Ishlab chiqarish binolarini shamollatish turlari va qurilmalari Reja: Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish Sun’iу havo almashinish tizimlari Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini



Yüklə 29,68 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü29,68 Kb.
#204183
  1   2
14-Ishlab chiqarish binolarini shamollatish turlari va qurilmalari


Ishlab chiqarish binolarini shamollatish turlari va qurilmalari

Reja:


Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish
Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish
Sun’iу havo almashinish tizimlari


Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish
Shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish binolarida yuzaga keladigan ortiqcha issiqlik, namlik, chang, gazlar va bug‘larni haydab chiqarish hamda xona mikroiqlim holatini davlat standartlari talablari asosida me’yorlashtirish uchun xizmat qiladi.
Havo almashinish usuliga ko‘rа shamollatish qurilmalari umumiy almashinuvchi va mahalliy turlarga bo‘linadi.
Umumiy havo almashinish tizimida xona ichidagi iflos havo xonaning butun hajmi bo‘yicha bir vaqtda toza havo bilan al- mashtiriladi. Mahalliy havo almashinish tizimlarida esa iflos havo bevosita ushbu iflos havo (chang, gaz, bug‘ va b.) hosil bo‘ladigan joydan, уa’ni ish joyidan haydab chiqariladi.
Shamollatish qurilmalari ishlash usuliga ko‘га so‘ruvchi, haydovchi va so‘ruvchi-haydovchi turlarga bo‘linadi.
So‘ruvchi shamollatish qurilmalari iflos havoni faol haydab chiqarish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Haydovchi shamollatish qurilmalari esa so‘ruvchi qurilmalar mumkin bo‘lmagan xonalarda qo‘llaniladi. So‘ruvchi-haydovchi shamollatish qurilmalari esa intensiv havo almashinish talab etiladigan xonalarda ishlatiladi.


Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish
Sanitar me’yorlarga asosan barcha ishlab chiqarish binolarida tabiiy shamollatish qurilmalari bo‘lishi shart. Таbiiу havo almashinish xona ichi havosi bilan tashqi muhit havosining bosimlari hamda zichliklari orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Ushbu shamollatish qurilmalarining asosiy kamchiligi havo almashinish darajasini tashqi muhit havosining haroratiga, bosimiga hamda shamolning tezligi va уo‘nalishiga bog‘liqligidadir.
Таbiiу havo almashinish qurilmalari ishlash xusu-siyatiga ko‘ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi уo‘nalishini va miqdorini rostlovchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday shamollatish tizimi tashkillash-tirilgan deb ataladi.

Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida tаbiiу havo almashinish qurilmalarida deflektorlardan foyda-laniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo‘ladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.

Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi:


D = 0,0188 Wd /Vd
bu yerda, Wd – deflektorning ish unumdorligi, m3/s; Vdhavoning deflektordagi tezligi, m/s.
Hisob ishlarida Vd – (0,2...0.4) Vx deb qabul qilish mumkin. Bu yerda, Vdhavoning tezligi, m/s.
Таbiiy havo almashinish qurilmalarining ishlash samaradorligi ulardan qanchalik to‘g‘ri foydalanish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun tabiiy havo almashinish qurilmalarining elementlari o‘rnatilib bo‘lingach, ular sinovdan o‘tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko‘zda tutilgan kanallar va tuynuklar ochib qo‘yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o‘tish уo‘lining o‘rtasiga anemometr o‘rnatilib, havoning tezligi o‘lchanadi. Shamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi:
Wt = 3600Vx Sxt,
bu yerda, Vx – havoning tezligi, anemometr ko‘rsatishi
asosida, m/s;
Sx.t. – havo o‘tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2 .
Sinov vaqti turg‘un texnologik rejim davrida 1,5... 2,0 soat bo‘lishi lozim.

Yüklə 29,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin