O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Tasdiqlayman”
Qo‘qon davlat pedogogika instituti
rektori:
______________D.SH.Xodjayeva
202___yil “___ ”__________
AMALIY VA BADIIY BEZAK FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi
Fan/modul kodi ABBS1604
O‘quv yili 2021-2022
Semestr 6
ECTS - Kreditlar 5
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O`zbek/rus
Haftadagi dars soatlari 8
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Amaliy va badiiy bezak
60
90
150
2.
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – Talabalarga O‘zbek milliy xalq amaliy san’atining asosi hisoblangan naqqoshlik san’ati bo‘yicha “Amaliy va badiiy bezak san’ati” fanidan yozilgan bo‘lib, talabalarning ushbu san’at sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishni, kelajakda avlodga o‘tib kelayotgan milliy an’analar asosida voyaga yetkazishni va hunar o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib tadqiq qilishni oʻrgatish hamda amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari: - Amaliy va badiiy bezak san’ati fanini tashkil qilish, uning mazmuni, naqqoshlikda turli kompozitsiyalar tuzish usullari, ularga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish;
- amaliy va badiiy bezak san’ati fanida ishlatiladigan materiallar va asbob – uskunalar, ularni ishga tayyorlashni o‘rgatish;
- talabalarga oddiydan murakkabga qarab turli naqsh kompozitsiyalarini mukammal tuzishni o‘rgatish;
- talabalarga naqqoshlik, ganch o‘ymakorligi, miniatyura, ashyoshunoslik va boshqa fanlardan olgan bilim malakalarini muxtahkamlash, turli shakldagi buyumlarga nashq kompozitsiyasi tuzishni o’rgatish, shu bilan birga ranglarni mos keladigan qilib tanlash, turli materiallarga ishlov berishni e’tibor qaratadi.
- hajmli buyumlarga nashq kompozitsiyasi tuzish usullarini o‘rgatsih;
- interer va ekstererbezagi uchun naqsh kompozitsiyalarini tuzishni o‘rgatish;
- kompozitsiya darslari asosida Sharq amaliy san’atining go‘zalligi, falsafiy ruhiy va tarbiyaviy qirralari bilan tanishtirish.
II. Ma’ruza mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Ma’ruza mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: