Amerika toponimiyasi



Yüklə 153,29 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü153,29 Kb.
#205844
toʻgʻirlash kere


AMERIKA TOPONIMIYASI

18.1. Shimoliy Amerika toponimiyasi

Reja:

1. Shimoliy Amerika mamlakatlari toponimiyasi haqida qisqacha



ta'rif.

2.


Amerika Qo'shma Shtatlari,

Kanada va Grenlandiya

toponimiyasining o'ziga xos xususiyatlari.

3. Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiya toponimiyasining

stratigrafik qatlam lari va ularning o'zaro aloqadorligi.
Shimoliy Amerika - g ‘arbiy yarim shaming shimoliy qismidagi

materik, unga Markaziy Amerika ham kiradi. Mutaxassislarning fikricha, normannlar X-XI asrlarda Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning

shimoliy-sharqiy sohillarigacha yetib borishgan bo‘Isa ham ammo,

yangi qit’a noma’lumligicha qolib ketgan. 1492-1503 yillarda Xristofor

Kolumb rahbarligida amalgan oshirilgan sayohatlar natijasida, ilk bor

Anti! orollari va Karib dengizining janubiy sohillari kashf etilgan. Ma’­

lumki, materik aholisining asosiy qismini XVI-XIX asrlarda Yevropa va

Osiyodan ko‘chib kelgan muhojirlar va Afrikadan keltirilgan qullar

avlodlari tashkil etadi. Shu bilan birga, mintaqa aholisining ozroq

qismini mahalliy aholi - indeyslar, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi.

Meksika va Markaziy Amerika aholisining asosiy qismi, ispanlar va

mahalliy indeyslaming aralashishi natijasida paydo bo'lgan. Ulaming

ko‘pchiligi ispan hamda ingliz va fransuz tillarida gaplashishadi.

Shimoliy Amerikaning hozirgi siyosiy kartasi bir qator davlatlaming

mustaqillik uchun olib borgan kurashi hamda jahon tarixida ro‘y berayotgan siyosiy va ijtimoiy o ‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan.

Shimoliy Amerika toponimiyasi yaxshi o ‘rganilgan bo‘lishiga qaramasdan, geografik nomlaming hozirgi holati va mavjud muammolarni


tadqiq etish uchun bir qator milliy va xalqaro ilmiy tashkilotlar faoliyat

ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan mintaqa toponimiyasining atalish qonuniyatlari, nomlami yagona yozilish qoidaiari, milliy va xalqaro miqyosda standartlashtirish va unifikatsiyalash kabi masalalar o ‘rganilmoqda. Mutaxassislar Shimoliy Amerika toponimiyasining farqlovchi xususiyatlarini inobatga olib, uni toponimik jihatdan quyidagi submintaqalarga boiishgan: AQSH, Kanada va Grenlandiya; Meksika va Markaziy

Amerika; Vest-Indiya.

AQSH, Kanada va Grenlandiya toponimiyasi. Toponimist olimlar,

AQSH, Kanada va Grenlandiya toponimiyasini ikkita asosiy qatlamga

ajratishgan: substrat (tub joy xalq - eskimoslar, aleutlar, indeys xalqlari

tilida) va yevropacha {ingliz, ispant fransuz, nemis, rus, skandinaviya va

boshqalar) nomlar. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi (substrat) toponimiya mintaqa b o ‘ylab notekis taqsimlangan va o ‘ziga xos xususiyatlari

bilan alohida ajralib turadi. Substrat toponimlaming farqlovchi xususiyatlaridan biri shuki, eskimos va aleut tillari bir oilaga mansubligi bois,

ushbu tillarda yaratilgan nomlaming tarqalish areallari ham bir-biridan

uncha uzoq emas.

Alyaska, Aleut va Komandor orollari hamda Kanadaning shimolida

aleutcha nomlar keng tarqalgan. Alyaska so‘zi - aleut tilida, ala'sx'a -

«kitlar makoni, kitlari ko‘p joy» degan m a’noni bildiradi. Dastlab bu

nom yarim orolning janubiy-g‘arbiy qismiga nisbatan qo‘llanilgan. Keyincha, nomning areali ancha kengayib, u hozirgi Alyaska yarim orolning barcha hududlarini qamrab olgan. Alyaskani XVIII asming birinchi yarimida ruslar egallashgan. 1867 yili Rossiya hukumati Alyaskani

AQSH ga 7,2 mln. dollarga sotib yuborgan. Shundan keyin, AQSH

Senati tomonidan uni qayta nomlash bo‘yicha bir necha takliflar muhokama qilingan va Alyaska nomi ma’qul topilgan. M a’lumki, Alyaska

1958 yildan buyon AQSH ni 49 shtati hisoblanadi.

Aleut orollari - XVIII asrda ms dengizchilari tomonidan kashf qilingan va tub aholisi nomi bilan orolni aleut- «odam» deb atashgan. 1867

yili Rossiya imperiyasi orollami Alyaska bilan birga AQSH ga sotgan.

Aleutcha nomlar asosan turli tabiiy geografik ob’ektlar - rel'ef shakllari, qo‘ltiq, bo‘g ‘oz nomlaridan iborat va ular ko‘pincha tabiiy landshaft xususiyatlarini o ‘zida aks etgan. Ayniqsa, tasvirlash xususiyatiga

ega bo‘lgan aleutcha toponimlar bir necha so ‘zlardan tashkil topgan va

murakkab tuzilishga ega {lnuarfigsuak, Tingimiarmiut, Iglosaataliaukali va hokazo).
Kelib chiqishi eskimos tili bilan bog‘liq bo‘lgan geografik nomlar

Grenlandiya orolida ko‘p. Tarixiy manbalardan m a’lumki, orolni 982

yili islandiyalik Eyrik Torvaldsson kashf etgan va uni Grenlandiya-

«yashil o ‘lka» deb atagan. Eskimos so‘zi - atabaska indeyslari tilida —

“xom baliq iste’mol qiluvchi” ma’nosini bildiradi. Ushbu tilda yaratilgan nomlar orasida geografik ob’ektning katta yoki kichikligini belgilovchi -suak va - nguak terminlari ancha sermahsul. Masalan,

Kagsersuak, Nugsuak, Nguak, Kagsernguak va boshqalar. Eskimos —

uleut joy nomlari tarkibida utnanak, unimak, enivak, kvinertak — «orol»,

nukt kangek - «bo‘g ‘oz», narsak - «vodiy», nunivak - «tundra», vik,

ivik — «qo‘ltiq», alikt ilik - «daryo» kabi terminlar ko‘p uchraydi.

Submintaqada indcyslar tili asosida shakllangan toponimlar ham

ancha keng tarqalgan. Ma’lumki, indcyslar — Amerika qit’asining tub

joy aholisi hisoblanadi. Q it’ani kashf etgan X.Kolumb uni Osiyoning bir

bo(lagi Hindiston, aholisini esa hindlar degan noto'g'ri xulosaga kelgan. Kolumb xatosi aniqlangandan keyin ham qit’a Vest-Indiya (G’arbiy Hindiston), tub aholisi Amerika indeyslari deb nomlanib kelingan.

Aytish joizki, so ‘nggi davrlarda paydo bo‘lgan ilmiy adabiyotlarda,

indeys tillari bilan qadimiy turkiy tiUar orasida yaqinlik mavjud degan

qarashlar ilgari surilmoqda.

Submintaqada indeyslarning quyidagi etnik guruh vakillari yashaydi:

AQSH hududida siu, ritvan, algonkin, atabaska, irokez, atstek,

Kanadada — atabaska, irokez, algonkin va boshqalar. Umuman olganda,

o ‘rganilayotgan submintaqa toponimiyasi tarkibida kelib chiqishi indeys

tillari bilan bog‘liq bo‘lgan nomlar son jihatdan ancha kam va hozirda

ular taxminan 10 %ni tashkil etadi. Shimoliy Amerikani ayrim hududlarida ularni soni ancha ko‘p boMishi ham mumkin. Masalan, Kanada

limnonimlarining (yunoncha, limne - «ко‘1») 80 % ni indeys tillariga

xos nomlar tashkil etadi.

Kanada so‘zining paydo bo'lishi ham indeyslar bilan bog‘liq.

Fransiya qiroli famioni bilan, Jak Karte boshchiligidagi fransuz ekspeditsiyasi Xitoyga boradigan shimoliy yo‘lni ochish maqsadida g ‘arbga

qarab suzadi. 1535 yili ekspeditsiya a’zolari oldindan tanish bo‘lgan

Muqaddas Lavrentiya bo‘g ‘oziga kiradi va shu nomli daryo orqali

yuqoriga qarab harakat qilishadi. J.Karte daryo sohilidagi irokez indeyslari manzilini ко‘rib qoladi va ulardan mamlakatingiz qanday ataladi

deb so‘raydi. Irokezlar esa o ‘zlari tilida kanata - «qishloq» deb javob

berishadi. Sayohat davomida xuddi shu holat bir necha bor takrorlangan
bo‘lsa ham yana kanata degan javob olingan. Shundan so ‘ng, J.Karte

ishonch bilan kanata so‘zini nom sifatida kartaga tushirgan. Keyincha,

kanata so‘zining qo‘llash areali kengaygan va hozirda Shimoliy

Amerikani katta hududini qamrab olgan Kanada davlatining nomiga

aylangan.

Mutaxassislaming aniqlashicha, indeyslar toponimiyasi semantik

jihatdan bir necha turga bo‘linadi: tabiiy sharoitlami aks etuvchi toponimlar, etnotoponimlar, diniy e ’tiqodlar bilan b o g iiq nomlar, antrotoponimlar va hokazo. Submintaqa gidronimiyasida indeys elementlari salmoqli o ‘rin egallaydi va ba’zan buni indeys gidroformantlarining tarqalish areali orqali kuzatish mumkin. Masalan, atabaska gidronimlari

tarkibida - tin, -din, - t i topoformantlari ancha sermahsul hisoblanadi.

Yirik gidronimik ob’ektlar, xususan daryo va k o ila r nomlarida

submintaqaning tabiiy xususiyatlari mujassam: Ayova - «tinch daryo»,

Viskonsin — «ming orollar daryosi», Missisipi — «katta suv», Missuri—

«loyqa suv», Niagara — «shovqinli suv», Yukon — «katta daryo»,

Vinnipeg - «loyqa suv», Michigan - «katta ko‘l», Ogayo - «ko‘rkam

daryo», Ontario - «chiroyli k o i» , Saskachevan - «qayirma daryo»,

Tennesi - «daryo» va hokazo. Mintaqada etnonimlar asosida paydo

b o ig an gidronimlar ham bor: Arkanzas, Assiniboyni, Atabaska, Guron,

lllinoys, Kanzas, Moxok, Onayda, Ottava, Tanana, Eri va boshqalar.

Shuni ham ta’kidlash joizki, submintaqa oronimlarining kelib chiqishi

ko‘p hollarda yevropa tillari bilan bog‘liq, ammo ular orasida mahalliy

tillar asosida shakllangan nomlar ham mavjud. Masalan, Allegani,

Appalachi, Adirondak va hokazo.

Submintaqadagi ayrim yirik shaharlar nomiga indeys etnonimlari va

gidronimlari asos b o ig an . Bular qatoriga Miluoki («ko‘rkam joy»),

Chikago («sasiq suv»), Mayami («yarim orolda yashovchilar»), Kvebek

(«daryo qayiri»), Konnektikut («uzun daryo»), Massachusets («baland

tepa odamlari»), Kentukki («tekislik»), Yuta («balandda yashovchilar»),

Alabama («o‘tdan tozalovchilar») kiritish mumkin. Amerika Q o‘shma

Shtatlaridagi 23 ta shtatni (jami 50 ta) nomlashda (Alabama, Arkanzas,

Ayova, Dakota, Kanzas, Missuri, Michigan, Oklaxoma, Texas, Y uta va

boshqalar) indeys etnonimlari asos b o iib xizmat qilgan.

Indeyslar tili negizida shakllangan joy nomlari orasida tasodifiy yoki

rasmiy tarzda, ya’ni bosqinchilar xohishi bilan paydo b oigan nomlar

ham bor. Ulardan biri, 1890 yilda yangi tashkil etilgan Vayoming shtati

nomidir. Dastlab, shtatga Shayenn - mahalliy indeyslar qabilasiningnomi taklif qilingan. Ammo, oq tanli amerikaliklarga vatanga muhabbat

va sadoqat timsoli bo‘lgan Vayoming nomi m a’qul boigan. Gap

shundaki, XVEH asrda Pensilvaniyani bosib olgan inglizlar Vayoming

vodiysida yashovchi kolonistlarni qirib tashlagan.

Amerikalik taniqli shoir T.Kempbell bu fojiali voqea haqida

«Vayomingli Getruda» nomli doston yozgan. A sar tez vaqtda shuhrat

qozongan va bu fojiali voqeani abadiylashtirish maqsadida, amerikaliklar mamlakat sharqidagi uncha katta boim agan Vayoming vodiysi

(indeys — delavarlar tilida vayom ing- «keng tekislik») nomini, g ‘arbdagi maydoni ancha katta b oigan (253,6 ming km.kv.) yangi shtatga

berishgan. Qabila nomi Shayenn shtatning ma’muriy markazi nomiga

aylangan.

Submintaqaning yevropa tilli toponimiyasi nihoyat xilma-xil va

ularda Shimoliy Amerikani zabt etish va o ‘zlashtirish bosqichlari aniq

aks etgan. Yevropacha geografik nomlarning asosiy qismini inglizcha

nomlar tashkil etadi. Ularni ingliz tilining hozirgi holati bilan oson

talqin qilish mumkin: Leyk - P lesid- «tinch k o ‘l», Blu-Mauntins -

«yashil togiar», Biver - Krik - «qunduzli daryo», Rok-Springs -

«qoyali irmoq», Solt-Leyk-Siti - «katta tuz ko‘li shahri», Uayt-River -

«oq daryo» va hokazo.

Tabiiy, tasviriy xususiyatlarga ega bo‘lgan nomlar hamda antropotoponimlar submintaqada ancha keng tarqalgan. Ular orasida diniy

e’tiqodlar bilan b o g iiq boigan geografik nomlar alohida bir guruhni

tashkil etadi: Filadelfiya (1682 yili dindorlar tomonidan asos solingan

va «birodarlik muhabbati shahri» deb izohlanadi), Palestayn (Falastin),

Betlexem (Vifleem), Lebanon (Livan), Nyu-Galili (Galileya), Nazaret,

Jerusalim (Quddus), Golgofa (Iso chormix qilinib qatl etilgan joy) kabi

nomlarni shular qatoriga kiritish mumkin. Submintaqada psevdoklassik

nom lar ham uchraydi (Ilion, Kroton, Itaka, Arkadiy a, Troy, Sirakuza,

Delfi va hokazo).

Shimoliy Amerikaga birinchilar qatorida k o ‘chib kelganlar

tomonidan ramziy nomlar ham berilgan: Liberti - «ozodlik», Payoners

- «pioner», Prosperiti - «taraqqiyot», Independens - «mustaqillik»,

Yunion — «ittifoq», Eldorado — «oltinli o ik a » va boshqalar. Ba’zan

mintaqa geografik ob’ektlarining rasmiy nomi bilan bir qatorda ulami

norasmiy nomlari ham bor. Masalan, AQSH ning ayrim shtat va

shaharlarining norasmiy, laqabsimon nomi barchaga tanish va ular keng

va bemalol qoilaniladi. Ta’kidlash joizki, bunday norasmiy nomlamiko4pchilik biladi, u hatto geografik ob’ektning asl nomiga qaraganda

ham mashhurroq. Chunonchi, Kolorado - «yuz yillik shtat», NyuMcksiko - «serquyosh shtat», Texas - «bo‘ronlar shtati» va hokazo.

«Yangi dunyo» nomi bilan tanilgan Amerika qit’asi kashf etilgandan

keyin, yevropadan ko‘plab odamlar yangicha hayot va katta boylik

topish ilinjida k o ‘chib kelishgan. Ular bilan birga Yevropadan ayrim

nomlar ham «ко‘chib» borgan. Shu sababdan, ko‘chma toponimlar

orasida пьуи - «yangi» qo'shimchali nomlar ko‘p: Nyu-York, NyuBoston, Nyu-Gloster, Nyu-London, Nyu-Kamberlend, Nyu-Jersi, NyuXempshir va hokazo. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSH

ni shimoliy-sharqiy qismidagi (Yangi Angliya) oykonimlaming salkam

20 foizi ko‘chma nomlar hissasiga to4g ‘ri keladi. Masalan, Boston

shahri (Massachusets shtati) atrofida Kembridj, Bedford, Nortvud,

Manchester, Portsmut, Gloster, kabi Buyuk Britaniyadagi shaharlar

nomi uchraydi.

XIX asming mashhur fransuz geografi Elize Reklyu, o ‘zining «Er va

odamlar» asarida bu haqda shunday yozgan: «Amerikaliklar o ‘z avlodlari singari yangi joylarga nom tanlashda ko‘pincha tabiiy-geografik

omillarni inobatga olgan yoki tarixiy vatanlarini qumsab nomlashdan

boshqa iloji qolmagan. Shu sababdan, «Ko(hna dunyo»da hozirda

mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmagan har bir shahami, «Yangi dunyo» da o ‘z

egizagi bor. Vavilon va Menfis, Kanton va Deli, Afina va Rim, Parij va

London. Shubhasiz, vatan tuyg‘usi ulaming har biriga qadrdon bo‘lgan

ona shahri nomini, yangi vatanlarida takrorlashga undagan ...».

AQSH ning janubiy-g‘arbida hamda Floridada ispancha nomlaming

areali ancha keng va ular hudud toponimiyasi tarkibida salmoqli o ‘rin

egallaydi. Chunonchi, Arizona (Ali-shonak- «kichik irmoq o ‘mi») va

Kalifomiya (California - “oltin va qimmatbaho toshlarga boy joy”)

shtatlarining ayrim hududlarida ispancha nomlar 50 foizgacha yetadi.

Ispancha toponimlar orasida tabiiy-geografik omillar va diniy e ’tiqodlar

bilan bog‘iiq bo'lgan nomlar yetakchilik qiladi: Florida - «guListon,

ko‘kalamzor» (1513 yili - pasxa kunida shu zaminga ispanlami ilk

qadam qo‘yganlari sharafiga shunday atalgan), Los-Andjeles - «farishtalar shahri», San-Diego (san, santa - «muqaddas»), Santa-Barbara, SanAntonio, Santa-Monika, Sakramento- «sirli hadya», Sangre-de-Kristo -

«Iso Masih qoni», Santa-Fe - «muqaddas e’tiqod»; Kolorado - «qizil»,

Rio-Grande - «katta daryo», El-Paso - «kechuv», Salinas - «sho‘r» va

boshqalar. Mu*luinki. Florida, yarim orolining janubidagi burun Kanaveral deb

i' Ii iIi u Ii . Nuiii yarim orolning eng janubiy nuqtasiga birinchi bo'lib

|«j|g........|iiiu dcnglzchilnri tomonidan berilgan. Ispan tilida Canaveral-

'■ ’iliiilwiи|tiiiii'ili k()‘|) o'rttuligan joy». Ushbu nomning inglizcha kalkasi

San* hiakt ■Nliiikint|umishli joy» va u ham hozirgacha q o ‘llanib

M lniltll l'»M !'*/» yllliirda AQSH prezidenti Jon Kennedi (1917-

I Mfi 11 ч111111111)

ihIiiiI Ulnovdon o ’lkll/.iludigan poligoni va kosmik kemalar uchirila-

• in -m Imuinoilriiiul joylanhgan.

Nlihinlllliti|M(lH IhiiiMi/.cha loponimlarning ikkita asosiy u chogi

IV1IIVjllll lllrllli lii'ii Kimadani Kvcbck provinlsiyasi, ikkinchisi-AQSH

nl i nip и iliijmhuliHili hiidudlari hamda l.ui/.iana shtati. Kelib chiqishi

Iiiim.ii/ (Hi I * 11 * 111 hog'IIq boigan geografik nomlarga Detroyt, Monreal,

\ til il'Oi, h im l\t\ri, Vn limit, Yangi Orlean, Baton-Ruj va boshqalar

iiiImiI I и Hindi Union Kuj Uiiziana shlalining ma’muriy markazi.

N111111 i 11 |\ii I /10 yili Iraiisu/. niuhojirlari asos solgan. Ular joyning mahalliy nidcyscha Islrouma - «qizil langar» nomini, fransuz tiliga Baton-Ruj

(Baton Rouge) - «qizil tayoq» shaklida aynan tarjima qilib, aholi

punktiga berishgan. Indeyslarda qizil langar belgi sifatida qabila

chegarasi yoki uning ov qilish hududini bildirgan.

Submintaqada slavyancha (ruscha) nomlarning areali uncha keng

I'liuiN, iillii ko'proq Alyaska, Kanada va Kaliforniyada uchraydi. MutaxaNMhilamln/.» llkricha, Iacpil ayrim orollar (Semisopochniy, Babiy,

/ Uilfiiy vn ho.shc|.) va aholi punktlari (Beluga, Baranovo) slavyancha

(niNi’ha) nomlari saqlanib qolgan. Odatda, slavyancha toponimlar ingliz

lili la’sirida qisman o ‘zgargan yoki inglizcha nomlar bilan almashtirilgan. Submintaqadagi slavyancha toponimlaming bir qismini memorial

va ko'chm a nomlar tashkil etadi. Ular qatoriga Odessa, Borodino,

Sankt-Piterburg, Kiev, 20 ga yaqin Moskou - Moskva kabi nomlarni

kiritish mumkin.

Skandinaviyaga xos toponimlar Grenlandiya orolida k o ‘proq uchraydi. Ular asosan X asrda normann Eyrik Torvaldsson (Raudi) tomonidan

orol kashf etilgandan so‘ng paydo boigan. Orolda sunn - «bocg ‘oz»,

xavn — «bandargoh», fyord, borg - «qal’a, shahar» kabi skandinaviya

toponimiyasida an’anaviy b oigan terminlar toponimlar tarkibida ko‘p

uchraydi. Ular qatoriga Kraulsxavn, Karrats-fyordy Danels-fyord,

Xolsteynsborg, Skorbisunn, Feringexavn, Syonre-Stremfyord kabi joy

nomlarini kiritish mumkin. Grenlandiyada dan tiliga (Daniyaning


rasmiy tili) mansub bo‘lgan xob - «umid» termini yordamida ham bir

qancha geografik nomlar yaratilgan: Gotxob, Frederiksxob, Yulianexob,

Kristiansxob va boshqalar. Gotxob - orolning ma’muriy markazi.

Shaharga 1727 yili asos solingan, dat tilida Godthab - «yaxshi umid»

(god — «yaxshi», hob - «umid») m a’nosini bildiradi.

Submintaqada yevropani boshqa tillari asosida paydo bo'lgan

nomlar ham ko‘plab topiladi: portugalcha (Nyufaundlend), nemischa

(Pcnsilvaniya), fin tilidagi (Minnesota) va boshqalar. Tarixiy manbalardan ma’lumki, Grenlandiya va Kanada Arktikasi arxipelagi turli

davlatlar sayyohlari tomonidan tadqiq qilingan. Shu bois, ushbu hududdagi memorial nomlar intematsional xarakterga ega. Masalan, MorrisDjesup (quruqlikdagi eng shimoliy nuqta), Gunbern (orolining eng

baland nuqtasi), Qirol Xristian IX yeri, Knud Rasmussen yeri, Piri yeri,

Merchison bumi, Gudzon qo'ltig'i va hokazo. AQSH va Kanadadagi

memorial nomlarda davlat arboblari, sayyohlar, sarkardalar va boshqa

buyuk shaxslaming nomlari mo'hrlangan. Chunonchi, Shimoliy

Amerikaning eng baland nuqtasi Mak-Kinli (6193 m.), AQSH ning 25-

prezidenti (1897-1901) Uilyam Mak-Kinli (1843-1901) sharafiga

berilgan nom.

Meksika va Markaziy Amerika toponimiyasi. Markaziy Amerika —

Shimoliy Amerikaning janubiy qismi. Meksika tog'ligining janubiy

etagidagi Balsas botig'idan Daryen bo'ynigacha bo'lgan hudud (ba’zan

Markaziy Amerika chegarasini Teuantepek va Panama bo'yinlari orqali

o'tkazadilar). Markaziy Amerika hududida Meksika, Gvatemala,

Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama, Beliz davlatlari joylashgan.

Meksika va Markaziy Amerika toponimiyasi ikkita asosiy toponimik

qatlamdan iborat: tub joy (substrat) hozirgacha yaxshi saqlangan indeys

va yevropa (ispan) toponimlari.

Indeys toponimik qatlami mintaqa bo'ylab notekis taqsimlangan va

substrat nomlar turli mahalliy tillarda (naxua, meskito, mayya va

boshq.) yaratilgan. Ular orasida naxua toponimlari salmoqli o'rin egallaydi (atsteklar tili ham shu guruhga kiradi). Geografik nomlar tarkibidagi asosiy topofomantlar: -tla, -tlan, -ко, -pan, -kan (Akaxutla,

Uistla, Tesyutlan, Masatlan, Okotlan, Mexiko, Tlaxyako, Tekpan,

Tuspan, Kulyakan, Teuakan va boshqalar). Naxua indeyslari tilida -

galpa — «uy» m a’nosidagi formant ancha sermahsul hisoblanadi:

Teugusigalpa, Matagalpa, Uigalpa. Submintaqa oronimlari tarkibida

tepetl- «tog'», (Popokatepetl, Sitlaltepetl, Koatpetl), va atstek indeyslari
ПИ|||ф1

Irprk “log"' lerminlari ko'plab joy nomlari hosil qilgan:

MihnIihi, Ымишгргк, irtsontepek% Teotepek, Xikotepek va hokazo.

( hit In n Iimi, Ushnuil, Tlkal, Mayyapan, Yukatan, Kopan kabi

gtfiigrnflk и*MiiI.Mmu)' k« hl) chiqishi mayya tili bilan bog'liq. Mayya

иvl«mIIiiiI Mr! ill». (loiuluriiN, Civatcmala davlatlari hududida yashaydi

vn Al|inrlkiltlll!|| png qiullmgl madaniyatini yaratgan xalqlardan biridir.

y d lllH Vlrtm nrtllllllng (nntibiy-sharqida joylashgan Beliz davlatining

i h i i i i I him Min v v и illi Iii Inn bog'liq. Tarixiy rnanbalarga qaraganda, XVI

M p M I И» II/ Inn In* I и Iii imlcys qabilalari yashagan. XVI asr boshida

»i IiImi IhmIhiIiiI Ih|immIiii I»»»mI> olgan va ularning mustamlaka yeri bo‘1-

i*uii I bis Ini iiiniii|iii n y l n i i g a i i lli*li/. so'zi mayya indeyslari tilida- «Itsa

ум Ii*l*i il» мим ми» «иnil hcrndl. Mayyaliklarni qadimiy shahri bo'lgan

i III» In и liHiinl i I i -.1 i|nhihini qudiig'i») hozirda faqat xarobalari

til 11 «M ill I I |i »l|f m i

I In/li j'l к ni ii Iii I •» * | »»hlllkkn lanisli bo'lgan Yukatan (indeyslar tilida-

11 r .1 и in 11 и ii II 111 ) у n i (in orolining noniini paydo bo'lish tarixi qiziq:

I M / у 111 i* |мм konkisladori Fransisko Kordoba yangi yerlami ochish

vn ko'p hoyliklar topish ilinjida Kubadan yo'lga chiqadi. Noma’lum

Moliil yiiqinida ispan kcmalarini indeyslar qurshab oladi. Kapitan

Kordobu bu qanday yer deb mahalliy aholidan so'raganda, indeyslar

N11 к ill ini dab javob berishgan. Yukatan yarim orolining rel4efi asosan

(il ink 11 m»I i Ini i Inn limhkil topgan lekislik, oqar suvlar yo'q, suv bilan

in' Milnlii*li(lii kin mi qudiiqlanning ahamiyati katta. Shu sababdan, yarim

• иiililn ninyуn liiklngi karsl hodisasi bilan bog'liq bo'lgan senate —

"H’oi, g'ordugl to/,a suv manbai» termini joy nomlari tarkibida keng

qo'llnnilgan. Mcksikaning nuirka/.iy qismida atsteklargacha bo'lgan va

arxaiklashgan qadimiy joy nomlari uchraydi. Ulami talqini alohida

taclqiqotlarni talab qiladi.

Turli tillarga mansub bo'lgan indeyslar toponimiyasi semantik

jihatdan ham bir necha toifalarga bo'linadi: antrotoponimlar -

Kuautemok, Nikaragua (Nikarao - indeyslar qabilasi boshlig'ining

nomi), diniy-afsonaviy nomlar - Mexiko (atsteklarda urush xudosi),

Koatsakoalkos va boshqalar. Mintaqaning tabiiy sharoitini aks etadigan

geografik nomlar alohida ajralib turadi. Masalan, Panama - «baliqli

joy», Tepanapan - «toshloq joy», Teuantepek - «yow oyi hayvonlar

tog'i», Gvatemala — «o'rmonli joy», Akapulko — «shakarqamish ko'p

o'sadigan joy», Tenochtitlan - «kaktusli qoya» va hokazo.

Ispan va indeys tillari elementlaridan tarkib topgan gibrid nomlar

mintaqa toponimiyasining yana bir o'ziga xos xususiyatidir. Kompozit


nomlar asosan keyingi davrlarda paydo b o ig a n va ularga Myauatlande-Porfirio-Dias,

San-Andres-Tustla, Uaxuapan-de-Leon, TustlaGuterres kabi toponimlar misol boiadi. Markaziy Amerikani bosib

olgan ispanlar ko‘pincha boy yerlarni, xususan, oltinga boy hududlami

topish maqsadida turli ekspeditsiyalar tashkil etgan. Bu holat mintaqa

davlatlari nomida ham o ‘z aksini topgan. Masalan, Kosta-Rika - “boy

sohil”, dastlab Costa del Ото - “oltin $ohil”, Puerto-Riko - “boy

q o itiq ” va hokazo.

Submintaqa toponimiyasida ispancha nomlar eng baquvvat qatlamni

tashkil etadi. Tabiiyki, ular Amerika kashf etilgandan keyin paydo b o igan. Xristofor Kolumb to‘rtinchi ekspeditsiyasi vaqtida (1502 y.) Markaziy Amerikadagi qirg‘oq suvlari ancha chuqur boigan q o itiqni aniqlagan va unga Onduras - (ispancha, hondura - «chuqurlik») deb nom

bergan. Keyincha, bu nom Gonduras shaklida q o itiq sohilidagi hududlarga nisbatan ham qoilanilgan. 1821 yili yangi paydo bo ig an mustaqil

davlatga ham Gonduras nomini berilgan. Panama hududi ni ispanlar

mustamlaka qilib olgunga qadar, bu yerda kuna, guarani, chokova va

boshqa 60 dan ortiq indeys qabilalari yashagan. Panama nomi - kuna

indeyslari tilida - “baliqqa boy joy” degan ma’noni anglatadi.

Gvatemala - atstek indeyslari tilida Guauhtemallan - “o ‘rmonli joy”.

Ispancha joy nomlari orasida diniy marosimlar, katoliklar bayramlar

va ilohiylashgan shaxslar nomi bilan atalgan toponimlar alohida bir guruhni tashkil etadi. Bunday nomlar tarkibida ko‘pincha son-, santa -

“muqaddas” termini uchraydi. San-Salvador, San-Lasaro, SantaMargarita, San-Fernando, San-Markost San-Xose, Santo-Domingo,

Scmtyago va hokazo. Nombre-de-Dyos — «xudo nomi», Verakrus— «muqaddas salib», Salvador — **xaloskor9\ Las-Tres-Virxenes - «uch

farishta», Todos-Santos - «barcha avliyolar» kabi geografik nomlami

ham shu toifaga kiritish mumkin.

Ispaniyadan muhojirlar bilan birga Markaziy Amerikaga kelgan

ko‘chm a (migrant) toponimlar soni ham ancha ko‘p: Gvadalaxara,

Salamanka, Leon, Kordova, Valyadolid va boshqalar. Masalan,

Gvadalaxara - arab tilida wadi al-xajra - «toshloq joydagi daryo»

ma’nosini anglatadi. Ushbu nomni arablar Perineya yarim orolini bosib

olingan vaqtda Ispaniyadagi daryoga berishgan. 1530 yilda Markaziy

Amerikani bosib olgan ispan bosqinchilari shaharga asos solib, uni

Gvadalaxara deb atashgan. Keyincha, Gvadalaxara - butun Markaziy

Amerikani mustamlakaga aylantirishda tayanch punkti vazifasini bajar-


I’liii llo/iida ushbu millioner shahar G ’arbiy Meksikaning iqtisodiy

iiiiii kii/.l hisoblanadi.

