8.1Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idora-lar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statis-tika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumot-larni pulsiz va so’ralgan vaqtda yetkazib berishga majburdirlar.
Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.
Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi.
Hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo’llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro’yxatini misol keltirishimiz mumkin.
MAXSUS TASHKIL QILINGAN STATISTIK KUZATISHLARNI VOQEA VA HODISALARNING SODIR BO’LISHINI QAYD QILISH VAQTIGA QARAB UCH TURGA-UZLUKSIZ, FURSATLI VA BIR YO’LA KUZATISHGA AJRATISH MUMKIN.
Uzluksiz kuzatish - Bu xodisalar ro’y be-rishi bilanoq qayd qi-linadigan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug’ili-shi, nikohdan o’tish kabi voqea (xodisa) lar sodir bo’lishi bi-lanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.
Fursatli kuzatish - Ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuza-tishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’y-xati va boshqalar.
Bir yo’la kuzatish - Bu birorta masalani echish uchun o’tka-zilgan kuzatishga ay-tiladi.Masalan, savdo korxonalarini jihoz-lanish darajasining bozor iqtisodiyoti ta-lablariga javob beri-shi va bermasligini o’rganish uchun max-sus kuzatish o’tka-zishdir.
Statistik kuzatish tuplam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab ikki turga bo‘linadi:
Yoppaasiga kuzatish - To’plam birliklarining barchasi kuzatiladi. Masalan, O’zbekis-tonda aholi ro’yxati o’tkazi-ladigan bo’lsa, respublika fuqa-rolarning barchasi (qaerda-ligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi.
Qisman kuzatish - O’rganilayotgan to’plam birlik-larining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi.
Qisman kuzatish to’rtta turga bo’linadi
Anketa orqali kuzatish - Savollar yozil-gan varaqalar kuzatish birlik-lariga tarqati-lib, ular to’ldi-rilgandan so’ng yig’ishtirib oli-nadi va umum-lashtiriladi.
Monografik tasvirlash - Bunda to’plam-ning bir bo’lagi-ni har tomonla-ma va chuqur o’rganish tushuniladi
Asosiy massivni kuzatish -O’rganilayotgan belgi umumiy hajmining o’zga-rishiga olib ke-ladigan eng sal-moqli o’rin tut-gan birliklar aj-ratib olib o’rga-niladi.
Tanlab kuzatish - Bu kuzatishda bosh to’plam-dan bir qismi-ni tanlab olib tekshirish tu-shuniladi.
Statistik kuzatish jarayonida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish turli usullar yordamida amalga oshiriladi.
Shunga asosan statistik kuzatish to‘rt turga bo‘linadi:
1.
Dostları ilə paylaş: |