 daqiqa ichida 1 amperga tekis o‘zgarganda unda 1 volt o‘zinduksiya elektr yurutuvchi kuch hosil bo‘lsa, bunday o‘tkazgichning induktivligi 1 H bo‘ladi. Induktivlik maydaroq o‘lchov birligi milligenri (mH) deb ataladi: 1 H = 1000 mH. Induktivlikning genridan million marta kichik bo‘lgan o‘lchov birligi ham bor. Bu birlik mikrogenri (mkH) deb ataladi. 1 H = 1000000 mk H = 106 mkH: 1 mk H = 1000 mk H. Induktiv g‘altaklar L harfi bilan, drossel Dr harfi bilan belgilanadi. Turli sim g‘altaklarning induktivligi va g‘altaklardagi o‘zaklar turlicha bo‘ladi. Po‘lat, temir, aluminiy, ferritlardan foydalaniladi. G‘altakdan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tganda, g‘altak atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladi, o‘zgaruvchan magnit maydoni g‘altakning o‘ramlarini kesib o‘tib, unda o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchni (EYK) hosil qiladi. G‘altakning induktivligi uning ko‘ndalang kesimiga va uzunligiga bog‘liq, o‘ramlar sonini o‘zgartirmasdan g‘altak uzaytirilsa, induktivlik kamayadi.
D r
Metall o‘zakli drossel
Dr
Ferrit o‘zakli drossel
3
Ikki chulg‘amli ferrit o‘zakli drossel
4
8.2. Induktivlikdagi rangli halqali (rangli nuqtali) belgilar
Rangli shartli belgilar induktivlik va ruxsat etilgan xatolik miqdorini bildiradi, asosan, 4 yoki 3 ta rangli halqalar bilan yoki rangli nuqtalar bilan belgilanadi. Boshidagi ikki tarangli nuqta induktivlik kattaligini mikrogenrida (mkH, µN), uchinchi rangli nuqta ko‘paytma, to‘rtinchi nuqta ruxsat etilgan xatolik miqdorini bildiradi, uchta rangli halqali induktivlik 20% xatolik miqdoriga ega. Rangli halqaning birinchisi qolganlariga nisbatan qalinroq qilib belgilanadi.
Induktivlikning shartli belgilari
Induktivlikning shartli belgilanishi, xatolik miqdori tayinlangan asl induktivligining og‘ishi ko‘rsatilgan induktivligi raqam bilan ruxsat etilgan xatolik miqdori harf bilan aniqlanadi. Induktivlikni aniqlashning ikki usuli mavjud.
A – birinchi ikkita raqam asosiy ma’nosini mikrogenrida (mkH, µN), oxirgisi nollar sonini bildiradi, keyingisi raqamdan keyin harfda ruxsat etilgan xatolik miqdorini bildiradi. Masalan, tanasidagi belgisi 101J bilan belgilangan bo‘lsa, 100 mk H +5%. Agarda 10 mk H dan kam bo‘lsa, o‘nlikdan keyin vergul o‘rniga R yoki N harfi qo‘yiladi. 1 mkG bo‘lsa, harf ko‘rsatilmaydi, bu induktivlikning ruxsat etilgan xatolik miqdori 20% bo‘ladi.
Ruxsat etilgan xatolik miqdori: D = + 0,3 mk H J =+5% K = + 10 % M = +20 %
Kumush
0,01
10%
Oltin
0,1
5%
Qora
0
1
20%
Jigarrang
1
1
10
Qizil
2
2
100
Olovrang
3
3
1000
Sariq
4
4
Yashil
5
5
Ko‘k
6
6
Siyohrang
7
7
Kulrang
8
8
Oq
9
9
Ranglar
1-halqa
2-halqa
ko‘paytma
xatolik
В – induktivlik bevosita mikrogenri (mkH, µН)da shartli belgilanadi. Bunday holatda shartli belgi 680 K – 68 mk H ±10 bo‘ladi.
A-belgilanishda esa 680K – 68 mk H emas, 680 mk H ± 10 bo‘ladi.