Amaliyot jarayonida bajargan vazifalarimiz



Yüklə 26 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü26 Kb.
#165130
amaliyot vaziaf


Amaliyot jarayonida bajargan vazifalarimiz
Amaliyotning dastlabki haftasida maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari, maktab ma’muriyati faoliyati va o’qituvchilar kundalik ishlari bilan tanishdim.
Amaliyotning ikkinchi qismida ya’ni asosiy qismida faol amaliyotga kirishib menga biriktirilgan guruh va guruh murabbiyining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Men asosan yuqori sinflarga biriktirildim. Shu sinflarning dars mashg`ulotlari va boshqa fan o’qtuvchilarining darslariga kirib kuzatdim, darslarini tahlil qildim. O’quv va tarbiyaviy ish rejalari bilan tanishib, ular asosida o’quv va tarbiyaviy ish rejalari tuzdim.
Shuningdek o’quv muassasasidagi mavjud dasturlar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar bilan tanishib, o’rganib chiqdim. Institut tomonidan berilgan kundalikni to’ldirib bordim. O’quvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o’tkazishlarida yaqindan yordam berdim. Dars davomida ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanishda fan o’qituvchisiga yordam berdim va dars jarayonida bevosita ishtirok etdim. Shuningdek o’quvchilar bilan individual ishlashga harakat qildim. Sinfda bir nafar yaxshi o’zlashtiruvchi va bir nafar sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarning maktabdagi, sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatini o’rgandi.
Amaliyotning uchinchi qismida ya’ni yakunlovchi qismida men shu vaqtgacha pedagogik faoliyatini o’rganish jarayonidagi olgan bilimlarim va ko’nikmalarimni amalda sinab ko’rish uchun o’quvchilarga «Jamoatchilik nazorati institutlarining ahamiyati» mavzusida ochiq dars o’tdim. Dars davomida o’rgangan bilimlarimni amalda sinab ko’rdim. Darsga turli adabiyotlardan va tarqatma materiallardan foydalangan holda yondashdim. Shuningdek men maktab o’quvchilarini dars davomida va darsdan tashqari ijtimoiy ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda qatnashish orqali o’zlarini tutishi xulq atvori va ularning tadbirlardagi faolligini kuzatdim. Shu bilan bir qatorda malakaviy amaliyot yuzasidan hisobot hujjatlarimni tayyorladim. Kundalikni o’z vaqtida yozib bordim va maktabdagi amaliyot rahbarimga imzolatib bordim. Amaliyot yuzasidan qilingan hujjatlarimni tasdiqlatdim va yig`ma jild shaklida tayyorlab qo’ydim.
Amaliyot davomida men o’zim ko’zlagan maqsadga, o’qituvchilik kasbini o’rganish maktab faoliyati va hayoti bilan tanishishga erishdim. Maktab ma’muriyati tomonidan baholandim. Amaliyotning oxirgi kuni 29-aprel kuni bo’lib o’tdi. Amaliyot davomida men pedagog faoliyatini o’rganish borasidagi o’zimga kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarni olishga erishdim deb o’ylayman.
Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin