Abdulla Oripov she’riyati
Reja:
Abdulla Oripov ijodida tabiat tasviri.
Shoir ijodida Vatan madhi.
Abdulla Oripovning qo‘shiqqa aylangan she’rlari matni ustida ishlash.
1. Abdulla Oripov ijodida tabiat tasviri. Topshiriqni bajarishda ijodkorning “Olam qachon go‘zal bo‘ladi?”, degan she’riy hayqirig‘i inobatga olinadi. Shuningdek, “Qo‘riqxona” she’ri tahlilga tortiladi. Shoir “Qo‘riqxona” deganda nimani nazarda tutgani, asardagi tag ma’no insoniy munosabatlar, milliy o‘zlik va qadriyatlar tarannumi, ezgulik va oqibatni asrash masalasi ekanligi, Abdulla Oripov “insof yo‘qolmasin” singari mushohadalarga urg‘u berganligi tasdiqlanadi. Ayni paytda, “Globallashuv jarayonida nimalarni qo‘riqlash kerak?” mavzusida esse yozish maqsadga muvofiq. Esse kamida 450 ta so‘zdan iborat bo‘lishi shart.
2. Shoir ijodida Vatan madhi. Abdulla Oripov she’riyatida yurt tarovati, vatanni sevish, ardoqlash tuyg‘usi qay darajada ifodalangani kuzatiladi. “O‘zbekiston”, “Yurtim shamoli” singari she’rlar tahlil qilinadi va fikrlar asoslanadi.
3. Abdulla Oripovning qo‘shiqqa aylangan she’rlari matni ustida ishlash. Topshiriqni amalga oshirishda quyidagilar inobatga olinadi:
A) shoirning qo‘shiq bo‘lgan she’rlari ro‘yxati tuziladi.
V) asl matn bilan qo‘shiq matni solishtiriladi.
Bu qiyoslash davomida so‘zlardagi farqlar, ibora va tasvirdagi tafovutlar, tushirib qoldirilgan misralar, so‘z va jumlalarning orttirilishi kabi jihatlar inobatga olinadi.
Buyuk o'zbek shoiri ,O'zbekiston Qahramoni va O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov mustaqillik davrida Vatan, Erk, Ozodlikni tarannum etuvchi o‘nlab yangi she’rlar yozdi. Yangi tarixiy sharoit ijodiga yangi to‘lqinl. ar olib kirdi. Haj safari natijasida tug‘ilgan hamda hikmatomuz hadislar talqiniga bag‘ishlangan falsafiy-didaktik she’rlari so‘nggi bosqich o‘zbek adabiyoti ufqlarini yanada kengaytirdi. Abdulla Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik liaqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni tshe'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, sliuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi mubimroq sana-lardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari o'zbek sbe'riyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari liaqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirisb noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Ghunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi. (“O`zbekiston Davlati” she`ridan)
Yuqoridagi she'rlar qatoriga Vatanning oqqush qo'shiqlaridek jaranglovchi «Men nechun sevaman O'zbekistonni”, «O'zbekiston” kabi she'rlarni; istiqlol davrida yaratilgan «Vatan”, «Xalq”, “Temur”, «Adolat oftobi”, «Erk haqqi” singari manzumalarni; «Bedorlik” (1999), “Shoir yuragi" (2003) kabi yangi to'plamlardagi asarlarni: buyuk italyan shoiri Aligeri Dantening «Ilohiy komediya”sidek jahon adabiyotining mumtoz namunasi tarjimasini qo'ysak, A. Oripov ijodining naqadar sermiqyos ekani yanada oydin bo'ladi. Abdulla Oripov ijodida xalqni, Vatanni, fidoyi farzandlarning sevinch-tashvishlarini kuylash shoir ijodining asosiy yo‘nalishidir; Uning uslubiga umumni umuman emas, aniqni tiniq kuylash xosdir. «Yurtim shamoli» (1969)da shamol tushunchasi, shamol obrazi shoir talqinida, shunchaki biz bilgan ma’nodan tashqari, chuqur falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Unda Vatan, adolat, tarix talotumlari va hokazolar bilan aloqador ma’nolar chirmashib ketadi:
Shamollar esgandir ushbu dunyoda,
Shamollar goh quyun, gohida dovul.
Ular goh oshkora, goho ro‘yoda,
Qancha bo‘stonlami sovurgan butkul.
Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.
Qanday shamollar esmasin, shoir Vatan shamoli toza bo‘lishini orzu qiladi.
O`zbеkistоnning bo`yi-bаsti, go`zаl tаbiаti, kаmsuqum, mеhnаtkаsh хаlqi, shu bilаn birgа jаhоngа nоmi kеtgаn buyuk аllоmаlаri vа uning bugungi kundаgi sаlоhiyаti shоir misrаlаri оshа o`quvchi ko`z o`ngidа gаvdаlаnаdi.
O`zbеkning bоshidаn zаr sоchsin dunyo,
Tоpdi u rizqini zахmаti bilаn
Uning аsоsidir buyuk bоbоlаr
Bizgа ibrаt bo`ldi mехnаti bilаn
Аbdullа Оripоv istiqlоldаn kеyinginа оzоdlik, o`zbеkоnа milliylik хаqidа to`lib-tоshib kuylаgаn, dеkаs хаtо bo`lаdi. Chunki shоirning 1969 yildа yarаtilgаn “Оnа sаyyorа” shе`ridаyoq shu Vаtаn istiqlоligа ishоnch zo`r umid uchqunlаri sеzilib turаdi.
Yillаr o`tаr, bаlki o`tаr ko`p zаmоn
Еr yuzi chulg`аnаr, bахtgа, chаmаngа
Аgаr dаrdlаringgа bo`lоlsа dаrmоn
Ruхim fidо bo`lsin shundаy vаtаngа
Shоirning fidоyi qаlbi O`zbеkistоn uchun, o`z millаti uchun yonmоqdа.
Xulosa qilib aytganda, shоir tоm mа`nоdа, butun umri dаvоmidа yarаtgаn shе`rlаridа аsriy оrzu bo`lgаn Mustаqillikni, uning аmаlgа оshishi, qаchоnlаrdir uni “оliy bir jаmоl chоrlаshi” ni tа`kidlаydi. Ustоz shоir ijоdidа Vаtаn, оnа, fаrzаnd timsоllаri judа bаlаnd pаfоsdа kuylаngаnining guvоhi bo`lаmiz. Abdulla Oripov she'riyati o'zbek milliy badiiy tafakkuri va ruhiyati taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Shoir ayni vaqtda, alohida qahramon tirnsolida ruhiyatning insoniyatga aloqador turfa jihatlarini, nuqtalarini ochishga usta deb aytsak, adash,aman bo`lamiz.
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga…
Dostları ilə paylaş: |