4. Abu Rayhon Beruniyning buyuk hizmatlari uchun e’tirof etilishi
Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentyabrida Xorazmda, Amudaryoning o`ng sohilidagi Kot shahrida tug`ilgan. X asr oxirida Janubiy Xorazm viloyatining poytaxti hisoblangan Kot shahri hozirgi Qoraqalpog`istonning Beruniy tumani o`rnida joylashgan edi. Olimning nomi ba’zi manbalarda Pokistonning Sind shtatidagi Berun shahri nomi bilan bog`liq deyilsa, boshqasida u Hind viloyatining Berun shahridandir deyilgan. Mutaxassislarning fikricha, Abu Rayhon uning asl ismi emas, bu uning homiysi xorazmlik Rayhona xonimning ismidan olingandir. Bundan tashqari, uning gullar va o`simliklarni sevib o`rgangani, chakkasiga doim rayxon taqib yo`rganligi uchun «Rayxon» nomini olgan, degan taxminlar ham bor.

Beruniyshunos Ubaydullo Karimovning ta’kidlashicha, «olimning ismi Muhammad, otasining ismi Ahmad, Beruniy esa uning nisbasi, ya’ni kelib chiqishi va nasl-nasabini bildiruvchi nomdir. «Beruniy» forscha «Berun» («tashqari») so`zidan olingan bo`lib, «shahar tashqarisida tug`ilgan» degan ma’noni bildiradi. Abu Rayhon esa uning lakabi bo`lib, arab tilida Abu Rayxon «marhamatli», «rahmdil» degan ma’nolarni ham bildiradi».