Aholini dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash tartiblari



Yüklə 419,57 Kb.
səhifə1/8
tarix16.12.2022
ölçüsü419,57 Kb.
#75357
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-MAVZU


AHOLINI DORI VOSITALAR VA TIBBIY BUYUMLAR BILAN TA'MINLASH TARTIBLARI
4.1. Dorixona turlari, vazifalari va funksiyalari.
4.2. Ijtimoiy dorixonalarni tashkil qilish va joylashtirish tartibi, vazifa va funksiyalari.
4.3. Dorixona xonalari tarkibi, jixozlanishi.
4.4.Dorixonalarda chakana savdoni tashkil etish tartiblari.

O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq farmatsevtika tashkilotlarida chakana savdo, farmatsevtika faoliyatidagi lisenziyalanadigan yo‘nalish bo‘lib, dorixona va uning filiallari tomonidan amalga oshiriladi.


Dori vositalarini chakana savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlagan shakldagi reseptlar yoki reseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishga ruxsat beriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana savdo qilish, hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi № 185-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4.1. Dorixona turlari, vazifalari va funksiyalari
Dorixona dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq –ovqatlarni, ma'danli suvlarni, davolash – kosmetika mahsulotlarni xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir.
Dorixona dori vositalari va tibbiy buyumlar xarakatidagi, ya'ni ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo‘lgan yakunlovchi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Chakana savdo - bu tadbirkorlik maqsadida emas, balki aholining shaxsiy, oilaviy yoki uy sharoiti ehtiyojini qondirish uchun amalga oshiriladi.
Dorixonalar jumlasiga dorixonalar va ularni filiallari, davolash profilaktika muassasalarining dorixonalari, qishloq shifokorlik punktlari qoshidagi dorixonalar, shuningdek, shifoxonalararo dorixonalar ham dorixona tashkilotlari tarkibiga kiradi.


Yüklə 419,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin