8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja



Yüklə 313,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix10.06.2023
ölçüsü313,08 Kb.
#128044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma’ruza xorij ta\'lim tajribasida differensial, integrativ va




8-MA’RUZA: XORIJ TA'LIM TAJRIBASIDA DIFFERENSIAL, 
INTEGRATIV VA MASOFAVIY TA'LIM MASALALARI 
Reja: 
1. Ta’lim-tarbiya differensiyasi muammosi. 
2. Integrativ yondashuv tusunchasi. 
3.Rivojlangan davlatlar tajribasida masofaviy ta’lim masalalari. 
Differensial ta'lim. Rivojlangan mamlakatlarda ommaviy o‘rta maktablarning 
yaratilishi ta'lim-tarbiya differensiyasi muammosini yanada keskinlashtirdi. Bunday 
holat umumiy ta'lim diversifikatsiyasining sifat darajasi boshqacha tizim zaruratini 
keltirib chiqardi. O‘quvchilarning iqtidori, qiziqishi, o‘zlashtirishiga ko‘ra differensial 
tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish - zamonaviy maktabning global 
yo‘nalishiga aylandi. Differensiyaning asosiy shakllari - o‘quv muassasalarini turli 
tiplarga bo‘lish, bir maktab ichida potok va profillarga, sinfda guruhlarga ajratish 
nazarda tutiladi. Differensial ta'lim muammosi bir xil hal bo‘lmaydi va qarama-
qarshiliklarga ega. Ijtimoiy tomondan differensiya ijtimoiy tanlov usuliga aylanadi. 
Pulli ta'lim va imtihonlar tizimi bunda tanlov vositasi bo‘lib hisoblanadi. Odatda 
tabaqalanish (differensiya) boshlang‘ich maktabni bitirgandan keyin boshlanadi. U 
turli tipdagi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Masalan: Angliyada grammatik 
va zamonaviy maktablarda, Germaniyada real bilim yurti, gimnaziya va asosiy 
maktablarda, Fransiyada texnologik, kasbiy va umumta'lim litseylarda, Rossiyada 
oddiy o‘rta maktab, litsey, kollej, gimnaziyada va b. Bu o‘quv muassasalarida 
differensiyaning asosiy o‘ziga xos belgisi dasturlardir. Bir o‘quv muassasasi doirasida 
differensiya keng yoyilgan. Masalan, AQSh va Yaponiya katta o‘rta maktablarida 2 
tipdagi umumta'lim va maxsus dasturlar mavjud. Ular turli qirralarda o‘quvchilarning 
turli guruhlarini o‘rganishadi. Germaniyada gimnaziya ta'limning 6 profilini taklif 
etadi, asosiy maktab esa differensiyani KKAM tizimi asosida amalga oshiradi. Unga 
ko‘ra ta'lim dasturning quyidagi variantlariga ko‘ra tashkil qilinadi: kasbiy kurs(K), 
kengaytirilgan kurs (K), asosiy kurs (A), moslashtirilgan kurs (M). To‘liqsiz o‘rta 



maktab differensiya vositasi hisoblanadi. 1930 yil AQShda, 1950 yil Yaponiyada, 
1970-1980 yillar G‘arbiy yevropada, 1990 yil Rossiyada differensial ta'lim amalga 
oshiriladigan o‘quv muassasalari paydo bo‘la boshladi. Bu yerda gap AQSh va 
Yaponiyadagi kichik o‘rta maktab, Buyuk Britaniyadagi birlashgan maktab, 
Germaniyadagi yagona kollej, Rossiyadagi 6 yillik o‘rta ta'lim maktabi haqida 
ketyapti. Bu kabi ta'lim muassasalarida 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo‘lgan 
o‘quvchilar o‘qitiladi. Bu o‘quv muassasalarda tabaqalanishning pedagogik asoratlari 
ijobiy. Tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega, turli guruh o‘quvchilari 
imkoniyatlari hisobga olinadi. Umumiy dastur o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini 
oshirishga mo‘ljallangan. Masalan, Fransiyadagi ilk yagona kollejlarda yaxshi 
o‘zlashtiruvchilar foizi shu yoshdagi parallel ta'lim muassasalarida yaxshi 
o‘zlashtiruvchilar sonidan yuqori chiqdi. AQSh va Yaponiya kichik o‘rta maktablarida 
to‘liqsiz o‘rta ta'lim beriladi. Mazkur dastur qator afzalliklarga ega. Tanlov fanlar 
ta'limni davom ettirish yoki mehnat faoliyatini boshlashni nazarda tutadi. 
1950 yil oxirida DJ.Konant boshchiligidagi pedagoglar guruhi umumqamrab 
oluvchi maktab modelini taklif etdi. Bu model bo‘yicha umumta'lim o‘quv 
muassasasida ijtimoiy daraja, qobiliyat, qiziqishidan qat'iy nazar barcha bolalar 
o‘qishadi, lekin turli-tuman ta'lim dasturlari amalga oshiriladi. Konant tavsiyalari 
AQShdagi kichik o‘rta maktablarda differensial ta'limni joriy qilishda foydalanildi.

Yüklə 313,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin