Abu rayhon beruniy

Yüklə 159,02 Kb.
səhifə2/6
tarix12.05.2023
ölçüsü159,02 Kb.
#112150
1   2   3   4   5   6
beruniy

Beruniyshunos Ubaydullo Karimovning ta’kidlashicha, «olimning ismi Muhammad, otasining ismi Ahmad, Beruniy esa uning nisbasi, ya’ni kelib chiqishi va nasl-nasabini bildiruvchi nomdir. «Beruniy» forscha «Berun» («tashqari») so`zidan olingan bo`lib, «shahar tashqarisida tug`ilgan» degan ma’noni bildiradi. Abu Rayhon esa uning lakabi bo`lib, arab tilida Abu Rayxon «marhamatli», «rahmdil» degan ma’nolarni ham bildiradi».

Abu Rayhon dastlabki ta’limni o`z shahrida va Xorazmning boshqa shaharlaridagi mahalliy maktablarda mashhur ustozlardan olgan. Bolaligidanoq juda idrokli, ancha talabchan va bilim olishga ishtiyoqi zo`r edi. 18 yoshida Beruniy Xorazm observatoriyasida mustaqil ko`zatish ishlari bilan shug`ullana boshlagan. 22 yoshida Bushkotir degan joyda kuzatishlar o`tkazib, dastlabki kichik asarlarini xuddi shu yerda yozgan. Sayyoralarning holatiga qarab kishilarning umrini bashorat qilish mumkin emasligi aytilgan risola «Aldamchilik san’ati», ya’ni «Yo`lduzlar hukmidan ogohlantirish kitobi» shular jumlasidandir.

Abu Rayhon Beruniyning umri doimiy sayohat va bir shahardan ikkinchisiga ko`chib yurib, tadqiqotlar o`tkazish bilan o`tgan. Jumladan, Beruniy 995-yilda 22 yoshida Kotdan chiqib, o`sha vaqtlarda Tehrondan shimolroqda bo`lgan Ray shahriga jo`nagan. Ammo manbalarga ko`ra, u 997-yilda Xorazmga kelib ketgan bo`lishi mum­kin. Buni Beruniy yozgan quyidagi misralardan ham bilsa bo`ladi: «Biz Abulvafo Muhammad ibn Muhammad al-Buzjoniy bilan, u Bag`dodda, men esa Xorazm shahrida ekanligimda, Oy tutilishini ko`zatish to`g`risida shartlashgan edik; biz bu hodisani hijriy yili hisobida uch yuz sakson yettinchi yili birgalikda ko`zatdik» (hijriy bilan 387-yil 997-milodiy yilga to`g`ri keladi).

Yüklə 159,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin