8 mavzu maktabgacha ta'lim tashkilotsida qo`G‘irchoq teatri va jihozlarini yasash



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü21,94 Kb.
#43373
  1   2   3   4   5
8 mavzu


8 mavzu MAKTABGAChA TA'LIM TASHKILOTSIDA QO`G‘IRChOQ TeATRI VA JIHOZLARINI YaSASh

Reja:


1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida teatr turlari

2. Soya teatri

3. Pahmoq teatri. Pahmoq teatrining tuzilishi va jihozlari

4. Stol teatri

5. Barmoq teatri

1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida teatr turlari

Ma'lumki‚ mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so`zidan olingan bo`lib tomoshaxona degan ma'noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo`g‘irchok teatridir. Bu teatr orqali bolalar o`zlariga yaqin va tanish bo`lgan o`yinchoqlarni, ayiqcha, quoncha, kuchukcha va boshqa qaxramonlarni jonli ravishda ko`radilar. Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta spektakllarni qo`yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o`zlarining o`yinchoqlari yordamida qo`yishlari mumkin. Bu kichik ko`rinishlarining har biri ham bolalarda katta taasurot uyg‘otadi va bayram ert aqlariga ko`tarinki ruh bahsh etadi. Har qanday badiiy asarni qo`g‘irchoq teatri orqali ko`rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo`ladi qo`g‘irchoq qo`lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi. Qo`g‘irchoq tetri uchun eng kerakli bo`lgan shirmani tayyorlab olish kerak. Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi. Reyka, mix orqali qoqilib, orqa tomoniga ikki tomoni ochiladigan qilib, charm orqali birlashtirib unga parda tiqiladi va o`rnatiladi. Qo`g‘irchoqlarni pape - mashe usulida tayyorlash mumkin. Ertak qahramonlari tayyor bo`lgach, tekstni yozib, sahnalashtirishga tayyorlanadi. Ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolar bo`ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko`ngil ochish soatlarida quyidagi teatr turlaridan foydaniladilar:

1.Soya teatri;

2.Stol teatri;

3.Barmoq teatri;

4.Paxmoq teatri;

5.Qo`g‘irchoq qo`lqop teatri.


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin