1.Algoritm tushunchasi
Algoritm so`zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk
bobokalonimiz Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning
arifmetikaga bag`ishlangan “Al jabr va al-muqobala” nomli asarining dastlabki
betidagi “Dixit Algoritmic” (“Dediki Al Xorazmiy”ning lotincha ifodasi) degan
jumlalardan kelib chiqqan.
Al-Xorazmiy birinchi bo`lib o`nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va unda
turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa hisoblash ishlarini
ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratadi. Chunki bu bilan o`sha davrda
qo`llanib kelingan rim raqamlari va sonlarni so`z orqali yozib bajarishdagi
noqulayliklar bartaraf etildi.
Dastlab algoritm deyilganda o`nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik
amallar bajarish qoidalari tushunib kelingan.
Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari fanga algoritm tushunchasining kiritilishiga
sabab bo`ldi.
Algoritm nima? Umuman olganda uni aniq ta'riflash mushkul. Lekin algoritmning
mohiyatini aniq va qat'iyroq tushuntirishga harakat qilamiz.
Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga
qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to`liq tizimi tushuniladi.
Algoritmga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: algoritm deb aniq natijaga olib
keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi.
Algoritmning xizmati nimadan iborat?
Algoritmlar-bu bilimlar ustida fikrlash va yetkazib berishdan iborat. Haqiqatan
ham kimdir qandaydir masalani yechishni o`ylab topib va uni boshqalarga
masalani to`g`ri yechishsin. Shuning uchun tasvir bir necha talablarga bo`ysinishi
kerak.
2. Algoritmlarning turlari
Algoritmlarni asosan 3 turga bo`lish mumkin:
1) Chiziqli algoritmlar;
2) Tarmog`lanuvchi algoritmlar;
3)Takrorlanuvchi algoritmlar.
1.3.1. Chiziqli algoritmlar Chiziqli algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va jarayonlar tartib
bilan ketma-ket bajariladi. Demak, chiziqli algoritmlar sodda hisoblashlar yoki
amallar ketma-ketligidir. Chiziqli algoritmlarga misol qilib quyidagi formulalar
bo`yichahisoblashlarni keltirish mumkin: , b=s·n