Ambulatoriya sharoitida bemorlar bilan munosabatda bo‘lish psixologiyasi reja



Yüklə 33,63 Kb.
səhifə1/6
tarix03.10.2023
ölçüsü33,63 Kb.
#151823
  1   2   3   4   5   6
AMBULATORIYA SHAROITIDA BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BO‘LISH PSIXOLOGIYASI


AMBULATORIYA SHAROITIDA BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BO‘LISH PSIXOLOGIYASI

Reja:


  1. Ambulatoriya sharoitida bemorlar bilan munosabatda bo‘lish psixologiyasi

  2. Terapevtik bemorlar bilan ishlash psixologiyasi

  3. Bolalar kasalliklarida bemorlar psixologiyasi masalalari

Kasalxonalar va statsionarlar ishi ambulatoriya va poliklinikalar ishidan o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. llgari shifoxonalarda o'rinlar sonini imkon boricha ko'paytirish masalasi ko'ndalang qilib qo'yilgan edi. Bu vazifa o‘z davri uchun to'g'ri bo'lib, u to'la-to'kis bajarildi. Hozir profilaktika va tusliuntirisli ishlari yaxshi olib borilayotganligi tufayli bemorlarga tashxis qo'yish ishi birmuncha yaxshilandi, bunga tor ixtisoslikdagi mutaxassislar sonining oshib borayotganligi imkon berdi. Bundan tashqari, qishloq joylarda ko'plab yangi tipdagi shifokorlik- akusherlik va feldshcrlik-akusherlik punktlari ochildi va ular soni kun sayin ortib borayapti.


Shahar va tumanlardagi yirik polikl inikalarda bemorlarning kunduzi davolanishi uchun o‘rinlar tashkil etildi va ular zarur uskuna, jihozlar bilan ta’minlandi.
Shifokorlar va hamshiralarning muntazam ravishda attestatsiyadan o'tkazib turilishi ularning kasb saviyasi oshishiga, bilimlarining chuqurlashuviga, zamonaviy muolaja usullarini mukammal egallab olishlariga imkoniyat yaratdi. Shifbkor rahbarligi ostida ishlaydigan o'rta tibbiyot xodimi o‘z zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarib borsa, bemor iztiroblarini yengillashtirisli uchun hamma chora-tadbirlarni bcg'araz ado etsa, u o'z burchini to‘la-to‘kis bajargan hisoblanadi.
Bizning davrimizda ambulatoriya tarmog'i yana ham keng quloch yozmoqda. Hozir ko‘pgina kichik operatsiyalar, laboratoriya tekshirishlari, davolash kurslari. muolajalar ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladi.
Kichik jarrohlik muolajalari, bronxoskopik, ultra-to'lqinli gastroskopik tekshirishlar, ayrim hollarda va ko'rsatma bo'lganda ruhiy bcmorlarni davolash ambulatoriya va poliklinikalarda o'tkaziladi. Poliklinika sharoitida tibbiyot xodimining bemorlar bilan muloqotda bo'lishi o'ziga xos jihatlarga ega. Isli kuni mobaynida doimo bemorlarbilan muomala qilishga to'g'ri keladi. Bunday bemorlarning bir qismi shifokorga birinchi marta murojaat qiladilar.
Kundalik amaliyotda ambulatoriyada bemorlarni qabul qilishning cstetik muammolariga katta c'tibor qaratilishi kerak. Ambulatoriya jihozi deganda ko'pincha tekshirish asbob-uskunalari tushuniladi. Bundan tashqari, chiroyli gullar, ozoda, qulay mebeliar bemorga estetik zavq berib, shifokorga bo'lgan ishonchini vanada oshiradi. Shifokor bilan yakkama-yakka. guvohlarsiz suhbatlashish bemorning kundalik huquqi hisoblanadi. Afsuski, ko‘p hollarda shifokorning xonasida hamshira ham bodadi. Bunday vaqtda bemor shifokorga gapini ochiq aytishga tortinib turadi. Shifokor xonadagilaming tashqariga chiqib turishini so'rashi bemor uchun ham, shifokor uchun ham noqulay psixologik muhitni vujudga keltiradi.
Har qanday davolash muassasalarining asosiy maqsadi barcha bemorlarga kerakli tibbiyot yordamini ko‘rsatishdir. Buning uchun bemorga qulay, osoyishta, tinchlantiruvchi sharoit yaratish kerak. Ambulatoriyaga kelgan bemorlarni davolash ularni qabul qilishdan boshlanadi. Odatda, bemorlarni tuman shifokorlari yoki boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar yuboradilar. Shunday ekan, bemorlar qayerga va nima uchun kelganliklarini yaxshi his qiladilar. Ko'p narsa ularning qanday kutib olinishiga bog'liq. Bu ishda shifbkorning ishonchli yordamchisi hamshira hisoblanadi.
Poliklinika sharoitida tibbiyot xodimining bemorlar bilan muloqotda bo'lishi o‘ziga xos tomonlarga ega. Tibbiyot hamshirasi bilan bemor o'rtasidagi munosabatlar xarakteriga xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari ham, bemorlarning shaxsiy xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ambulatoriya tibbiy hamshiralarining mehnati juda serqirra bo‘Iib, u yuksak mas'uliyat bilan olib borilishi lozim. Bemorlarning birinchi va takroriy qatnovini hisobga olgan holda ularni qabul qilishning aniq kunlarini belgilab chiqish, qabul vaqtiga rioya etilishini nazorat qilish, kasailik tarixini tezda topish, qabul sabablarini aniqlash va boshqa tashkiliy tadbirlarning hammasi tibbiyot hamshirasining ish sharoitini ancha osonlashtiradi, uning vaqtini tejab, bemorlar uchun qulayliklar yaratadi.
Bemorni qabul qilishni tashkil etishda shuni ham nazarda tutish zarurki, og'ir yoki jiddiy ahvoldagi bemorlarni navbatsiz qabul qilishdan tashqari (bunday bemorlar shoshilinch yordam ko'rsatishni talab qiladi), har bir ixtisoslik daftarida birinchi galda navbatsiz qabul qilinadigan bemorlar yozilgan bo‘iadi. Bular nogironlar, qari kishilar bo'lib, ular somatik holati tufayli qabulni uzoq vaqt kutib turishlari qiyin. Birinchi navbatda jazavali bclgilari yaqqol sezilib turadigan tajovuzkor, asabi zaif bemorlarni qabul qilgan rna'qul, chunki ular shifokorlar haqidagi mulohazalari bilan kutish xonasida noxush vaziyat yaratadilar, o‘zlarining patologik his-hayajonlari bilan oson ta’sirga beriladigan bemorlarda salbiy fikrlar uyg‘otadilar.
Ambulatoriya va poliklinikada xizmat qiluvchi hamshira va shifbkorlar bemorlarning uyiga borib ham tibbiy yordam ko‘rsatadilar. Bunda ular oilaning shart-sharoitlarini va oiladagi psixologik muhitni tushunib olishlari lozim. Ularning xushmuomalalik bilan bemorni tekshirishga intilishlari unga to‘la-to‘kis yordam ko‘rsatish bilan ajralib turishi zarur.
Hamshira davolash ishlari bilan bir qatorda sanitariya maorifi ishlari bilan ham shug'ullanishi kerak. Aholi o'rtasida harxil kasalliklar va ularning oldini olish, klinik manzarasi, davosi masalalarida ma'ruzalar, suhbatlar o'tkazilishi nihoyatda muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Bemor bilan aloqa o‘rnatganda uning kechinmalarini tushunish va ularni xayrixohlik bilan qabul qilish kerak. Tibbiyot hamshirasining zarur yordam va fidoiyilik ko'rsatishga hozirligi katta ahamiyatga ega. Bemorning shikoyatlarini e'tiborbilan eshitish, iloji boricha xastalik belgilarini bartaraf etish yoki yengillashtirishga harakat qilish, dori-darmonlarni o‘z vaqtida qabul qilishini eslatib turish hamshiralarning eng muhim burchi ekanligini doimo yodda tutish zarur.



Yüklə 33,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin