Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#182244
  1   2   3   4
Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy

Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy

Tayyorladi: Ahmadboyeva Muhayyo

Roziy (arabcha: ROziy — Toʻliq ismi:Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Roziy (865-925)) — Qomusiy olim, faylasuf va tabib.

  • Roziy (arabcha: ROziy — Toʻliq ismi:Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Roziy (865-925)) — Qomusiy olim, faylasuf va tabib.
  • Roziy (toʻliq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy) (865.28.8 — Ray — 925.26.10) — sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir Roziy Oʻrta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat sohasida oʻz davrining Jolinus (Galen)i deb sanalgan. Shuningdek, kimyo, botanika, matematika, astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur oʻrgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shugʻullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bagʻdod shifoxonalarini boshqargan. U Oʻrta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm axllari bilan ilmiy muloqotda boʻlgan. Koʻz kasalligiga uchrab, umrining oxirida koʻr boʻlib qolgan.
  • Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terapiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya-gigiyena, farmakognoziya, farmakologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi gʻoya va ixtirolar bilan boyitgan. Tabobat bilan bogʻliq boʻlgan botanika, mineralogiya va kimyo fani sohasida ham ancha muvaffaqiyatlarga erishgan. Roziyning eng muhim asarlaridan biri "Kitob alhoviy fittib" („Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi“) nomli toʻplamidi Roziy Unda antik davrdan to Roziy zamonasigacha boʻlgan nazariy va amaliy maʼlumotlar berilgan (asarning ayrim qismlari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg qoʻlyozmalar fondida, Myunxen, London, Oksford, Kembrij, Eskurial (Ispaniya), Istanbul va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda).

„Al-Kunnosh al-Mansuriy“ asari

  • Roziyning tabobatga oid yana bir yirik asari — „Al-Kunnosh al-Mansuriy“ („Mansurga bagʻishlangan toʻplam“)i. Bu asari ham juda koʻp nazariy va amaliy masalalarni oʻz ichiga olgan (qoʻlyozma nusxalari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg fondida, shuningdek, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda). Asar 16-asrgacha Sharq tabiblari va Yevropa shifokorlarining asosiy qoʻllanmalaridan biri boʻlib, unga koʻp sharxlar yozilgan. Roziy „Kitob aljudariy valhasba“ („Chechak va qizamiq haqida kitob“) asarida tibbiyot tarixida birinchi boʻlib, chechak va qizamiq kasalliklarining boshqa yuqumli kasalliklardan farqi va tarifi berilgan. Roziy chechak bilan bir marta kasal boʻlgan kishi ikkinchi marta bu kasallikka duchor boʻlmasligini aniqlagan va chechakka qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalga oshirgan. Roziy oʻz davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi usullari bilan boyitgan, jarroxlikda birinchi boʻlib ketgut (qoʻy ichagidan tayyorlangan ip) ishlatgan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin