Agrologistika va biznes



Yüklə 19,36 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü19,36 Kb.
#116547
1 JASUR gurux bayonnomasi y (2)




TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI “AGROLOGISTIKA VA BIZNES” FAKULTETI


Agrobiznes va investitsion
yo’nalishi 20-142 guruh


6 - sonli BAYONNOMASI


Qatnashdilar: Guruh tyutori: J.Berdiyev
Guruh talabalari: soni -21 ta
8.05.2023 yil
KUN TARTIBI:


  1. Guruh talabasi Ravshanova Maftuna,va Mingboyev Muhammadali, ko‘p dars qoldirganligi to‘g‘risida.

  2. Guruh talabalariga universitet odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish hamda ularni yotoqhona va ijara uylariga joylashtirish to‘g‘risida.

So‘zga chiqdi guruh tyutori : J.Berdiyev 2022-2023 o‘quv yili 2-semestrining turtinchi oyi o‘tdi ammo hozirgi vaqtgacha guruh talabalarining darslarga qatnashish holati yaxshi emas. Shu sababli talabalar davomatini muhokama qilish bugungi yig‘ilish kun tartibida ekanligini aytdi.
Guruh talabalarining davomati xaqida ma’lumot berish uchun so‘z guruh yetakchisi Samadova Navro‘zaga berildi
Eshitildi: Guruh yetakchisi Samadova Navro‘zaga berildi: Hurmatli guruh talabalari avvalo har kim o‘zi uchun bilim olishi kerak. Usbu talabalar 1-semestrning sentabr oyidan boshlab 74 soatdan ko’p dars qoldirgan shu sababli ular bilan tyutor : J. Berdiyev bilan birgalikda ularning ota-onasi bilan telefon orqali suhbatlashib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 36- bandining “d” kichik bandi, ya’ni, darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli talabalar safidan chetlashtirilishi xaqida ogohlantirib o’tildi.
So‘zga chiqdi: Guruh tyutori : J.Berdiyev Ushbu talabalar Ravshanova Maftuna, Mingboyev Muhammadalilar, qoldirgan har bir fandan kunlik dars mashg‘ulotlarini qayta o‘zlashtirishi lozim, aks holda Nizom asosida talabalar safidan chetlashtirilishi to‘g‘risida aytib ogohlantirildi hamda talabalarning o‘zlari bilan suxbatlashib ko‘p dars qoldirayotgani to‘g‘risida ogohlantirildi va so‘zni talaba Ravshanova Maftuna o‘z so‘zida oilaviy sharoiti sababli, darslarga qatnasha olmaganligini aytib, qoldirgan dars soatlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirishi haqida aytib o‘tdi.
So‘zga chiqdi: Guruh tyutori: : J.Berdiyev talaba Ravshanova Maftunalar, sababsiz dars qoldirganligi to‘g‘risidagi tushuntirish xatlari dekanatga taqdim etilishi va qoldirgan dars soatlarini qayta o‘zlashtirishlarii haqida ogohlantirdi.
Ikkinchi masala-So‘zga chiqdi: J.Berdiyev Toshkent davlat agrar universitetining ODOB-AXLOQQOIDALARI bilan tanishtirdi. Ushbu universitetning odob-axloq qoidalari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, universitetning Ustavi, ichki tartib qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu ODOB-AXLOQQOIDALARI kitobi 13ta bo‘limdan iborat. Ushbu kitobning8bo‘limidaTalabalarningodob-axloqqaoidmajburiyatlariko‘rsatilgan. Jumladan: Universitet hududida: hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish, hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi qutlarga tashlash, Ustozlarga salom berish, o‘quv mashg‘ulotlar vaqtida hududda yurmaslik, universitet mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish, tinchlikka rioya qilish, narkotik va psixotrop moddalar, alkagol va tamaki mahsulotlar iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish.
Auditoriyada: uyalialoqa vositalarini uchirib qo‘yish, dars vaqtida gaplashmaslik, jihozlarga va partalarga yozmaslik, qog‘oz va boshqa narsalarni qoldirib ketmaslik, ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
Talabalar turarjoyida: mavjud jihozlarni saqlash, elektr-energiya, suv va gaz resurslaridan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish, Talabalar turar joyi “Nizomi”ga va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’I rioya qilish.
Madaniyat saroyida: o‘rindiqlarga madaniy munosabatda bo‘lish, ommaviy tadbirlar vaqtida xushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin chiqib ketmaslik, uxlab utirmaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, gaplashmaslik va xalaqit bermaslik.

QAROR QILINDI:

  1. Gurux talabalari darslarga to‘liq qatnashishi va universitet ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari to‘g‘risida ogoxlantirilsin.

  2. Talaba talabalar Ravshanova Maftuna, Mingboyev Muhammadali qoldirilgan dars soatlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda uzrli sabablarsiz dars qoldirmasligi haqida ogoxlantirishi ko‘rsatib o‘tilsin.

3. Guruh talabalari darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars mashg’ulotlarini qoldirganligi uchun intizomiy chora ko’rilsin


Guruh tyutori: J.Berdiyev

Guruh sardori: Samadova Navro‘za.
Yüklə 19,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin