1
S. AHMEDOV, R. QO‘CHQOROV, SH. RIZAYEV
A D A B I Y O T
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
6
-SINFI
UCHUN DARSLIK-MAJMUA
I qism
QAYTA ISHLANGAN 4-NASHRI
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tasdiqlagan
TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2017
2
© «Ma’naviyat», 2017
Aziz o‘quvchi!
Siz 5-sinfda o‘zbek va jahon adabiyotining ajoyib namunalari bilan
tanishgan,
buyuk siymolarning, iste’dodli ijodkorlarning tarjimayi
hollaridan xabardor bo‘lgan edingiz. Shubha yo‘qki,
Siz egallagan bu
bilimlar dunyoqarashingizni yanada boyitdi,
ezgulikka, go‘zallikka bo‘lgan
mehringizni oshirdi.
Bu yil 6-sinfda yanada ko‘proq ijodkorlar bilan tanishasiz,
rang-barang
asarlarni chuqurroq o‘rganasiz. Endi Sizning ko‘ngil uyingizga o‘zbek
mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham,
hozirgi zamon adabiyotidan
ham ko‘proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o‘rin
bering, asarlarini qunt bilan sinchiklab o‘rganing. Darslikda badiiy asar-
larning turlari va janrlari haqida nazariy ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu
esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning
yanada boyishiga,
badiiy asar mohiyatini kengroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana
bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko‘pgina asarlar to‘liq
holida
emas, balki qisqartirib keltirilgan. Siz ana shu asarlarning to‘liq nusxasini
topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni
paytda
juda katta estetik zavq, ma’naviy oziq olgan bo‘lasiz.
Bu ishda Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!