Amaliy mashg‘ulot №4 pa saqlandigan yer osti va chuqurlashtirilgan omborlar



Yüklə 18,63 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü18,63 Kb.
#119095
  1   2   3
Amaliy mashg‘ulot ¹4 pa saqlandigan yer osti va chuqurlashtirilg


AMALIY MASHG‘ULOT №4


PA saqlandigan yer osti va chuqurlashtirilgan omborlar

PAni erosti omborlari, tarqatish kameralari, uchastka saqlash punktlari


6.1. Erosti sharoitlarida PA alohida jihozlangan inshoot-kamera yoki bo‘linmalarga joylashtirilishi kerak, ularni bittasidagi portlash yonidagilarga joylangan PMga detonatsiya bermaydigan bo‘lishi kerak.
Erosti ombori PA saqlanadigan kamera yoki bo‘linmalar joylashgan faqat omborga mo‘ljallangan inshootlar, ularga olib boradigan ishootlar va yordamchi kameralardan tarkib topishi kerak.
YOrdamchi kameralarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
- elektrodetonatlarni tekshirish yoki yoqish naychalarini tayyorlash va detonatorlarni markalash kamerasi;
- PA tarqatish kamerasi;
- portlatish ishlarini mexanizatsiyalash vositalari joylashtiriladigan kamera;
- kassetalar va sumkalar saqlanadigan kamera;
- elektrtaqsimlash qurilmalari va yong‘inga qarshi vositalari joylashtiriladigan kamera.
Sanab o‘tilgan kameralar omborga olib boradigan boshi berk ishootlarga joylashtirilishi mumkin.
PA saqlanadigan erosti va chuqurlashtirilgan omborlarida portlatish, nazorat va o‘lchash asboblari va qurilmalari, shuningdek kassetalar va sumkalar maxsus stellajlarda yoki shkaflarda saqlanadi.
PA saqlanadigan har bir omborni korxonaga chiqadigan telefon aloqa yoki dispetcherga chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon aloqa bilan ta’minlash kerak.
Erosti omborlarining faqat portlamaydiganlarida akkumulyatorli yuklagichlar yoki boshqa yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
PA saqlanadigan uchastka punktlaridan korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarga muvofiq ravishda foydalanish zarur.
6.2. Ko‘mir va slanets shaxtalarida qisqa fursatli va fursatli (belgilangan vaqtda) portlatish usullari bilan portlatish ishlarini olib borish uchun, erosti chiqimli omborlari va tarqatish kameralarida tegishli sharoitda foydalanish uchun ruxsat etilgan portlash fursatini xar bir pog‘onasi ega bo‘lgan elektrodetonatorlardan bir qutidan saqlash kerak.
6.3. PA saqlanadigan erosti omborlarining joylashishi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) qulasa butun shaxtaga yoki uni katta qismiga toza havo kelishini to‘sishi mumkin bo‘lgan shaxta svtoli va stvololdi, shuningdek shamollatish eshigidan omborning ixtiyoriy eng yaqin nuqtasigacha bo‘lgan masofa, kamerali omborlar uchun kamida 100 m, bo‘linma turidagi omborlar uchun kamida 60 m bo‘lishi kerak;
b) kamera turidagi omborlarga odamlar doim o‘tishi uchun xizmat qiladigan inshootlardan eng yaqin bo‘linma yoki kameralargacha bo‘lgan masofa, kamerali omborlar uchun kamida 25 m va bo‘linma turidagi omborlar uchun esa 20 m bo‘lishi kerak;
v) yuzadan omborgacha bo‘lgan masofa kamerali omborlar uchun kamida 30 m va bo‘linma turidagi omborlar uchun esa 15 m bo‘lishi kerak;
g) PA saqlanadigan bo‘linma yoki kameralar joylashgan inshootlarni bosh inshootlarga, olib boradigan to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bir-biriga to‘g‘ri burchak ostida joylashgan kamida uchta inshootlar bilan biriktirish zarur.
Omborga olib boradigan inshootlar uzunligi kamida 2 m va kesimini maydoni kamida 4 m2 boshi berk joy bilan tugashi kerak;
d) yuklagichlar ishlatiladigan PA ombori asosiy inshootining eni, ularni 900 ga buriladigan harakatini ta’minlashi va yuklash-tushirish mexanizmlarni yuk ortilgan holatdagi maksimal o‘lchamidan katta, shu shumladan egri chiziqli uchastkalarda eni bo‘yich har qaysi tomondan kamida 60 sm va yoritgichdan balandlik bo‘yicha kamida 50 sm ktta bo‘lishi kerak;
e) har bir sklad odamlar uchun ikkita chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak. Metropoliten va tonnellar qurilishida, shuningdek erosti geologiya-qidiruv inshootlarini o‘tkazishda hajmi 1 t PMdan ortmaydigan chiqish joyi bitta bo‘lgan vaqtinchalik PA omborlariga ega bo‘lishi ga ruxsat etiladi;
j) metropolitenlarni qurish, tonnellarni barpo etish va geologik tashkilot tomonidan erosti geologiya-qidiruv inshootlarini o‘tkazishda shaxta stvoli, kamera va asosiy ta’minot magistrali (suv chiqarish va shamollatish quvurlari, kabellar) o‘tkazilgan inshootlardan eng yaqin bo‘linma yoki kameralargacha bo‘lgan, va odamlar o‘tishi uchun yordamchi inshootlargacha bo‘lgan masofa kamida 15 m bo‘lishi kerak;
z) PA omborida relsli yo‘l mavjud bo‘lganda, ularni elektroizolyasiyasini umumshaxtadan ta’minlash kerak.

Izoh:


1. Imoratlardagi portlatishni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan, loyiha bilan belgilangan temir eshiklarni imoratlar va kirish joylari orasiga o‘rnatish shartida, kamera (bo‘linma) joylashtirilgan inshootlarni kam sonli olib boruvchi inshootlar bilan bosh inshootlarga biriktirishga ruxsat etiladi.

Yüklə 18,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin