1.1 Algoritm tushunchasi. Algoritimning intuitiv, formal va kibernetik ta`riflari,xossalari xamda ularning turlari. Algoritm tushunchasi. Algoritmning intuitiv, formal va kibernetik ta’riflari, xossalari hamda ularning turlari Matematikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm tushunchasidir. Algoritm so‘zi (ba’zan, bu so‘z algorifm ko‘rinishida yoziladi) IX asrda yashab ijod etgan vatandoshimiz, buyuk matematik Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomining lotincha “Algorithmi” tarzida buzib yozilishidan kelib chiqqan. Formal sistemalar uchun yechilish muammosini kun tartibiga birinchi qo‘ygan olimlardan Shryoder (1895), Lyovengeym (1915) va Gilbertni (1918) ko‘rsatish mumkin. Formal sistemalar uchun yechilish muammosini kun tartibiga birinchi qo‘ygan olimlardan Shryoder (1895), Lyovengeym (1915) va Gilbertni (1918) ko‘rsatish mumkin. Intuitiv ta’rif 1- ta’rif. Berilgan ommaviy muammodagi barcha masalalarni umumiy bir xil shaklda, aniq ma’lum bo‘lgan usul bilan yechish jarayoni algoritm deb ataladi. Mexanik ijrochiga imkon beradigan va evristik qadamlarni inkor etadigan algoritm ta'rifi kibernetik algoritm ta'rifi deb ataladi. Ixtiyoriy algoritm muhim xossalarga ega:
•Аlgoritmning aniqligi – har bir qadam bajarilishining bir qiymatliligi.
•Diskretliligi – masalani yechish jarayonini bajarilish vaqtida kompьyuter yoki insonga qiyinchilik tugʼdirmasligi uchun bir necha sodda bosqichlar (bajarilish qadamlari)ga boʼlish.
•Ommaviylik – belgilangan masalalar sinfini yechish uchun algoritmning foydaliligi.
•Natijaviylik – oxirgi qadamlarda dastlabki maʼlumotlarga ega boʼlgan kerakli natijani olishga imkon beruvchi algoritmning harakatlar yakuni.
Amalda quyidagi algoritm turlari ajratiladi: chiziqli - har qanday shartlarni tekshirmasdan, harakatlar ketma-ket bajariladigan algoritm. Tarmoqlanuvchi - tayinlangan shartlarning o'zgarishiga qarab retsept bo'yicha variantlarni ta'minlovchi algoritm. Takrorlanuvchi - individual operatsiyalar yoki operatsiyalar guruhlari bir necha marta bajariladigan algoritm.