8-sinf fizika darsligi asosida 47-mavzu: Gazda elektr razryad



Yüklə 0,85 Mb.
tarix30.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#105217
  • 8-sinf fizika darsligi asosida 47-mavzu:
  • Yassi kondensatorni elektrometrga ulab, elekrometrni zaryadlaylik. Bunda ma'lum bir qiymatni ko'rsatib turgan elektrometr ko'rsatkichi deyarli qo'z-g'almaydi, nndagi zaryad kamaymaydi (120-a rasm).
  • Bu esa kondensator qoplamalari orasidagi havo orqali zaryad o'tmayotganligini ko'rsatadi.
  • Demak, quruq havoni xona temperaturasida dielektrik deb hisoblash mumkin.
  • Sham yoqib, kondensator qoplamalari orasidagi havoni isitaylik. Shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi kamaya boshlaydi, ya'ni kondensator zaryadsizlanadi (120-b rasm).
  • Demak, isitilgan havodan tok o'tadi.
  • Gaz orqali elektr toki o'tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.
  • Gazlarning ionlashishi
  • Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya'ni ionlashadi. Bu jarayon qanday kechishini neon va argon inert gazlari misolida ko'rib chiqaylik.
  • Neon (Ne) yadrosi atrofida orbita bo'ylab 10 ta, argon (Ar) yadrosi atrofida esa 18 ta elektron aylanib yuradi.
  • Ularda tashqi elektron qobig'ida 8 tadan elektron bo'lib, tugallangan hisoblanadi.
  • Neon yadrosining zaryadi +10 e ga, elektronla-rining jami zaryadi 10 e ga teng. Argonniki esa mos ravishda +18 e va —18 e ga teng (121-a rasm). Alohida olingan Ne va Ar atomlari elektr jihatidan neytraldir.
  • Havo isitilganda ba'zi Ne va Ar atomlarining tashqi elektron qobig'ida aylanib yurgan elektronlardan bin atomni tark etadi.
  • Bitta elektronini yo'qotgan Ne atomi Ne+ ioniga, Ar atomi esa Ar+ ioniga aylanadi (121-b rasm),
  • Temperature qancha yuqori bo'lsa, havoda shuncha ko'p ion hosil bo'ladi. Elektr maydon ta'sirida Ne+ va Ar+ ionlari kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi tomon, atomlardan ajralib chiqqan elektronlar esa musbat zaryadlangan qoplamasi tomon harakatlanadi (121-d rasm).
  • Natijada havodan tok o'tadi.
  • Gazlarning elektr o'tkazuvchanligida, bir tomondan, ionlar ishtirok etishi elektrolitlarning o'tkazuvchanligiga, ikkinchi tomondan, unda elektronlaming ishtirok etishi metallarning elektr o'tkazuvchanligiga o'xshaydi.
  • Gazlarda elektr o’tkazuvchanlik elektr maydonda ionlar va erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat.
  • Rekombinatsiya
  • Tashqi elektr maydon uzilganda, ya'ni ionlashtiruvchi tashqi ta'sir to'xtatilganda, gazdagi elektron va ionlar bir-biri bilan qo'shilishi natijasida yana neytral atomlarni hosil qilishi ham mumkin.
  • Elektron va musbat zaryadli ionlarning qo'shilishi natijasida neytral atomlar hosil bo'lish jarayoni gazlarda zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi deb ataladi.
  • Tashqi ta'sir to'xtatilgan vaqtda zaryadli zarralar faqat rekombinatsiya tufayli yo'qoladi va gaz yana dielektrikka aylanadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin