Algoritmlarni loyihalash



Yüklə 40,42 Kb.
səhifə1/2
tarix19.08.2023
ölçüsü40,42 Kb.
#139901
  1   2
Muhammad al


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Algoritmlarni loyihalash fani

Mustaqil ish mavzusi: Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda vatarlar va Nyuton usullarini samaradorlik bo‘yicha taqqoslash




Guruh: CAL004
Bajardi: Xolmurodov A
Tekshirdi: Aliqulov Y
Toshkent 2023


Mavzu: Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda vatarlar va Nyuton usullarini samaradorlik bo‘yicha taqqoslash




Reja:

  1. Algebraik va trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari .

  2. Kesmani ikkiga bo’lish usuli

  3. Vatarlar usuli

  4. Nuyuton (urinmalar) usuli

  5. Xulosa.

Tayanch iboralar: Tenglama, tenglamaning ildizlari, bir no‘malumli tenglamalar, algebraik tenglama, trantsendent tenglama, tenglamalarni taqribiy yechish usullari, kesmani ikkiga bulish, vatarlar, iteratsiya usullari, urinmalar usuli.


Algebraik va trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, kesmani ikkiga bulish usuli
Algebraik va trantsendent tenglamalar ildizlari yotadigan oraliklar ajratib olingandan sung tenglamaning ildizini taqribiy hisoblash uchun, taqribiy hisoblash usullaridan biri kullaniladi.
Demak tenglama berilgandan sung, tenglamaning ildizlari yotgan oraliklar ajratib olinadi, taqribiy ildizni topish usuli tanlanadi, tanlangan usulga mos ravishda algorimning blok–sxemasi va biror bir dasturlashtirish tilida blok–sxemaga mos ravishda dastur tuziladi. Dastur kompyuterga terilib, natijalar olinadi va taxlil kilinadi.
Tenglamalarning ildizlarini taqribiy yechish usullaridan biri bu kesmani teng ikkiga bulish usulidir. Bunda berilgan [a;b] kesma teng ikkiga bulinib [a;с] yoki [с;b] kesmalarda f(a)∙f(c)<0 yoki f(c)∙f(b)<0 shart tekshiriladi va с=(a+b)/2 qilib olinadi va ildiz b-a≤ε shart bajarulgunga kadar davom etirilib topiladi.
Vatarlar usuli
Vatarlar usulida f(х) funktsiyaning [a;b] kesmaga tutashtiruvchi vatar utkaziladi. Tenglamaning taqribiy ildizini topish у=f(х) funktsiyaning birinchi va ikkinchi tartibli hosilalarining ishoralariga boglik.
Agar f |(x) <0 va f ||(x) <0 yoki f |(x) >0 va f ||(x) <0 shartlar bajarilsa boshlangich kadam, ya‘ni boshlangich yechim qilib x0=b deb olinadi, boshqa hollarda x0=а deb olinadi.
x0=а bo’lganda x=b nuqta kuzmas nuqta bo’ladi va ildiz

formula bilan hisoblanadi.
x0=b boshlangich ildiz bo’lganda esa x=а kuzgalmas nuqta deb olinadi va ildiz



formula bilan hisoblanadi.
Ildizlarni taqribiy hisoblash jarayoni | xn-xn-1 |≤ε shart bajarulgunga kadar davom etiriladi. Bu yerda ε taqribiy ildizni topish aniqligi.
Bu usullardan tashkari tenglamalarni taqribiy yechishning iteratsiya usuli ham mavjud. Iteratsiya usulini o’quvchilarga [11]- adabiyotdan, ya‘ni A.Sidikovning «Sonli usullar va dasturlash» nomli kitobidan ukib olishlarini tavsiya etamiz.


Urinmalar usuli
Algebraik va trantsendent tenglamalar ildizlarini taqribiy hisoblash usullaridan aniqlik darajasi boshqa usullarga nisbatan kattarok bo’lgan usuli N‘yuton yoki urinmalar usulidir.
Bu usul kullanganda tenglamaning boshlangich yechimi x0 tanlab olinadi va ketma–ket yaqinlashishlar

formula bilan hisoblanadi. Bu yerda n=0,1,2,3,… yaqinlashishlar tartib soni, хn ildizga n yaqinlashish.
Agar f(a)∙f //(а)>0 shart bajarilsa х0=а boshlangich yechim deb olinadi, agar yuqoridagi shart bajarilmasa x0=b nuqta boshlangich yechim qilib olinadi.
Bu usulda ham ildizni topish | xn-xn-1 |≤ε shart bajarulgunga kadar davom etiriladi.
Misol: x2-x-1=0 tenglamani ildizini ε=0,0001 aniqlikda urimalar usuli bilan topamiz. Dastlab tenglamaning ildizlari yotgan oraliklarni ajratib olamiz.

Tenglamani f(x)=x2-x-1 deb belgilab olib, bu funktsiyani φ(x)=x2, (x)=x+1, ikkita funktsiyalarni ayirmasi ko’rinishida yozib olamiz. Bu funktsiyalarning grafiklarini chizamiz. φ(x)=x2 funktsiya grafigi parabola, (x)=x+1 funktsiya grafigi esa to’g’ri Chiziqdan iboratligi matematika kursidan ma‘lum.
Grafikdan kurinib turibdiki bu ikki funktsiyalar [-1;0] va [1,5; 2,5] oraliklarida kesishayapdi.
f(x0) f"(x0)>0 shartni [1,5; 2,5] oralikda tekshirib ko’ramiz.
f(x)=x2-x-1; f'(x)=2x-1; f"(x)=2; hosilarga x0=2,5 nuqtani kuyamiz; f(2,5)=2,75; f"(2,5)=2 kiymatlardan f(2,5)f"(2,5)>0 shart bajarilishini ko’rish kiyin emas, demak x0=b=2,5 нуктани boshlangich yechim qilib olamiz.
[-1;0] oralikda esa x0=-1 nuqtani boshlangich yechim qilib olish mumkin, chunki bu nuqtada ham f(x0)f"(x0)>0 shart bajariladi (tekshirib ko’rish o’quvchilarga xavola).
Berilgan tenglamani ildizini urimalar usuli bilan taqribiy yechish algoritmining blok–sxemasini va paskal dasturlashtirish tilida dasturini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz.
f(x)=fx; f'(x)=f1x; у= f(x)/f'(x)=fx/f1x; x0=x0; =eps.


Tenglamaning ildizini urinmalar usulida taqribiy hisoblash algoritmining blok–sxemasini va paskal tilidagi dasturini tuzamiz.


Yüklə 40,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin