4-MAVZU. STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Reja:
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
4.2. Statistik jadvallarning turlari.
4.3. Statistik jadvallarni tuzish
qoidalari.
4.4. Statistik jadvallarni
о‘qish va tahlil qilish.
4.5. Statistik kо‘rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.
4.6.Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda
foydalanish.
4.7.Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik
jadvallar va statistik
grafiklardan kompleks foydalanish va uning ahamiyati.
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26
Tayanch iboralar: Statistik kо‘rsatkichla, jadval va grafiklar, jadval skeleti,
jadval egasi va kesimi,
jadval maketi, jadval sarlavhasi, diagrammalar; statistik
kartalar, kartogrammalar va kartodiagrammalar.
Statistik ma’lumotlarni
shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish
qulay bо‘lsin, ularni о‘qish va tushunish oson bо‘lsin. Ularni taqdim etishning eng
kamida 3 ta usuli mavjud: matnda sо‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida va
grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni sо‘z bilan matnda bayon etish kо‘rinishda yaxshi yо‘lga
о‘xshab
tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin
qilishdagi о‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama
tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash sо‘z bilan bayon etishga qaraganda
о‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan
farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli
tomonlarini ta’riflovchi kо‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, о‘zaro
bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik tо‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan
geometrik shakl bо‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda о‘rganilayotgan
obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun о‘z
nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bо‘lib, bular jadvalning asosiy
unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari о‘z
nomlariga hamda umumiy
sarlavhaga ega bо‘lib, sonlar bilan tо‘ldirilmagan bо‘lsa, u jadval maketi deb
ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar
ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bо‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi
ifodalangan bо‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi
kо‘rsatilgan bо‘lishi, shuningdek, о‘lchov birligi ham berilgan bо‘lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bо‘lib, ijtimoiy
voqea va hodisalarni
ifodalashi bо‘yicha uni о‘ziga xos mantiqiy gapga о‘xshatish mumkin. Shuning
uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil kо‘rsatkichlar
orqali ta’riflanayotgan statistik tо‘plam jadvalning egasi, kо‘rsatkichlar esa
jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida,
kesimi esa о‘ng tomonida bо‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin
(jadval 4.1 ga qaralsin).
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qо‘llaniladi.
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bо‘linadi: oddiy,
gruppaviy
va kombinatsion.
Oddiy jadval deb о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari
birma-bir rо‘yhat kо‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan
obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bо‘ladi.
Jadvalning ega qismida о‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi
bо‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bо‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval
deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).
Gruppaviy jadval deganda о‘rganilayotgan obyektlarni
bir belgi asosida
guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bо‘yicha guruhlaganda
ularni tо‘liq о‘rganishning iloji bо‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki
va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib о‘rganiladi. Buning uchun, avval
о‘rganilayotgan hodisa tо‘plami bir belgisi bо‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa
belgi bо‘yicha ichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida
kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va
hodisalarning о‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va tо‘la
yoritishga
yordam beradi.