9-Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari



Yüklə 45 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü45 Kb.
#186203
  1   2   3   4
Ijtimoiylashuv omillari va vositalari


9-Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari.
REJA:
1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.
2.Tashqi va ichki omillar.
3.Mikro, mezo va makro omillar.
4.Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezjo, makro, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, Ijtimoiylashuv jarayoni, Ijtimoiylashuv vositalari, Ijtimoiylashuv agentlari, Megaomillar, Makroomillar Mezoomillar, Ijtimoiy omillar, biologic omillar.
“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylaShuvi ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt__ nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoShuvga ajratish imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslaShuv jarayonlarini tuShunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondaShuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslaShuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallaShuvi ro’y beradi. Bu hodisa Shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat Shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallaShuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslaShuv (birlashish) va individuallaShuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslaShuvidir. moslaShuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlaShuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslaShuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslaShuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
IndivuallaShuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalaShuv jarayonlari o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlaShuvi ro’y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslaShuv va individuallaShuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin