FLASH DASTURIDA VIDEO MALUMOTLAR BILAN ISHLASH
Reja:
1. Adobe Flash dasturida oddiy harakatli animatsiyalar yaratish.
2. Adobe Flash dasturida bannerlar yaratish.
3. Actions tili imkoniyatlaridan foydalanib boshqaruv elementlarini joriy qilish.
Flash dasturi oynasi bir nechta qismdan iborat. Ular bilan tanishib chiqamiz. Dastur oynasining asosiy qismlaridan biri dastur ish maydonidir. Ish maydonida biz obyektlarni chizish, tahrirlash, harakatlantirish imkoniyatini amalga oshiramiz. Undan yuqorida esa - vaqt diagrammasi yoki vaqt shkalasi (timeline) joylashgan (11.1-rasm).
Flash dasturi oynasi ko‘rinishi.
Uskunalar paneli
Uskunalar paneli rasmda ko‘rsatilgandek to‘rt qismdan iborat. Yuqoridagi qismida Tools (uskunalar) obyektlarni yasash (chizish) va ularni transformatsiyalaydigan uskunalar joylashgan. Keyiroq ular bilan batafsil tanishib chiqamiz. Keyin tasvirni Viev (Vid) boshqaruvchi uskunalar keladi: bu qo‘l (Hand tool) rasmi va lupa (Zoom tool).
Tools uskunalar paneli.
Bu uskunalar boshqa dasturlarda ham tez-tez uchrab turadi. Qo‘l uskunasi yordamida ishchi sohani ko‘chirish mumkin. Lupa uskunasi yordamida kattalashtirsa yoki kichiklashtirsa bo‘ladi (kichraytirish uchun ishchi sohada ALT tugmasini bosish kerak). Bu uskunalar faqat rolik tasvirini boshqaradi uning mazmuniga ta’sir o‘tkazmaydi.
Endi dastur oynasining navbatdagi qismlari bilan tanishib chiqamiz. Ular quyidagilar:
Yorliq qatori: dastur nomi va faol fayl nomini tasvirlab turadi.
Yorliq qatori.
Dasturning gorizontal menyu qatori
Flash dasturining gorizontal menyu qatori quyidagi ko‘rinishga ega:
Menyu qatori.
Menyu qatori quyidagi menyulardan iborat: File, Edit, View, Insert, Modify, Text, Control, Window, Help. Endi menyulardagi asosiy buyruqlar ketma-ketligi, ularning vazifalari va ularning mos funktsional tugmalar bilan tanishib chiqamiz.
11.1-jadval. File menyusi buyruqlari
Dostları ilə paylaş: |