9-Laboratoriya ishi
Mavzu: Potensiometrni harakatlantirish orqali yonayotgan yorug‘lik
diodining sonini o‘zgartirish (Arduinoda). 10 qismdan iborat bо‘lgan
yorug‘lik diodli shkala
Amaliy ishning maqsadi.
Bu amaliy ishda Arduino ning analog kirishlarini ishlashini kо‘rib chiqiladi,
analog datchik sifatida о‘zgaruvchi qarshilikni va yorug‘lik
diodidagi shkala
yordamida analog datchikning kо‘rsatgichlarini namoyish etiladi.
Kerakli elementlar:
➢
ArduinoUNO kontrolleri;
➢ sxema yig‘ish uchun plata;
➢ о‘zgaruvchi qarshilik 2kOm;
➢ 10 segmentli yorug‘lik diodli shkala;
➢ qarshilik 220Om 10 dona;
➢ ikki uchida razyomlari bо‘lgan simlar.
Oldingi amaliy ishlarda biz Arduino ning raqamli chiqishlarini ishini kо‘rib
о‘tgan edik, ular faqat ikkita bо‘lishi mumkin bо‘lgan holatga ega:
yoqiq yoki
о‘chiq,
HIGH yoki LOW, 1 yoki 0. Ammo atrofimizni о‘rab turgan dunyo haqida
axborot olish uchun analog (uzluksiz) axborotlar bilan ishlashga tо‘g‘ri keladi, u
turdagi axborotlar berilgan oraliqda cheksiz bо‘lishi mumkin bо‘lgan
sonlar
qiymatiga ega bо‘ladi. Analog axborotlarni olish uchun Arduino da analog kirishlari
mavjud, ular analog axborotni raqamli axborotga о‘zgartirish uchun 10-razryadli
analog-raqam о‘zgartirirish qurilmalari (ARО‘) bilan jihozlangan. 10-razryadli
ARО‘
bildiradiki, ARО‘ qurilma analog signalni 2
10
turli qiymatlarga bо‘ladi.
Demak, Arduino signalni 2
10
= 1024 ta turli qiymatga bо‘ladi, 0 dan 1023 gachan.
Tayanch kuchlanish maksimal kuchlanishni aniqlab beradi, uning qiymati ARО‘ ni
1023 mos keladi. Tayanch kuchlanishni о‘zgartirish mumkin bо‘lishiga qaramay biz
5 V li tayanch kuchlanishni ishlatamiz.
О‘zgaruvchan qarshilikni analog datchigi sifatida qanday ishlatishni kо‘rib
chiqamiz. 4.1 chizma о‘zgaruvchan qarshilikni Arduino ga qanday qilib tо‘g‘ri
ulanish kerakligini kо‘rsatadi. Chetdagi oyoqchalardan birini yerga ulanadi, boshqa
chetdagi oyoqchasini esa +5 V ga ulanadi. О‘zgaruvchan qarshilikning о‘rtadagi
oyoqchasini Arduino platasining AO analog kirishiga ulanadi.
Analog portdan
axborotlarni о‘qish uchun Arduino da analogRead() funksiyasi mavjud.
4.1 chizma. О‘zgaruvchan qarshilikni (potensiometr) analog datchik sifatida ulash
sxemasi.
Analog port qiymatini о‘qish uchun va ularni Arduino ning monitorni ketma-
ket portiga chiqarish uchun 4.1 listingdagi sketchni
Arduino ning platasiga
yuklanadi.
4.1 listing
constintPOT=0; // О‘zgaruvchan qarshilikni ulash uchun AO analog kirish
intvalpot =0; // о‘zgaruvchan qarshilik qiymatini saqlash uchun о‘zgaruvchi
void setup()
{
Serial.begin (9600);
}
void loop()
{
valpot = analogRead(POT); // potensiometrdan axborotlarni о‘qish
Serial.println(valpot); // ketma-ket portga qiymatlarni chiqarish
delay(500); // 0.5 sek ushlanish
}