Amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matematik ifodalar. Grafika



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix27.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56454
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1



Mavzu: MathCAD dasturining interfeysi. Funksiyalar. Grafika. 

IV-BOB  

AMALIY DASTURLASH PAKETLARI. MATHCAD DASTURI. 

MATHCAD DASTURI  INTERFEYSI. MATEMATIK IFODALAR. GRAFIKA 

 

1.1.  Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi 

Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun 

bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va  paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy

etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.  

Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini 

qo’llashning  unikal  kollekцiyasidir.  U  o’z  ichiga  yillar  ichidagi  matematikaning  rivojlanishi 

natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. 

Mathcad  paketi  muхandislik  hisob  ishlarini  bajarish  uchun  dasturiy  vosita  bo’lib,  u 

professional  matematiklar  uchun  mo’ljallangan.  Uning  yordamida  o’zgaruvchi  va  o’zgarmas 

parametrli algebraik  va  differensial  tenglamalarni  echish,  funksiyalarni  tahlil  qilish  va  ularning 

ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. 

Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.  

Mathcad  interfeysi  Windowsning  barcha  dasturlari  intefeysiga  o’хshash.  Mathcad  ishga 

tushurilgandan  so’ng  uning  oynasida  bosh  menyu  va  uchta  panel  vositasi  chiqadi:  Standart 

(Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik 

ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) 

deyiladi.  Standart  (Standart)  vositalar  paneli  bir  necha  fayllar  bilan  ishlash  uchun  buyruqlar 

to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir 

necha  buyruqlarni  o’z ichiga  oladi.  Math  (Matematika)  matematik  vositalarini  o’z  ichiga  olgan 

bo’lib,  ular  yordamida    simvollar  va  operatorlarni  hujjat  fayli  oynasiga  joylashtirish  uchun 

qo’llaniladi.  Quyidagi  rasmda  Mathcadning  oynasi  va  uning  matematik  panel  vositalari 

ko’rsatilgan (4.1-rasm):  

Colculator  (Kolkulyator)  –  asosiy  matematik  operatsiyalar  shabloni;  Graph  (Grafik)  – 

grafiklar  shabloni;  Matrix  (Matritsa)  –  matritsa  va  matritsa  operatsiyalarini  bajarish  shabloni; 

Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus 

(Hisoblash)  –  differensiallash,  integrallash,  summani  hisoblash  shabloni;  Boolean  (Mantiqiy 

operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli 

modullar  yaratish  opreatorlari;  Greek  (Grek  harflari)  -  Symbolik  belgililar  ustida ishlash  uchun 

operatorlar.  

 



 

 

 



4.1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. 

 

 



4.2. Matematik ifodalarni qurish va hisoblash 

 

Boshlang’ich  holatda  ekranda  kursor  krestik  ko’rinishda  bo’ladi.  Ifodani  kiritishda  u 

kiritilayotgan  ifodani  egallab  olgan  ko’k  burchakli  holatga  o’tadi.  Mathcadning  har  qanday 

operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin: 

•  menyu buyrug’idan foydalanib

•  klaviatura tugmalaridan foydalanib; 

•  matematik paneldan foydalanib. 

O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni 

amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda 

yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi. 

Oddiy  va matematik  ifodalarni  tahrirlashda  menyu  standart  buyruqlaridan  foydalaniladi. 

Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan 

•  kesib olish – Ctrl+x; 

•  nusхa olish – Ctrl+c; 

•  qo’yish – Ctrl+v; 

•  bajarishni bekor qilish – Ctrl+z. 




 


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin