Amaliy mashg’ulot. Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 29,46 Kb.
səhifə1/4
tarix24.11.2022
ölçüsü29,46 Kb.
#70231
  1   2   3   4
1.amalyt


  1. Amaliy mashg’ulot. Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (temir yoʼl transporti)

  2. Reja:

  1. Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (temir yoʼl transporti)

  2. Temir yo’lda tashishni tashkil etish va boshqarish yoʼnalishining malaka talablari,

  3. Tashishni tashkil etish va boshqarish yoʼnalishining oʼquv rejasi va fanning oʼquv dasturi bilan tanishish.

Transport tizimlarini boshqarish
Transportda Xarakatni Tashkil etish (kafedrasi)
Yuk transport tizimlari (kafedrasi)
Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (temir yoʼl transporti)
“Tеmir yo‘l transportida tashishni tashkil etish va boshqarish” tеmir yo‘l transportini ishlatish ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning nazariy asosidir. tеmir yo‘l transportida tashishlarni boshqarish tizimlari, poyezdlarning tеmir yo‘l uchastkalaridagi harakatini masofadan boshqarish va poyezdlarni tuzishning zamonaviy usullari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Hozirgi vaqtda yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy qismi temir yo‘l sohasiga to‘g‘ri keladi va bu tarmoqning iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xalqaro transport tizimlarining ajralmas qismi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xalqaro tashuvlar tizimidagi roli yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, temir yo‘llar asosiy ommaviy yuk va yo‘lovchi tashish vositasi bo‘lib qolmoqda.
“O‘TY” AJning nomi:

  • o‘zbek tilida – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati (qisqartirilgan nomi – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ) yoki kirill harflarida “Ўзбекистон темир йўллари” акциядорлик жамияти (qisqartirilgan nomi – “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ);

  • rus tilida – Акционерное общество «Узбекистон темир йуллари» (qisqartirilgan nomi – AO «Узбекистон темир йуллари») yoki Акционерное общество «Узбекиские железные дороги»;

“O‘TY” AJ o‘z faoliyatini 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonuni asosida olib boradi. “O‘TY” AJning oliy boshqaruv organi kompaniya Kengashidir. “O‘TY” AJning rahbariyatini rais va uning 6 muovini, shu jumladan bosh menedjer-bosh muhandis va raisning birinchi muovini tashkil etadi. Rais va uning muovinlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning vazifasi va tashish jarayonidagi asosiy prinsiplari
Temir yo‘l transporti katta va murakkab xo‘jalik bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatining tavsifiga, uni tashkil qilish va boshqarish usullariga ko‘ra boshqa tarmoqlardan farqli jihatlari mavjud. Bu jihatlarga quyidagilar kiradi:

  • temir yo‘l transporti korxonalarining ko‘p sonliligi va tarmoqligi;

  • temir yo‘l transporti korxonalari ishining hamjihatliligi va o‘zaro bog‘liqligi. Bu tashish jarayonida ishtirok etayotgan barcha korxonalar ishining texnologik mutanosibligini talab etadi;

  • temir yo‘l transporti ishining to‘xtovsizligi va muntazamligi. Bu temir yo‘l transporti texnik vositalaridan to‘liq foydalanish uchun zarurdir.

Temir yo‘l transportining sanab o‘tilgan jihatlari temir yo‘llari ishini tashkil etish va poyezdlar harakatini boshqarishga bo‘lgan quyidagi muhim talablarni belgilaydi:

  • foydalanish ishlarini boshqarishda boshqaruvning markazlashishi va poyezdlar harakatini boshqarishda yuqoridan pastga boshqaruvning yakkaligini ta’minlashning qat’iyligi va bir vaqtning o‘zida quyi tarmoqlarga oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda katta mas’uliyat yuklatilganligi;

  • tashish jarayonini ta’minlash bilan texnologik bog‘liq bo‘lgan barcha xodimlarning qattiq intizomi va ular ishining aniqligi.


Yüklə 29,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin