BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING
AHAMIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Shahlola Choriyevna Mirzoyeva
Buxoro viloyati, Romitan tumani, 22-maktab
Annotatsiya:
Bugungi kunda o‘quvchilarda hisob-kitob ko’nikmalarini
shakllantirish, ularni kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni
davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini
shakllantirish va rivojlantirish boshlang’ich ta’limdagi matematika fani
o’qituvchilarining asosiy vazifalardan biridir. Shu bois, ushbu maqola boshlang’ich
sinf o’quvchilariga matematika fanini o’qitishning ahamiyati, maqsad va vazifalariga
bag’ishlangan.
Kalit so’zlar:
intellekt, tartib-intizom, fanlar integratsiyasi, umumiy
kompetensiya, kognitiv kompetensiya.
IMPORTANCE, GOALS AND OBJECTIVES OF TEACHING
MATHEMATICS IN PRIMARY SCHOOLS
Shakhlola Chorievna Mirzoyeva
School №22, Romitan district, Bukhara region
Abstract:
Begin today to form and develop a system of mathematical
knowledge and skills necessary for the formation of calculation skills in students,
their application in daily activities, the study of sciences and the continuation of
education is one of the main tasks of mathematics teachers in internal education.
Therefore, this article is devoted to the importance, goals and objectives of teaching
mathematics to primary school students.
Keywords:
intelligence, discipline, integration of sciences, general competence,
cognitive competence.
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich
kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat.
Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari
birlashadi.
Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi
bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng asosiy va
o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda
shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o‘qitiladi.
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
347
Demak, boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining
mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning tuzilishi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega:
1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar
arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik
kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik material bilan qo‘shib
o‘qitiladi.
2. Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni
raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish
o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali
sonlar ichida.
Bularni o‘qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va
geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi.
3. Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan xarakterga ega.
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlarni ochish kursda o‘zaro
bog‘langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi.
Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi,
keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog‘lanish, keyin amal
natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beriladi.
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda berilgan.
Masalan, qo‘shish asosida ko‘paytirish keltirib chiqarilgan.
Boshlang‘ich matematika kursi o‘z tuzilishi bo‘yicha o‘z ichiga olgan, arifmetik,
algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni .
Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi
saqlanadi.
Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik,
minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta
guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash
vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan.
Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir
vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog‘lanishlar ochib
beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik
amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan
o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi
tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
348
1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5, 2<3, 6+1>5, 8-
3< 8-2 va hokazo) qaraladi.
Ularni o‘rganish arifmetik materialni o‘rganish bilan bog‘lanadi va uni
chuqurroq ochib berishga yordam beradi.
2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko‘rinishdagi tenglamalar qaraladi.
Тenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so‘ngra amallarning natijalari
bilan komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlik asosida bajariladi.
O‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o‘quvchilarning funksional tasavvurlarini
egallashlariga imkon beradi.
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish,
ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni,
bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to‘g‘ri
to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan ko‘paytirishning
o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va ularning
elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan.
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli
qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va
siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va
umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab
olishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |