8-mavzu: Axloq falsafasi (Etika). Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya)
Reja:
1.Etikaning moxiyati va axamiyati.
2.Falsafa tarixida SHarq va G’arb mutafakkirlari ijodida axloqiy qarashlar.
3. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
4. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi.
5. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Tayanch tushunchalar: Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g’oya, Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, Adolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, Erkparvarlik, Vatanparvarlik, Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo’mardlik, Xalollik, Rostgo’ylik, xushmuomalalik, Kamtarlik.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o’z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o’rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o’z qonunlari va kategoriyalariga ega bo’lib, ular orqali o’z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so’zi aslida arabcha so’z bo’lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o’ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi.
Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko’rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o’ziga xos ko’rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. SHer «Axloqshunoslik» kitobida ko’rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisidir».46
Axloq inson va jamiyat o’rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shaxslar o’rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib, o’zining tarixiy taraqqiyotida:
- insonning tabiiy xislatlarini o’zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;
- jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;
- kishilarning ichki tuyg’ularini, hissiyotlarini o’stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarini anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish yo’llaridan eng afzali;
- oila va kundalik turmushda mavjud bo’lgan oilaviy burch, o’zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni nasldan-naslga, avloddan-avlodga o’tkazish asosida davom ettirish vositasi;
- adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g’oyasi sifatida muntazam ravishda rivojlanib kelgan va rivojlanadi.
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O’zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o’z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o’rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi.
Regulyativ funksiyasi – axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo’lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik funksiyasi (baholash) – yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o’zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo’lib, axloqiy prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi.
Tarbiyaviy funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi – bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo’llashda ijodiy yondashuvga o’rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatadi.
SHu erda, axloqning alohida funksiyalarini ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. CHunki real hayotda ular bir-biri bilan uyg’un holda namoyon bo’ladi. Axloq bir vaqtning o’zida boshqaradi, tarbiyalaydi, yo’naltiradi va hokazo.
“Etika”ning boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlardan farqi shundaki, u aksiologik xususiyatga ega. Ya’ni, axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va ijtimoiy voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning asosiy mezoni kishilarning «nima yaxshi-yu nima yomonligi» haqidagi tasavvurlari hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. SHu tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu tizimlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, har bir insonda turlicha namoyon bo’ladi. SHaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo’lsa, u ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi, uning dunyoqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo’ladi. Aksincha bo’lsa, inson o’zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yadi, dunyoqarashida individualizm prinsipi ustun bo’ladi.
Aslida axloqiy ideallar, tamoyillar va normalar kishilarning adolat, insoniylik, ezgulik, yovuzlik, ijtimoiy farovonlik haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan. Bu tasavvurlarga mos keluvchi xatti-harakatlar axloqiy deb, zid keladigan xatti-harakatlar axloqsizlik deb e’lon qilingan.
Boshqacha qilib aytganda, kishilar fikricha jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keladigan, insonlar uchun foydali bo’lgan xatti-harakatlar axloqiydir. Albatta, bu tasavvurlar tarixiy taraqqiyot davomida o’zgarib borgan, turli sinflar, ijtimoiy guruhlarda turlicha bo’lgan.
SHuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.47
Axloqshunoslik qadimda fizika, metafizika va mantiq bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so’ng) u alohida falsafiy yo’nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. SHundan kelib chiqqan holda, falsafaning predmetini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini, uning nazariy muammolarini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. SHu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham atash mumkin.
Bugungi kunda falsafiy fan sifatida uch yo’nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqshunoslik axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o’rgatadi. SHunga ko’ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me’yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo’lishi mumkin emas. U insoniyat o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o’rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Ya’ni axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G’azzoliy , Nasafiy, Spinoza, Kant, Hegel, SHopenhauer, Foerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Panchatantra», «Qutadg’u bilik», «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag’ishlangan asarlari ham o’z mustahkam o’rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o’ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday omuxtaligidadir.
Axloqshunoslik va estetika. Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan aloqasi qadimiy va o’ziga xos.
Avvalo, insonning har bir xatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go’zallik), ham nafosat (tashqi go’zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. SHu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko’p hollarda axloqiylikni ichki go’zallik, nafosatni tashqi go’zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi hamda san’atkor doimo o’zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy daraja va unga munosabatni badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Ayni paytda, bu ikki fanda ba’zan bir tushunchaning ikki xil ko’rinishini uchratish mumkin. CHunonchi, estetikasidagi ulug’vorlik tushunchasi, axloqshunoslikda qahramonlik tarzida tavsiflanadi. SHuningdek, estetikada ildizi axloqshunoslikka borib taqaladigan inson axloqiyligi darajasi bilan bog’liq xulqiy go’zallik degan tushuncha ham mavjud. Demak, estetika o’rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo’ladi.
Axloqshunoslik va dinshunoslik. Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. CHunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo’lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko’rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta’sir o’tkazganlar.
CHunonchi, islom dinini oladigan bo’lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon SHarqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ta’limotini esa rosmana islomiy axloq falsafasi deyish mumkin. SHuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Axloqshunoslik va huquqshunoslik. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko’p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo’ladi. SHunga ko’ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob’ektlari ko’p jihatdan o’xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya’ni huquq me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo’lga qo’yiladi; axloq me’yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.
SHuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo’lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.
Axloqshunoslik va pedagogika. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. SHu bois axloqshunoslik o’zining nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta’lim-tarbiya o’zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.
Axloqshunoslik va ruhshunoslik. Qadimdayoq axloqshunoslikning ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o’rganadi. Lekin bu o’rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Ruhshunoslik hissiyotlar sifatida o’rganadigan insondagi ko’pgina ma’naviy hodisalar axloqshunoslik tomonidan falsafiy-axloqiy tushunchalar tarzida tadqiq etiladi.
Axloqshunoslik va sotsiologiya. Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan aloqasi o’ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy murvatlaridan bo’lmish axloqni o’rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng. Ma’lumki, sotsiologiya insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o’z mohiyatiga ko’ra, lozim bo’lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug’i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o’rganadi.
Axloqshunoslik va ekologiya. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi, o’zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XX va XXI asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo’lgan ekologik buhron manzarani o’zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko’proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog’liq ekani ma’lum bo’lib qoldi.
SHunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko’p jihatlari axloqshunoslik ko’magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu-axloqshunoslik ekologiyani to’liq o’z ichiga oladi, degan so’z emas. CHunki axloqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o’zi emas, balki odamning tabiatga bo’lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik va milliy g’oyalar falsafasi. Garchand o’quv fani sifatida milliy g’oya oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo’lsa-da, uning ildizlari qadimiy ma’naviyat tariximizga borib taqaladi. Zero, har bir milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi, ko’pgina axloqiy g’oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. SHu sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g’oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy g’oyani singdirish vositasi sifatida ham diqqatga sazovor. CHunki milliy g’oya ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy anglash ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy anglash vositasida ro’yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi. Xullas, axloqshunoslik bilan milliy g’oya o’rtasida, xalqona til bilan aytadigan bo’lsak, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlik mavjud.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o’z o’rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo’lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo’ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g’oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog’liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo’g’rilgan yangicha mafkuramizni o’zida mujassam etgan, milliy g’oyani o’z ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs bo’lmog’i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni o’zida uyg’unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog’i kerak. CHunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o’ta siyosiylashtirilgan g’oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo’lini yoritadigan mayoqdir»48.
Zero, milliy g’oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni yashash sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to’ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o’zining bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois Islom Karimov: «Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida mutlaqo haqdir.49
Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida to’xtalib o’tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, ilmiy xolislik bilan yo’g’irilgan tarixini yaratish va sho’rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflashtirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda.
Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi, unga asos bo’lgan omillar, unsurlar to’g’risida to’xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan iborat deb hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy hissiyot) va axloqiy munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi, mashhur rus axloqshunosi A I. Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini (katetoriyalarini), axloqiy meyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to’g’ri emas. CHunki mazkur tushunchalar, tamoyilar va meyorlar ko’proq axloqqa emas, balki uni o’rganadigan fanga – axloqshunoslikka taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan axloqqa xususiyatlarga egaligidan, yani unda ko’p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim. SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni axloqiy anglash, axloqiy aks etish va axloqiy munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana shu omillarning tuzilmadagi o’rni, to’g’rirog’i, mavqei masalasida ham turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi axloqshunoslar axloqiy anglashni, boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o’zini asosiy unsur deb talqin etadilar. Yana ba’zi birovlar axloqiy anglash - axloqiy ongga etakchilik mavqeini beradilar. Xo’sh, aslida qanday qarash haqiqatga yaqinroq?
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, juda ko’p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil-unsurning birortasisiz axloq tumunchacini tasavvur qilib bulmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni inson ko’zi oldida gavdalamiruvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy anglashsiz yuzaga chiqishi yani mavjud bo’lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga ham, axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero tuzilmadagi bu uchunsur-omil bir-birisiz kamdan-kam mavjud bo’ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.
Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik mavqeiga, to’g’rig’i, asosiy unsur sifatidagi o’rniga kelsak, uni bu tarzda talqin etish, bizningcha, to’g’ri emas. Vaholanki, sho’rolar davrida va hozirdagi rus olimlari orasida ba’zi g’arbdagi zamonaviy axloqshunoslik yo’nalishlarida ana shunday qarash xukumron ekanini ko’rzmie. Aslida esa, tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axlokiy xis etishi namoyon buladi. to’gri, juda kup hollarda biror bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzok yoki qisqa vaqt mobaynida usha qaror oqibatlari to’g’risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avval;dan anglab etishga urinish bilan bog’lik bo’ladi, ya’ni biz o’z xatti xarakatlarimizni axloqiy anglash elagidan o’tkazib, faoliyat ko’rsatamiz. Lekin o’sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror tubida, so’zsiz, axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material vazifasini o’taydi. Ba’zan esa o’sha “material” - hissiyotning o’zi axloqiy anglashni chetlab o’tib, - munosabat tarzida namoyon buladi. Bunga insoning favqulotda holatlardagi hatti-harakati misol bula oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yo’l o’rtasida, koptokni quvib, go’dak chiqib qoldi, haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti mashinasini keskin chetga buradi. Bola omon qoladi, x,aydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq buladi. Bu holatda haydovchining go’dakka nisbatan, mehf-shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy qadriyat sifatida his qilishi muhim rol o’ynaydi. Xaydovchi o’z xatti-harakatini “Oqilona qarorga” kelishi uchun, “etti o’lchab, bir kesib” amalga oshirmaydi - hamma narsa bir lahzada ro’y beradi. Bunda anglash emas, ong emas, oniy intuitsiya, uz qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy-biologik hissiyot-instinkt hal qiladi, yani mazkur hissiyot tom ma’nodagi anglash darajasiga ko’tarilib ulgurmasdanoq munosabatga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ruyobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, meyorlarimiz va tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg’on, soxtalik va totalitar axloqiy tuzum hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me’yorlar xamda tamoyillarga ko’pincha to’g’ri kelmaydi. Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar bilan xaqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo bo’ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko’klarga ko’tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojea bo’lgan axloqiy so’z Bilan axloqiy faoliyatning aloxida-aloqa mavjudligi ro’y beradi.
Biz shu o’ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni bugun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida talqin etib keldik. Zotan axloqning avvalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va me’yorlar barcha mintaqalar hamda millatlar uchunbir xil ma’no kasb etadi. CHunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to’g’rilik, rostguylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero o’zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg’on, deyish mumkinmi? Albatta, yo’q, Lekin, ayni paytda, axloqiylikda umuminsoniylik xususiyatidan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim axamiyat kasb etadi. Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bulgan qo’pinishlarida - xulqiy xatti- harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunonchi, musulmon mintaqasida dasturxon ustida bosh kiyimsiz o’tirish beodoblik hisoblanadi. Buning odobdan tashqari gigienik-ozodalik nuqtai nazaridan ham axamiyati bor. Ovqatlanish paytida ro’molsiz ayol yoki do’ppisiz erkak boshidan soch tolasi, kepak, chang-gard taomga yoki dasturxonga tushishi mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha dasturxon ustida bosh kiyimni echmaslik Xudo in’om etgan taom va dasturxonga xurmatsizlik sanaladi. Yoki amerikalik yigit uzi kresloda o’tirib, oyoqlarini kuldon va ichimlik ashyolari tupgan stolchaga chalkashtirib tashlab, orom oladi va uning uchun bu tabiiy hol hisoblanadi. Uzbek uchun esa, stolga yoki xontaxtaga oyoq qo’yib o’tirish - o’ta odobsizlik.
Farbu SHarq mintaqalari odobida yana bir katta farqi borki, bu hozirgi paytda g’arbda xuquqning axloqdan, sharqda axloqning qancha utuvorlshi masalasi g’arb yoshlari, balog’atga etgach, ota onaga teng huquqli fuqarolar sifatida munosabat qoladi, o’zining qarshi fikrini to’ppa-to’g’ri, ota yo onasining yuziga tik qarab, bayon qiladi va buni inson xuquqlaridan, deb biladi. sharq; yoshlari masalan, yapon yoki o’zbek ota-onaga tik gapirishini to’g’pidan-to’g’pi qarshi chiqishni an’anaviy axloqiy qoidalarning oyoq osti qilinishii deb tushunadi, padari yo volidasiga ko’zini erga tikib, muloyim, uz fikrini tovut ko’tarmay aytishni, ba’zan esa cukut saqlashini afzal deb biladi, ularga bo’ysunishni burch sifatida olib qaraydi afsuski, ba’zi g’arb mamlakatlarida keksa avlodni yoshlar hukuqiqiy hayotiga, erkinligiga g’ov deb bilishi hollari mavjud. To’g’pi, sharqona etiqot, odobiy qonun-qoidalarning an’anaviylik bilan bog’liq ba’zi zamonaviy nuqtai nazardan nuqisli tomonlari bor. Lekin, shunga qaramay, ularda insoniylik va mehr-oqibat tuyg’ulari hali xam mustahkam ildiziga ega. Farbda esa hozirgi paytda bunday fazilatlarni uchratish tobora g’ayri tabiiy holatga o’xshab qolayotir. SHu bois hozirgi paytda g’arbning xuqukiylik tamoyilini sharkning axloqiylik tamoyili bilan uyg’unlashgirish zamonaviy jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi
GEDONIZM – (yunon. hedone – huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tamoyili bo’lib, unga ko’ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi narsa yaxshilik deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko’rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi.
G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o’zlari va boshqalar uchun yuksak rohat–farog’at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim zamondayoq paydo bo’lgan. Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo’lgan va huzur–halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng rivojlangan nuqtasiga erishgan. G. g’oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o’rinni egallagan. Hozirgi zamon nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni ta’riflash usuli sifatida mavjuddir.
G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni targ’ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor bo’lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o’z hayotida me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o’zligini yo’qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”.
EVDEMONIZM – (yunon. eudania–rohat–farog’at, baxt–saodat) –axloq –odobning gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to’liq ravishda namoyon bo’lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va inson axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e. ijtimoiy baxtga intilish – sotsial e. dey.adi.
XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Didro) qarashlarida ham e.g’oyalari mavjud edi. Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o’z faolligi va insonparvarligi bilan xristianlik etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga da’vat etadi.
Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog’lomlikka intilsa, o’zining va o’zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan zamondoshlar va kelajak avlod obro’–e’tiboriga sazovor bo’lsa bunday insonni baxtli va komil deb e’tirof etganlar.
Baxt ob’ektiv prinsip bo’lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari, qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo’lishiga qaramasdan har biriga axloqiy mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy javob beradi va baxtni xulq-atvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko’taradi.
E.ning muhimligi faqatgina xulqni asoslash usuli hamda xulqni to’g’ridan to’g’ri aloqaga qo’yishda va baxtga bog’liqligida emas. Xulqning o’zi birinchi navbatda tashqi muhitdan qabul qilingan hissiyotlar bilan bog’lanuvchi qadriyat, shuningdek lazzatni xis qilish, qalbiy komfort, fikr va harakatlarning ezgulikka doir obraziga hamrohlik qiluvchi tushuncha sifatida alohida tushuniladi.
E.ning ijtimoiy xususiyatlarini Bentam ishlab chiqqan. Alohida individning barcha ezgu faoliyati qanchalik ko’p kishilarni baxtli qilishi darajasi bilan ahamiyat kasb etadi. Sotsial e.ning mohiyati jamiyatdagi barcha kishilar baxtiga intilish bilan izohlanadi. Davlat va uning barcha institutlari, ularning tadbirlari va qonunlari mana shu buyuk maqsad yo’lidagi vosita, xolos. Ijtimoiy e. oxir–oqibat, utilitarizmga olib keladi.
2. Axloqning paydo bo’lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.
Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo’lmaydi, degan xikmat, ayniqca, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurninr vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o’rganadi, ma’naviy merosning ulkan, qismi bo’lmish axloqiy ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ’ib qilish yo’llarni tahlil etadi. Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir mutafakkir muloxazalari va faoliyatining mevasi bo’lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, to’rli odob va etiket qonun-qoidalarini o’z ichiga oladigan axloqiy targ’ibot muammolari, axloqiy pand-o’gitlar va me’yorlar talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga kiradi xamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo’lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo’lganlari uchun xam madx ztiladi. CHunonchi, yosh ma’budi Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib to’rgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat adolat va shafqta xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma’budlar tomonidan. o’rnatilran. “Me” deb atalran qonunlar ro’yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to’xtovsiz va uyg’un bo’lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda – “yolg’on”, ”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo’rquv” tushunchalari xam o’rin olgan. SHuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning ko’pchiliri umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko’tarilgan va SHarqda bir oz boshqacharoq shaklda xozir qo’llaniladi. Bundan tashqari, to’rli axloqiy muammolar esa “Gilgamesh” eposi dostonlarida ko’tarilgan.
Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo’ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag’allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o’zining kambag’alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o’ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep o’gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o’rniga o’z o’g’lini tayinlashni iltimos qiladi va o’g’liga atab o’ttiz etti nashatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o’sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o’zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko’tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ’ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini chetlab o’ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so’z, xolbuki uni don tuyayotgan cho’ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming yil keyingi qadimgi Yunonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo’lmagan jonzot sanalganini va odam o’rnida ko’rganini xisobga oladigan bo’lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakko’r taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog’liq Taxminan bundan XXX asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o’tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo’ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug’lik va zulmat, hayot va mamot o’rtasidagi abadiy ko’rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo’ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug’ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so’lish va o’lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko’rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg’omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so’larni yaqqol ko’rish mumkin:
Quvonsin Axura-Mazda – “Eng loyiq haqning irodasi ro’yobga chiqib”, Axriman daf bo’lsin.
Ezgu o’y, ezgu so’z, ezgu ishlarni alqayman, o’zimni butkul ezgu uy, ezgu so’z va ezgu amallarga baxshida etaman, Barcha qabih uy, yomon so’z va yomon ishlardan tiyaman,
Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so’z (savobli) ezgu ishlarim
“tanamdagi jonim” bilan birga
sidqi dildan Sizlarga (baxshida) bo’lsin,
ey o’lim bilmas Valiylar.
haqni sharaflab (deyman):
“haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi
bahramandkim, savob unga bo’lgay,
kim agar xaq yo’lida savob (ishdan) qolmasa,
savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa”
“Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog’liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, Yovuzlik esa, buzish va buzg’unchilik kuchi tarzida namoyon bo’ladi.
Axura-Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog’lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go’zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Axriman qiyofasidagi yovuzlik esa, qo’rg’oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg’inini, jisman va ruhan halokat singari halokalarni keltirib chiqaradi.
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyilari bilan i kqrgn odam o’lgandan so’ng uning ruxi rohat-farog’atda bo’lishi, gunohkor, fosih kishiniki esa aksincha: azob-uqubat hamda xunuklik komiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov o’zining “ Avesto” haqida” degan katta maqolasida atroflicha yoritiladi: solih odam o’lgach, ruhining joni uch kun uning boshida zavq-shavq, rohat-farog’at og’ushida turadi, keyin xushbo’y o’simliklar yusiga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. SHabada qo’ynida 15 yoshar barcha go’zallaikdan ham go’zal qiz namoyon bo’ladi. Bu go’zal qiz egulik va poklik, savob ishlarnin timsoli. U ruhga qarata: “Muloyim edim, yanada muloyimroq qilding, chiroyli edim yanada go’zal qilding, balandda edim, ezgu o’y, ezgu so’z va ezgu a’mol bilan meni yanada balandga ko’tarding” – deydi. Gunoxkor, yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshidan kechiradi. Uch kundan so’ng u o’zi yaratgan barcha yovuzliklar ustida tarvoz qiladi. So’ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklardan ham xunukroq qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – deydi qiz, - men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda Xudoga e’tiqod qilganlarni ko’ra – bila turib, devlarga sig’ingansan. Yaqin – uzoqdan kelgan musofirlarga boshpana berganingda, mexnat kildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib qo’ygansan. Men – sen o’ylagan yomon o’y, sen aytgan yomon so’z, sen qilgan yomon a’mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo’qotdim, jirkanch edim, yanada jirkanchli bo’ldim, sharman edim, battaroq sharmisor bo’ldim”. Bu erda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg’ab olish qiyin emas. Zero “Avecro”da jon-rux tushunchasi o’ta ilohilashtirilmaydi, ma’lum ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o’z erasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo’ladi.
SHuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda eru ko’kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo’rchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigienik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko’tariladi: suvni, atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o’tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo’lishi keraq Bularning xammasi “Avesto”da ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko’rtaklari xam mavjudligini ko’rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi to’rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ’ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o’rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko’rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qo’rbonliq uchun so’yilgan jon kallasini davradagi o’tag’asilar oldiga qo’yish odatlari xamda sevimli Navro’z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy o’rf-odatlarimizninig o’ziga xos majmui sifatida qimmatlidir.
Qadimgi SHarq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axlokiy tafakko’ri aloxida o’ringa zga. U tarixan vedachilik, yo’ga, jaynchilik, buddhachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to’rt tabaqa - varnaga buladi; braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg’uloti- ta’lim berish, Vedani o’rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni ko’riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo’rlik va dexqonchilik bilan shug’yllanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o’g’il va qul - uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o’shaning qo’lga kiritgan mulkidir” – deyiladi “Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko’ra, braxmanlar tug’ma axloqiy yuksak odamlar, shchudralar esa tug’ma-tuban axloq egalari hisoblanadi.
Lekin keyingi oqimlapda, yo’ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni kamoloti bilan bog’liq degan fikr ilgari suriladi. Buddha ta’limotiga ko’ra, dunyo iztirobga to’la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo’lini topish. Naql qilinishicha, uz tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko’radi. Xar bir kishini kasallik, qarillik va o’lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to’rt ezgu haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to’la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo’llar mavjud.
Buddhaning to’rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Buddha o’tgan va xammaning o’tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so’nib bo’lgandan keyingi holatga) etishish yo’lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1) to’g’ri qarashlar; 2) to’g’pi jo’r’at; Z) to’g’ri xatti-harakat; 4) to’g’ri nutq; 5) to’g’ri hayot tarzi; 6) to’g’ri jahd-jadal; 7) fikrni to’g’ri yo’naltirish; 8) diqqatni to’g’ri qaratmoq.. SHunday qilib, sakkiz yo’l bir-birini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o’rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka etishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo’lsa, o’sha baxtli va o’sha brahman”, - deyladi buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. SHunday qilib, buddhachilik tomonidan vedalar obrusi, braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo’lish qoralandi. SHubxasiz, bu axloqiy taraqqiyot ko’rinishlaridan biri edi.
Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o’ziga xos mavqe egalladi. Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo’nalishi katta amiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik.
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik namoyondasi CHjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” ni - fazilatni undan yaratadi. SHuningdek, “dao” yo’l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni “Fazilat yo’li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo’lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o’zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. SHu sababli Lao-szi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo’lsa, uni boshqarib bo’lmaydi. Uning emagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish kerak”. Ana o’shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat qo’shni davlatga ko’z olaytirmaydi, urush bo’lmaydi. Xullas, donishmand ibtidoiy davrlarni ideallashtiradi.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqcad- odamlarning tabiat ko’rsatgan yo’ldan borishiga erishish; tamoyili-faoliyatsizliq xalqning baxti - uning urug’chilik, qabilachilik munosabatlaridagi tenglik va soddalikka qaytishda donishmandlarning baxti esa mo’tadilliq xotirjamlik, tabiatga yaqinlikdadir.
Daochilikning asosiy raqibi hicoblanmish konfutsiychilik esa qora xalqsan nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy xayotra nomunosib deb biladi. Zero, konfysiychi.likninr axloqiy ideali szyun-szi himmatli jo’mard. Uning yuksak fazilatlari - fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga ho’rmat bilan mo’rojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda buladi:
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy. axloqiy tushuncha-jen (insoniylik).“Lun yuy” ( “Xikmatlar”) kitobida shunday deyiladi; “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “Uzingga ep ko’rmagan napsani o’zgaga munosib ko’rma, shunda davlatda xam, oilada xam o’zinga nisbatan yovlik his qilmaysan”.Demak, jen - xam jamiyat, xam oila a’zolapi orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” - ota-onani, kattalarni xo’rmat qilish, “li” - o’rf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustaxkam bog’liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo’lgan munosabatni ham o’z ichiga oladi. Xoqon (imperator) - Osmon o’g’li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa Quyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o’g’il-o’g’il bo’lishi kerak”
Qadimgi SHarq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bulib qolmadi. Ularni uzlashtirish natijasida, SHarq bilan yaqin aloqa qilish uchun jyg’pofiy kulayliklarga ega bo’lan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shaxardavlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko’tarildi. Keyinchalik qadimgi SHarqda ilgari so’rilgan g’oyalar, qo’llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita bugun Ovro’po uchun ham ahamiyat kasb etdi. CHunonchi, Mashho’r afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan talim oldi. U zardyshtiylik dini xaqida fikr yuritar ekan, Axo’ra-Mazdani “Ularning xudosi Oramazdaning qalbi xaqiqatdan, vujudi no’rdan iborat”, deb tariflaydi. SHuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari Qadimgi Yunon allomalari xam qadimgi SHarqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng foydalanganlar.Masalan, ruxning ko’chib o’tishi borasidagi Aflotun nazariyasining falsafiy va axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.
Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to’rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. CHunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko’raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko’ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi.Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo’lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo’ladi”, deydi mutafakkir. Demokpit hayo va ishonchni insonni qing’ir ishlardan qaytarib to’ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruxan zaif va gumrroh odamlargina o’z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko’radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto’g’pi tasavvo’rga ega bo’lgani uchun o’zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o’xshab, axloq.bilan hyqyqni bo’linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo’lsa, o’sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog’laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o’tmishidan topadi.
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o’z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o’g’ilga o’xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o’zgarmas va abadiy ayol fazilat bo’lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o’lmas deb xisoblaydi, lekin o’z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. CHunki ma’budlar o’zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.
Suqrotdan farqli o’laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, g’oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo’lib xizmat qiladi. Aflotunning g’oyalar ta’limotiga ko’ra, bizga ko’rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo’g’i soyalar o’yini, haqiqiy dunyoni ko’rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g’or devoriga kishanband qilib ko’yilgan tutkunga o’xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko’rinmaydi. Uni inson ko’rmaydi, biroq o’sha asl borliqni ko’ra oladigan mangu- o’lmas rux mavjud. U g’oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko’pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g’oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg’iladi. Insonning tyg’ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo’ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g’oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o’ziga kasb etmaydi. SHunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo’lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. Yovqurlik - qo’riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog’liq bo’lgan mo’’tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo’ysunishi shart. Ulardan so’ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko’ra, adolat - shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko’ra uchga bo’lingan tabaqalarning xar biri faqat o’z yumushi bilan shyg’ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo’ldan ozdiradigan soxa bo’lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg’ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog’i, undan namuna olmog’i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g’oyalarni o’z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so’ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo’lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig’idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro’poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o’g’liga bag’ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o’z aksini topgan
Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o’laroq, ruhning tug’ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo’ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog’liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog’liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o’rtalikdir, zero, doimo o’rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo’rqoqlik orasidari o’rtalik va xokazo. SHuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo’lmaydi. Arastu Aflotundan farqli o’laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko’radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.
Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab bo’lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga etisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo’ladi.
SHunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo’g’rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko’z yoshiga erk beradigan, o’zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko’proq moyil bo’ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga bo’ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki xayvon. SHu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo’lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo’yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag’ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. SHunga ko’ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo’lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do’stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko’rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o’rtasidagi do’stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o’z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so’zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo’lmagani kabi, puh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan xam foyda yo’q.”
Epikurning fikriga ko’ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do’stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin to’shagu to’kin dasto’rxoning bo’lib, bexalovat yashagandan ko’ra, poxol to’shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o’tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o’ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o’xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog’lomlikdan yuzaga keladi.
O’lim qarshisidagi qo’rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o’lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto’ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo’lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O’lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o’limning bizga hech qanday aloqasi yo’q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o’lim kelmaydi, o’lim kelganda esa biz mavjud bo’lmaymiz. SHunday qilib, o’limning tiriklarga ham, o’liklarga ham aloqasi yo’q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o’zlari mavjud emas”.
Epikur iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko’yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo’lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o’z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o’z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai - faqat ma’naviy ezgulikda, do’stlik bilan bilimda bo’lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do’stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg’yllanish ham xuddi do’stlik singari ruhan xotirjamlikka etishishga olib keladi.
Qadimgi SHarq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko’targan Qadigi Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o’lishi to’g’risida fikr yurigadi, insonning o’lim qo’rquvidan xalos bo’lishida axloqiy ma’no borligini aytib o’tadi. Ulim qo’rquvidan va ma’budlar oldidagi qo’rkuvdan xalos bo’lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va his-tuyg’ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “SHafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqsh:unoslikka doir risolalari ko’pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” asari mashxur. Senekaning fikriga ko’ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo’q. Muhimi shuki, uning yozig’i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo’qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko’radi. U o’limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o’z-o’zini o’ldirishda ko’rish, shubhasiz, u yashagan davrning g’oyatda fojialiligi bilan bog’liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? Yo’q odamlar. Ular qullarmi? Yo’q, ular yyingdagi qo’shnilar. Ular kullarmi? Yo’q, sening itoatkor do’stlaring. Ular qullarmi? Yo’q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular xam taqsirning qullarisiz”. Albatga, bu o’rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o’z-o’zini qadrlash na g’urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqsir ko’rgiliklariga bo’ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog’liq ichki dunyo insonning hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o’ziga bog’liq bo’lgan narsalarni o’zga bog’liq bo’lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo’lga kiritish; unga eltadigan yo’l bitga - ma’budlar irodasiga so’zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo’’tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko’rish.
Epiktetning fikriga ko’ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o’zing yoqtirmaydigan sharoitni o’zgalarga ravo ko’rma, agar qul bo’lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.
SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o’rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o’rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday-intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o’gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha o’z ta’sir kuchini yo’qotgani yo’q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko’p xollarda o’sha tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
SHu o’rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bu - Qadimgi Yunon tafakkuri bilan o’rta acplap musulmon SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog’liqligi masalasi. Nima uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan emas, Ovro’palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o’rgandilar, ko’klarga ko’tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi yo’q va bo’lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo’lidan bordilar. Birinchi bo’lib bu masalani Suqrot aniq o’rtaga tashladi. U o’limga maxkum etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo’lga (aslida tavxid yo’liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo’yiladi. Suqrotning o’limi oldidagi so’nggi gapi xam shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga ketyapman!”, deydi u. SHuningdek, Aflotunning g’oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi fiqplari xam to’g’ridan-to’g’ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo’ymadilar, bunga urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir.
O’rta asrlar, musulmon SHarqi mytafakkirlarining qadimgi Yunon tafakkuriga, xususan, axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.
3. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan.
SHu o’rinda Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidari qimmat fikrlarini keltirish joiz: “Aslini. olganda, axloq - ma’naviyatning o’zagi”, “Inson axloqi shunchaki salom-aliq xushmuomalalikdagina iborat emas. Axloq - bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani”. Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko’rinishlariga loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni engil-elpi, ikkichi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolat zarba bulsa, ikkinchi tomondan, axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeini xamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi kerakligini ta’kidlaydi.
Ana shu yangilanish jarayonida aloqshunoslikning - o’rni bor. Uning oldidagi demokratik va xukuqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol tonran zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va hap doim zamonaviy bulib kelgan axloqqa yangicha yondoshuvlar asosidagina amalga oshirsa buladi. Ayni paytda, ularni axloqshunoslik fani oldida turran vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bulsa, milliy axloqshunoslik vazifalari deb atash mumkin. Zero fanimizning xozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek vazifasi xam borki, u haqda alohida to’xtalmaslikning iloji yo’q. Ulardan biri, eng muximi sayyoramizda “etosfera” axloqiy davrini yaratish bilan bog’liq
Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir narchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va xukmron qismi sifatida yashab keldi. XX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrdi u o’z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfra ichida noosferani-texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, karang ertalabdan kechgacha biz o’z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz-eymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz xatimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobusm, televozor, radio, telefon, eskalator, pleyr, kompyuter, poezd, tayyora, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavrodlar, lokatorlar, kimyoviy dori darmonlar va h.k. Bugun video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko’rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo’lsak necha kunlab yo’l bosishimiz kerakligi haqida o’ylab o’tirmaymiz, to’g’rirog’i bu esmizga ham kelmaydi. CHunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o’zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko’rsata boshlaydi. Er tarixida inson birinchi marta ulkan biologik kuch bo’lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur harakat biosferadagi o’zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda neosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: “Bugun geologik davr mobaynida yaratilgan, o’z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o’zgarishga kirishdi... Aftidan inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bulsa kerak... Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyusion uzgaripsharni boshdan kechiryapmiz. Biz noosfraga kirib boryapmiz”. Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo’lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, er osti va er usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, xatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o’simliklarning, hayvonlarning ko’pgina turlar jisman yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa joy topolmay okeanda, kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilarki ularning kimsasiz go’zal orollarga ko’mib tashlanishi, kislota yomg’irlarini ko’payib borishi singari hodisalar bag’oyat xatarli. Afsuski, inson bila turib o’zi o’tirgan shoxga bolta urishni to’xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalanishigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XX asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig’lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko’ndalang bo’lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorens: “ Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to’poslikdir”, degan suzlari shu nuqtai nazardan ayni haqiqat.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o’zini va o’z sayyorasini muqarrar halokatdan kutqapaman desa - XX asrdan boshlab etosfera davriga utishi kerak; axloqiylik xar birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining o’rni g’oyatda beqiyos.
4. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi
Avval biz axloqiy hissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma’noda material ekani to’g’risida birrov to’xtalib o’tgan edik. Bu xamda mumtoz faylasuflar xam e’tiborga sazovar fikr bildirganlar. CHunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bulgan, deb. ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u shunday deb yozadi “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u xolda tafakkur uchun xech qanday material berilmagan buladi va aql bilishni tarakkiy ettirishi borasida tosh, yog’och, kum va xokazo qurilish materiallarisiz me’mor bino kurishda qanchalik ish qila olsa, shunchagina ish bajara biladi”. Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin - etish, afsuski, Lokkga unga o’xshash ba’zi mutafakkirlar, fikrlarini hisobga olmaslik keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Xegel singari faylasuflar esa bugun borliqni mantiqiylashtirish yo’lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Farb allomalari bu yo’lning ko’p jixatdan yanglash ekanini angladilar. XX asr mutafakkirlari, puhiy tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung shunday deb yozadi “Farb kishisi” puhiy (“psixologik”), so’zini eshitganida, uning uchun “u shunchaki ruxiy” tarzida jaranglaydi. Uning uchun “psixe” - qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy, su6’ektiv v.h... SHu sababli “rux” (qalb) o’rniga “aql” so’zini ishlatish ma’qul ko’radi...” Boshqa bir o’rinda “... barcha metafizik muloxazalar uchun ijodiy zamin aynan qalbning (ma’naviylikning) ko’zga ko’rinmas, etishib bo’lmas tarzdagi inikosi hisoblangan ongdir...”, degan fikrni bildiradi. Darxaqiqat, “yurak va aql”, “hissiyot va ong” bahsida Farb, ayniqsa, bizning XX asrda, so’zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli xollardir. SHu bois axloqshunoslik nuqtai nazaridan muxabbat xaqida gap ketsa, uni xissiyot, deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bulgan tuyg’u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho’chiydilar. Vaholanki, muxabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir.
2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o’z “xissa”siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. Qo’shimcha qilib shuni aytish mumkinki, u-insonni tashqi va transsendentrat olam bilan bog’lovchi, uni yolg’izlikni olib chiqadgan buyuk kuch muxabbatning ob’ekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U - Olloxmi, Vatanmi, yormi - muxabbat egasiga undan-da go’zalroq narsa yo’q. Ayni paytda bir ob’ektni cevgan kishi boshqa ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero “o’z-o’zicha”, yakka, “xudbin” muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson o’zi-o’zgaga aylanganida, o’zgani o’ziga aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt orasidagi farqning yo’qolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni Mavlono Fo’zuliy nihoyatda go’zal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi
Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom
Mayda tashviri harorat, nayda ta’siri sado.
Komil nasha, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muxabbat inson axloqiy xayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. SHu bois xaqiqiy muxabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farxod va SHirin, Romeo va Juletta, Otabek va h. SHuni ta’kidlash lozimki, muxabbat - oliy tuyg’u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, quyi narsa xodisalarga nisbatan xam qo’llash hollari uchrab turadi. CHunonchi, Fromm singari Farblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muxabbat tushunchasini o’likka (nekrofil), mol-dunyoga, pulga nisbatan qo’llaydilar. Ularga nisbatan “o’chlik”, “ruju”, “hirs” singari tushunchalarni qo’llash ma’kul emasmikan?
Muxabbat ham axloqshunoslikdagi ko’pgina tushunchalardek, “juftlik” xususiyatiga ega, uning ziddi - nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo’lgan ob’ektdan chetlashish, undan begonalashishni taqozo etadi. Xazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushidagi tor, “mayda” ko’rinishidir. Nafratning ularga nisbtan “yirikligi” uning ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bulishidir. Ayni paytda, bu tushuncha g’azabdan, keskin. farq qiladi. U, g’azabga o’xshab, o’z ob’ektini yo’qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Ko’rinishdan, nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg’otsa-da, aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Nafratdan tashqari yana rashk hisi borki, u –ijtimoiy hodisa emas, faqat jinsiy muhabbat bilan yonma-yon keladi. Ma’lumki, muxabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Yana shu qizg’anish hissi me’yoridan oshib-ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta’rif tavsif qilmaylik - me’yorning bo’zilishi, illat.
Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik, ezgulik axloqshunoslikdagi eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi. Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon buladi. Ezgu uy, ezgu so’z, ezgu a’mol” uchligi “Avesto”dan toptib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi o’rinni egallashi ham shundan. Ezgulik - inson shaxsining komilikka, baxtga, jamiyatni esa yuksak tarqqiyotga etkazuvchi vositadir. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig’iga o’rash mumkin emas. CHunonchi, “sinfiy dushmanni”, ya’ni biror bir shaxsni yoki guruxni faqat boshqa sinfga mansub bo’lgani uchun jisman yo’qotish, qanchalik buyab-bejalmasin, ezgulik bulolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. SHu bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talqin etilishini noilmiyligini soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.
Ezgulik va uning ziddi yovo’zlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan ulchanmaydi, ular ham muhabbat singari, qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy- ideal bilan bog’liqligi ham shundan. SHu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichga oladi. SHuni ham aytish kerakki, muxabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovo’zlik juftligida har ikkisi tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Na faqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida olamni hapakatga keltiruvchi kuch tarzida nomoyon buladi.
Ezugulik va yovo’zlikning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faolyaitini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug’ligi va tubanligini ulchaydigan muqaddac torozuga o’xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-erishmagani shu mezon bilan ulchanadi. Ezgulik va yovo’zlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomon lik nima, bu ikki.juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tutilzdi. Bu tabiiy. CHunki hozirgacha bizga ma’lum o’zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoni tushunchalar sirasi kiritilmagan, u bor- yug’i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelishgan. To’g’ri, yaxshilik tushunchasining ko’pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday “singishib ketish” mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkurikki juftlikni aynanlashtirishga asos bula olmaydi. Ular orasida qatiy farq mavjud ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga zga, yaxshilik esa unday emas. U asosan shaxsning odobiga, hulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero unda, mardlik, ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy meyorlar tajassum topadi. Biroq u qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mexnatga umrini bag’ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun “Xazoyin ul-maoniy”dek, “Xamsa”dek buyuk asarlar yaratdi. Bu ezgulik - abadiy, zero Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komilikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, u ko’plab yaxshiliklar qildi - muxtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzidan kechib yubordi v.h. Uning bu yaxshiliklari, ajoyib ijobiy xodisa bulgani xolda, o’tkinchilik xususiyatiga ega, shuningdek, qaxramonlik xam, buyuk jasorat xam, vatanparvarlik xam emas. Demak, yaxshilikni yirik ijtimoiy xodisa - ezgulik bilan aynanlashtirish to’g’ri emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, ezgulik xech qachon yovuzlikka aylanmaydi, xar qanday zamonda, xar qanday sharoitda xam yovo’zlik bulib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa xar bir ob’ekt uchun yoki yaxshilik qilgan sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashxur o’zbek xalq ertaklaridan biridagi, ovchilar quvib kelayotgan bo’rini qopga yashirib, qutqarib qolgan dexqonning xolatini bunga misol sifatida keltirish mumkin. Bo’ri o’ziga yaxshilik qilib, o’limdan qutqargan odamni emoqchi buladi, xayriyatki, tulki dexqonning joniga oro kiradi.
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik xam ancha qamrovli mezoniy tushunchalardan.
Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolat. Uning ezgulik va yovo’zlik xamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baxolash maqomiga ega. SHu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor unda xam axloqiy, xam huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor ulchovchi xam deyish mumkin u talab bilan taqdirlashni ulchab turadigan tarozudir. Adolat bor joyda ijitmoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’riq. adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, xuquqda darxol ko’zga tashlanadi. Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to’g’ri emas. U, yuqorida aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi aloqalar mezonini xam o’z ichiga oladi. Xalq orasida ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Deyarli bir yarim asr moybaynida adolatsizlikni milliy kamsitishni, milliy iftixor xissining oyoq osti qilinishini, begona irodaning zo’rlab qabul qildirish kabi xolatlarni boshdan kechirgan xalqimiz, endilikda, mustaqillikka erishib, adolatli fuqorolik jamiyati to’zishga kirishdi. Adolat bugungi kunda bizning mustaqil, kelajagi buyuk davlatimizning moxiyatini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.
Axloqshunoslik nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon - Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, alo men,- men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi, yuqori darajadagi men. Agar uyat xissi insonning tashqi, jamiyagga bog’liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o’z-o’ziga bog’liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog’liqlik tashqi bog’liqlikka nisbatan teran va doimiydir uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya xarakati tufayli yuzaga kelgan o’ng’aysizligi bo’lsa, vijdon azobi, bu oddiy o’ng’aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi, uni qondirmas ekansiz, xech qachon azob to’xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi mo’z tog’iga - aysbergga o’xshatish mumkin,yuzaga uyat tarzidagi chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan -yuz, balki ming barobar kichik.
Vijdon xam boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baxolash xususiyatiga ega. Lekin bu baxolash xech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-xarakatlariii baxolaydi, ya’ni unda sub’ekt o’zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o’taydi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon o’rtasida ixtilloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining o’tkinchilik xususiyati, ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero vijdon ko’zga ko’rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy xodisadir.
Ko’pincha vijdon tushunchasi o’rnida iymon iborasini uchratish mumkin. Iymon aslida diniy tushuncha. Lekin xayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov “iymonli odam” deganida, uning musulmonlikka iymon keltirgan-keltirmagani xaqida o’ylab o’tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bulishi xam mumkin. CHunki gap bu erda o’sha odamning dindorligi xaqida emas, balki vijdonli, xalol, rostgo’y ekanligi to’g’risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak deyish mumkin.
Afsuski, odatda, ko’pchilik adabiyotlar vijdon mezoniy tushunchasiga “sub’ektgiv” hodisa tarzida karab adolat, burch, nomus singari tushunchalarni unga karaganda ijtimoiy ahamiyatliroq deb baholash, ularni, “turga chiqarish” hollari tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, vijdonsiz odamdan hech qachon adolatni ham, burchga sadokatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin emas. Vijdonli odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini yarata oladilar. Zero vijdon, eng avvalo, o’zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi.
Yana bir muhim mezoniy tushuncha - burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog’liq. Umuman, hayotda insonning har bip xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadokat- yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi singari keng kamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bulgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining o’ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Harbiylashgan va o’ta mafkuraviylashgan, yani yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda esa burch omma hamda shaxs hayotida fojeiy hodisaga aylanadi. O’ta ustalik bilan yo’lga qo’yilgan targ’ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolari oqni-qora, qorani - oq deb qabul qiladilar. Buni umumbashariy milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan beshafqat sho’rolar sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz minglab, hatto millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar. Demak, jamiyat qurishda totalitarchilikka yo’l ko’yilishi o’sha jamiyat a’zolarini burchni noto’g’ri tushunishga va buning oqibatida axloqsizlikka olib keladi.
SHuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko’pgina mayl-istaklariga qarshi boradi uni huzur halovatdan turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog’atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og’ir qismatiga duchor buldi uni muctamlakachilar mamlakat xududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o’z sevgisidan, jon-dilidan cevgan kishisidan kechishga ham majbur buladilar
Mezoniy tushunchalardan yana biri - nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqudor. Zero nomus mohiyatan shaxsning o’z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasliga munosabati bilan belgilanadi. Goho uni or tushunchasi bilan chalkashtirish, hollari ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan zalvorsiz tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o’z so’zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa - o’z sha’niga aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan joylarga suqilib kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og’ir - ijtimoiylik xususiyatita ega, keng qamrovli. Nomus yo’lida inson hatto o’z hayotidan kechishi mumkin, odamlar o’z nomusi, oila nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko’plab badiiy asarlar yaratilgan. Mehnat, sport singari sohalarda jamoa nomusi ham, alohida ahamiyatga ega shu o’rinda nomus obro’ tushunchasi bilan bog’lanib ketadi. Bularning hammasi o’zini xurmat qilish, o’ziga nisbatan atrofdagilarning xurmat-izzatini yo’qotmaslik uchun o’z-o’zini nazorat qilish hissidan kelib chiqadi.
Biz yuqorida ko’rib o’tganlarimiz - asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga ega. Yana qator muhim axloqiy tushunchalar borki, ular o’z echimini talab qilishi bilan, ya’ni muammolik xususiyati bilan ajralib turadi. Ideal, baxt, xayotning ma’nosi, singari tushunchalar shular jumlasidandir. Biz ular orasidagi eng qamrovlisi bo’lishi axloqiy ideal tushunchasiga nisbatan batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Bir qapaganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida U qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga, voqelika real, mavjud, hayotdagi xodisalar qiyoclanadi, ya’ni bor narsa., yo’q narsa bilan o’lchanadi. Zero ideal xayotda mavjud bo’lishi mumkin emas - bu xammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal xozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo’lmaydi, uning mavjudlik sharti-o’tgan zamon. Lekin, shunga qaramay, inson ideal sari intiladi, o’z hayotida unga qiyoslaydi, unga taqalid qiladi. U inson. xayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka etkazadi. Albbata, hayotda bunday bo’lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o’ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy komillikka erishadi.
Asosiy mezoniy tushunchalar - katetoriyalar. singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko’zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo’yilaligan talab tarzida namoyon bo’lib, insonning axloqiy moxiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o’zaro aloqalaridagi asosiy jahatlarini belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-xarakatining umumiy yo’nalishini ko’rsatgan holda, ko’pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muximlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, kadr-qimmati, uning baxtli bo’lishini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, Ovro’po uyg’onish mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud.
Aslida, insonparvarlik dastavval sharqda urtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi “namlulu” so’zi bundan 3-4 ming yillar, avvalgi qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.
Insonparvarlik - umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho’rolar davridagi sinfiylik nuqtai nazaridan soxtalashtipish proletar diktaturasi va totalitar sotsialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko’rdi. Sotsializm mafkurachilarining bu boradagi say-harakatlari o’sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg’onga sug’orilganligi bilan kishilarning g’ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. CHunki u aynan o’ta mavxum “xats” tushunchasiga qaratilgan, vaxolanki insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog’i lozim har bir shaxsga insoniy hukuqlarini ta’minlash uchun kurashish - mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz xam mamlakat ichkarisida, xam dunyo miqyosida ko’zga ko’rinarli ishlar kilinmoqda.
Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari ximoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muximdir. Zero erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz mamlakat - mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z millati o’z Vatani erki uchun, kolversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni xayotining maqsadi qilib quygan insonlar tamoyilidir.Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy siyosiy ma’noda ham qullaniladi. Buni erkparvar davlatlar faoliyatini ko’rish mumkin.
Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero ular o’zgalar erki uchun, o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar. Buning yopqin misoli buyuk ingliz mumtoz shoiri Jorj Bayron siymosidir. U ingliz bo’laturib, o’z Vatani Angliyada Irlandiya ozodligi, irinlandlar erki uchun kurashdi: ko’pchilikning xayrati va nafratiga uchradi, Vatanini tark etishga majbur bo’ldi. O’z yurtida erk uchun kurashish baxtidan mahrum bo’lgan shoir o’zga vatanlar erki uchun kurashga otlandi, Italiyani Avstriya istibdodidan ozod qilish xarakatining raxbarlaridan biriga aylandi. Bu haqda u shunday deb yozgan edi
Erk uchun Vatanda qilolmasang jang,
Sen qushni vatanlar erki deb kurash
Yunonu Rumoning tug’an tut tarang,
Boshingni tika bil erk uchun sarkash!
Ezgulik yulida bo’lsang qahramon,
Sen inson erki deb kurashsang azot,
Bir, kuni, ciptmoqdan gar qolsang omon,
Jo’mard deb alqagay seni odamzot!
Italiyadagi ozodlik xarakati mag’lu6iyatga uchragach, u qadim Yunonistonni Turkiya zulmidan ozod qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og’ir bezgakdan vafot etdi. Uning o’limi xam istibdodga qarshi shiorga aylandi qo’zg’olonchilar “Bayron uchun!” degan. jangovar hayqiriq bilan jangga otildilar. Benazir, Yunonistonning ozod qilingan qismi general-gubernatori, erksevar qo’mondon va ulug’ inson xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tugdi. Xamma cherkovlarda Bayron haqiga ibodat qilindi. Daphaqiqat, erkparvarlik tamoyilini xayotining ma’nosi deb bilgan insonning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo’lib qoladilar.
Eng ma’lum va mashxur tamoyil, bu vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muxabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloq tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng - u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidan xatti-xarakatlardir. Vatan ximoyasi, bu – inson ximoyasi, millat himoyasi. Lekin bu ximoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydoniga emas, balki barcha cohalapda namoyon bo’ladi. Xar bir soxada Vatan erishgan muvaffqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg’u hissini tuyush, Vatan bilan g’ururlanish, uning xar bir qarich eri, binosining xar bir g’ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuq ulariga mehr bilan qarash, ularni ko’z qorachig’idek asrab avaylash - bo’lar xammasi vatanparvarlikdir.. Xozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab etishga urgatish vatanparvarlik - yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish fanimizning dolzar6 vazifasi hisoblanadi.
Yana bir muxim axloqiy tamoyil, bu - Millatparvarlik. U ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmona erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Lekin millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtipib yubormaslik lozim. Millatchilik o’z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga ingilish bo’lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan xolda, o’z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo’lda, lozim bo’lsa, o’z hayotini xam fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan xam chambarchas bog’liq. CHunki o’z millatini chin dildan sevmagan, odati xech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvar - milliy o’zlikni anglab etgan inson. U o’z millati bilan faxrlanadi, o’z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. CHunonchi, Navoiy do’pi bilan to’p kiygan o’zbekni xar qanday shoh jamolidan afzal ko’radi.
SHohu toju xil’atekim, men tomosha qilg’ali
O’zbakim boshida qalpoq, egnida shardog’i bas.
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g’ururlanishi barobarida o’zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o’zga til vakili bo’lmish Jomiyga bag’oyat xurmat-izzat ko’rsatib, unga, pirim, deb qo’l bergan.
Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo’lida o’z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, CHo’lpon singari minglab fidoiylarni ham halqimiz hech qachon unutmaydi. SHuningdek, tinchlikparvarlik, jo’mardlik singari axloqiy tamoyillar ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. CHunonchi, tinchlikparvarlik urushning, kon to’kishning har qanday ko’rinishining inkor-etadi. Ba’zi ulug’ davlatchilik va buyuk millatchilik ruxi hukmron bo’lgan jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg’in qilinadi, turmalarga tashlanadi. Lekin ular o’z tamiyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarini tinch yo’l bilan hal qilishga chaqiradilar. Er yuzida tinchlik o’rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. Jo’mardlik tamoyili esa SHarqda qadimdan mavjud. Ovro’poda o’sha altruizm nomi bilan Ogyuct Kong ilmiy muomalaga kirishgan. U kishida o’z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg’usidan kelib chiqadi, moxiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. Bundan tashqari, bizning milliy axloqshunos-ligimizda o’zbekchilik, mexmondo’stlik kabi tamoyillar mavjud. Ular millatimizning eng yaxpm ananalariga sadoqat tuyg’usidan kelib chiqadi va o’zbek kishisiga xos bag’ri kenglik, do’ctga, mexmonga borini bag’ishlashdek fidoyilik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ayni paytda, bu tamoyillarni suistemol qilishi hollari ham hozirgi paytda tez-tez uchrab turadi. SHunga qaramay, o’zbekchilik va mexmondo’stlik tamoyillari xalqimizning o’ziga , xoslimni ta’kidlaydi. Jahonning juda ko’p xalqlari bu tamoyillar egasi bo’lmish o’zbek millatiga doimo extirom, havas va hayrat bilan minnatdorchilik bildiradilar.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ruyobga chiqadi. Xalollik, rostgo’ylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. SHuni ham aytish kerakki, halollikni uning dactlabki tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U alla qachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Xalollik, roctgo’ylik vijdon tushunchasi bilan bog’liq, insonning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof bo’lishini talab qiluvchi me’yorlardir.
Unlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to’xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho’rolar xukumronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg’on, aldov, nopoklik, xaromxo’rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdipildiki, hozirgi paytda ko’pchilik odamlar halollik va roctgo’ylik ustidan xatto kuladigan bo’lib kolganlar. So’z bilan ish birligi yo’qolgan, qog’ozdagi chiroyli gaplar xayotga to’g’ri kelmaydi. Lekin bo’larning hammasi afsuski, odatiy holdek, qabul qilinadi. SHu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi-kurash boshlandi. Hozirgi kunda davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo’lishga chaqirishni o’z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmokda. Zero ko’z o’ngimizda yolg’on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab-yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar shular jumlasidan. SHunday qilib, qisqacha bo’lsada, axloqshunoslik mezoniy tushunchalari, axloqiy tamoyillar va me’ryolar nima ekanini, ularning shaxs Hamda jamiyat axloqiy xayotida naqadar muhim o’rin tutishini ko’rib chiqdik.
5. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
Qadimiy ona sayyoramizdagi xayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular - nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o’zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi.Xar uchalasiga xam paydo bo’lish, rivojlanish, o’zini muxofaza qilishi, nasl qoldirishga intilishi instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o’lim bilan nihoya topishi qismati belgilangan. CHunonchi, o’simlik upug’idan paydo buladi, rivojlanadi, singan shoxlari o’rnini sirach chiqarib, davolaydi - muxofaza qiladi, urug’lik qoldirib, bir kun kuriydi. Xayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatini hamda muayyan darajada idrok. etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so’z bilan aytganda, aql bor. Uni G’azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkkinchi yurak, yurak ichidagi yurak o’qiydi. Ana shu axloq ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan okilona, aqlga bo’ysundirilgan ravishda, cheklanadi, ya’ni nisbiylamaydi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyiq erkin ixtiyori nafakat boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga bo’ysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
SHunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi iloxiy manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu bois o’z-o’zini va iloji bo’lsa, o’zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Ixtiyor erkinligi tufayli inson xar qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat xissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o’zgalar va o’z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xoxlagan ishga qo’l urishi mumkin - uni uz qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u fakat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi axloqiy tanlov xar bir xatti-xapakat, xar bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdan bir ta’sirchan voqeani olib ko’raylik bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski uzbek (turkiy), fors tillarida o’lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Nasimiyning g’azalini yod o’qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, xibsga oladilar. yigit oldida ikki yo’ldan birini tanlash turardi yo piri Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo’lish yoki g’azalni o’zimniki, deb o’limga tik borish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo’lni tanlaydi. Qozi uning terisini shilishga buyuradi. Olomon tomomabinlar yig’iladi. SHu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar topgan Nasimiy oldida xam endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji yo’q edi yo o’zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo’lidan qutqazishi va uning o’rnini egallashi, yoki olomon orasidan sekin sirg’alib chiqib ketib, shogirdining o’limga maxkum etilishi evaziga o’z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk mutasavvif shoir birinchi yo’lni tanlaydi o’zini jallod qo’liga tutqazib, begunox yigitni ozod etadi. Qozi Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga qon sachraydi. SHunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning tomchi qoni biror eringizga tegsa, usha erni kesib tashlash kerak buladi, deydi. qozi gapini tugatar-tutatmac, Tangri irodasi bilan bir tomchi qon sachrab kelib uning jimjalog’ita tegadi. Olomon qozidan barmog’ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozining oldida tanlov turardi yo barmog’ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi kerakki gapidan kaytib, sharmisor bo’lishi kerak. Qozi axloqiynopok, qo’rqoq va xudbin odam sifatida gapidan kaytadi. Nasimiy esa kiynoqqa mardonovor chidab, churq etmaydi, aksincha qozining axvolini ko’rib, istexzoli kuladi va co’ngi g’azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati asrlardan-asrlarga o’tdi, ne-ne shoirlarning she’rlarida madh etildi, o’zi esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o’lmas timsoli bo’lib qoldi. Bir namuna sifatida buyuk turkman shoiri Maxtum qulining “Savol-javob” she’ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin :
Maxtum quli - u Himadip, emadilar-tuydilar?
U nimadip, ulug’ kunga qo’ydilar?
Ul kim edi tovonidan so’ydilar? SHoir bo’lsang, shundan bizga xabar ber!
Durdi shoir - U diydordir, emadilar-tuydilar,
U namozdir- qiyomatga quydilar,
Nasimiyni tovonidan so’ydilar,
Bizdan salom bo’lsin, javobimiz shu!
SHunday qilib, ushbu misolda uch xil tanlovni, uch xil masuliyatni va ixtiyor erkinligidan uch xil foydalanishni ko’rdik. Demak, xar bir insonning bu dunyoda axloqiy tanlov sinovidan o’tmasligi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |