Academic Research in Educational



Yüklə 80,65 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü80,65 Kb.
#191394
  1   2   3   4
628d2239d671b422554784



Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-409-415

Volume 3 | Issue 5 | 2022
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1


“KECHA VA KUNDUZ” ROMANI QAHRAMONLARINING TA‟RIFLARINI QO„LLASHDA IJODKOR MAHORATI VA QO„LLANGAN ANTROPONIMIK BIRLIKLAR AHAMIYATI




Mashhuraxon Ulug„bek qizi Axmedova Mo'nisaxon Umidbek qizi Oxunova Farg‗ona davlat universiteti talabalari


ANNOTATSIYA


Ushbu maqolada Abdulhamid Cho‗lponning qalamiga mansub ―Kecha va kunduz‖ romanida keltirilgan antroponimlar tadqiq ostiga olingan bo‗lib, undan bakalavr ta‘lim bosqichi talabalari va o‗qituvchilar foydalanishlari mumkin.
Kalit so„zlar: adabiyot, Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lpon,‖Kecha va kunduz‖, roman, onomastika, antroponimika, laqab.


KIRISH


Adabiyot insonning ruhiy olamini, ma‘naviyatini shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega. Cho‗lpon ta‘biri bilan aytganda ―Adabiyot chin ma‘nosi ila o‗lgan, so‗ngan, … , o‗chgan, ,majruh, yarador ko‗ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o‗tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma‘rifat suvi, chang va tuproqlar to‗lgan ko‗zlarimizni artib, tozalaydiga buloq suvi bo‗lg‗onlikdan bizga g‗oyat kerakdir‖.
Adabiyot mudroq qalblarni hushyorlik suvi bilan sug‗orib, hayot ilmini uqmoqlikka ko‗maklashadi.O‗tmishdan sado beradi, ma‘naviy kemtikliklarni to‗ldiradi. Insonda odob-axloq, mehr-muhabbat, vafo, sadoqat, ezgulik hislatlarini mustahkamlaydi, ilmsiz, bemehr, tarbiyasiz odamlarga nisbatan nafrat tuyg‗usini uyg‗otadi. Badiiy asarni o‗qish davomida o‗quvchi qalbida his-tuyg‗ular charxlanib, sayqallanib boradi. Shu boisdan ham adabiyotga oshno ko‗ngildan hech qachon yomonlik chiqmaydi.Ulug‗ mutafakkirlar har qachon avlodlarni o‗qimaklikka, ilmli bo‗lmaklikka chorlab kelgan. Misol tariqasida, Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lponning quyidagi so‗zlarini keltirishimiz mumkin:
―Endi, ey, qardoshlar! Adabiyot o‗quylik. Adiblar yetishdirayluk, «adabiyot kechalari» yasayluk. Ruh, his-tuyg‗u, fikr, ong va o‗y olayluk, bilayluk. Agarda
«bayoz» va bema‘ni bir-ikki dona kitoblar ila qolsak, mahvu inqiroziy bo‗lurmiz. Yuragimiz kundan-kun toshdan ham qattig‗ bo‗lur. Yurakni eritayluk, ruh berayluk, inqiroz bo‗lmayluk...‖

Yüklə 80,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin