Amaldagi versiyaga o‘tish



Yüklə 48,96 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü48,96 Kb.
#168141
  1   2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.1997 yildagi 409-son


Hujjat 03.08.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘QITUVCHILAR VA O‘QUVCHILAR TURMUSHI MODDIY SHAROITLARINI YAXSHILASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash va ularning mehnatini rag‘batlantirish, yetim bolalarni hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalarini moddiy ta’minlash va birinchi sinf o‘quvchilarini zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlashda davlat yordamini ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda)
2. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab bevosita o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq rahbar xodimlarning, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun maxsus o‘quv-tarbiya sinflari (guruhlari)dagi alohida ish sharoitlari uchun pedagog xodimlar, ruhshunoslar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining stavkalari va oylik lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq 2 baravar oshirilsin.
3. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab haftalik o‘quv soatlarini 30 soatdan 25 soatgacha kamaytirish hisobiga bolalar uylari va barcha turdagi internatlar tarbiyachilarining ish haqlari o‘rtacha 1,2 baravar oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, barcha turdagi maktab-internatlarda, o‘rta hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yetim bolalarga, ota-onalarining qarovisiz qolgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ular ishga joylashish chog‘ida kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar, shuningdek, dastlabki xarajatlar uchun Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlardagi yordam puli berilsin.
Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va hunar-texnika o‘quv yurtlari rahbarlariga yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan, to‘la davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga, ular muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilgan hollarda, shuningdek, nikohdan o‘tganda, ularning xohishiga ko‘ra, Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlaridagi pul kompensatsiyasi berish va ushbu summani kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar o‘rniga respublika Xalq banki muassasalariga bitiruvchi nomiga omonat sifatida o‘tkazish huquqi berilsin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalarga bir yo‘la yordam puli va jihozlar berish tartibini, ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlashni nazarda tutgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xalq ta’limi vazirligi:
a) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni har yili:
birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami;
maktablardagi barcha 1 — 11-sinflar o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari;
b) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami bilan bepul ta’minlash joriy qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘quv qurollari ro‘yxati va sonini tasdiqlash vakolati Xalq ta’limi vazirligiga berilsin.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi birinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qurollari va maktab o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh to‘plamlari markazlashtirilgan tartibda xarid qilinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
8. O‘z qaramog‘ida o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar ushbu qarorning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.

Yüklə 48,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin