Statistika va ekonometrika fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari Variant № 10 1 – Topshiriq: “Jadval egasi va kesimi. Jadval maketi. Jadval sarlavhasi” mavzusida esse yozing
Statistik kо‘rsatkichla, jadval va grafiklar, jadval skeleti, jadval egasi va kesimi, jadval maketi, jadval sarlavhasi, diagrammalar; statistik kartalar, kartogrammalar va kartodiagrammalar. Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bо‘lsin, ularni о‘qish va tushunish oson bо‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda sо‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash. Ma’lumotlarni sо‘z bilan matnda bayon etish kо‘rinishda yaxshi yо‘lga о‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi о‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi. Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash sо‘z bilan bayon etishga qaraganda о‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi kо‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, о‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. Jadvallar yotiq va tik tо‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bо‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun о‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bо‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari о‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bо‘lib, sonlar bilan tо‘ldirilmagan bо‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bо‘lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bо‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi kо‘rsatilgan bо‘lishi, shuningdek, о‘lchov birligi ham berilgan bо‘lishi lozim. Statistik jadval chuqur ma’noga ega bо‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bо‘yicha uni о‘ziga xos mantiqiy gapga о‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil kо‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik tо‘plam jadvalning egasi, kо‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa о‘ng tomonida bо‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin). Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qо‘llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bо‘linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion. Oddiy jadval deb о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari birma-bir rо‘yhat kо‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi. Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bо‘ladi. Jadvalning ega qismida о‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bо‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bо‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin). Gruppaviy jadval deganda о‘rganilayotgan obyektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi. Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bо‘yicha guruhlaganda ularni tо‘liq о‘rganishning iloji bо‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib о‘rganiladi. Buning uchun, avval о‘rganilayotgan hodisa tо‘plami bir belgisi bо‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bо‘yicha ichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning о‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va tо‘la yoritishga yordam beradi. (300-500 so‘z).