.Hubmintnqudu ispon tilidagi serra - «tog*», agua- «suv», bayya-

••qo'IUq», syudad

«shahar», vilya - «qishloq» kabi terminlar topo-

•itinliii hi mil i||IIk1u!u I’aol qatnashgan. Meksika va Markaziy Amerika

чnit|Iihinitif* n/nillik uchun kurashini ifoda etadigan ramziy toponimlar

hllll Ног, Ammo ular koyingi davrlar mahsulidir. La-Libertad - «ozodhi

luihilti tlr liult>i>vr\dmsiya - irulependens- «mustaqillik», Progreso

i iiin|'|i\iii vn Imklizo. Ycvropani boshqa tillariga xos b o ‘lgan geognilik Iiomlm mliiUiqndn son jihatdan ko*p emas. Tahlillarga ko*ra faqat

II. II/ vn Гшннии kannli atrofida ayrim inglizcha nomlarni (Stann-Krik,

Nvh P ro v id e s , Hold XIII) uchratish mumkin.

I W Indlyn lofHuiimlvasi. Vest*Indiya - (inglizcha West Indies —

ayiiiiii ( i1 iiil»lv I Innlr.inii), Atlantika okcanining Karib dengizi havzaslila |oyla*'ihgmi, ,’ihimolly Aniciikaga mansub, bir necha ming orolning

ninninly nomi. Vest Imliyada Antigua va Barbuda, Bagama Orollari,

Barbados, Gaitl, Grenada, Dominikan Respublikasi, Kuba, SentVinsent, Trinidad va Tabago, Yamayka davlatlari hamda Buyuk

Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya va AQSH mulklari bor. Xristofor

Kolumb orollaming ko‘pchiligini 1492-1502 yillarda Hindistonga

dengiz orqali g ‘arbdan boradigan yo‘lni qidirish vaqtida kashf qilgan va

ulami Hindiston deb atagan. XVI asr boshida yevropaliklar tomonidan,

haqiqiy Hindiston kashf qilingandan keyin, ushbu orollaming umumiy

nomiga W e st- «G’arbiy» so‘zi qo‘shilgan.

Vest-Indiya toponimiyasi boshqa mintaqalarga qaraganda bir qator

o*ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Shu sababdan, toponimist

olimlar mintaqa toponimiyasini ikkita son jihatdan o ‘zaro teng bo‘lmagan toponimik qatlamga ajratishadi: birinchisi, deyarli saqlanmagan

substrat tubjoy (aborigen) nomlar; ikkinchisi, bir-biridan katta farq qiladigan yevropacha nomlar qatlami.

Toponimist olimlaming fikricha, Amerika qit’asining boshqa mintaqalariga nisbatan Vest-lndiyaning tubjoy toponimiyasi ko6proq talafot

ko‘rgan. Bunga arxipelagni kashf etilishi va turli Yevropa davlatlari

mulkiga aylantirish jarayoni asosiy sabab bo‘lgan. Shuni alohida

ta’kidlash joizki, yevropaliklar qisqa muddat ichida ko*pgina mahalliy

xalqlami qirib tashlagan. Natijada, tubjoy toponimlar saqlanib qolmagan yoki transformatsiyalashgan holda, ma’no-mazmuni mavhumlashib

hozirgacha yetib kelgan.Orollarda yashovchi mahalliy aholi (aravaklar, kariblar va boshq.)

tomonidan yaratilgan nomlar kam b o isa ham, hozirgacha saqlanib qolgan va ularga Bagama, Kuba, Gaiti (Axiti - «tog‘li»), Yamayka

(Xaymaka — «buloqlar oroli»), Tobago (tambaka - «chekish uchun

moslama»), Aruba (aravak etnonimidan), Karib dengizi (karib - «mard,

jangchi» etnonimidan) kabi nomlar misol bo‘ladi. Yamayka orolida

qadimdan aravak qabilalari yashagan. Orolga yevropaliklardan birinchi

bo‘lib, 1494 yili X.Kolumb ekspeditsiyasi borib tushgan va unga

Santyago nomini berishgan. 1601 yili orolni qadimiy indeyscha

Xaymaka — “buloqlar oroli” nomi qayta tiklandi. 1655 yili orolni ingliz

mustamlakachilari bosib olib uni nomini Jamaica deb talaffuz qilishgan.

Orolda joylashgan davlat nomining ruscha shakli Yamayka, keyincha u

hech qanday o ‘zgarishsiz o ‘zbek tiliga ham o ‘zlashgan.

Vest-Indiyada yevropaliklar tili bilan bog‘liq bo‘lgan toponimik

qatlam lisoniy va semantik jihatdan turlicha. Ular orasida ayniqsa ispancha geografik nomlar mintaqada keng tarqalganligi va son jihatdan

boshqalarga (ingliz, fransuz, golland, portugal) nisbatan ko‘pligi bilan

ajralib turadi. Masalan, Kuba toponimiyasi tarkibida ispancha sabana -

«ochiq maydon, baland o ‘tli tekislik», ma’nosidagi termin yordamida

bir qancha joy nomlari yaratilgan. Gavana, Sabana, Sabanaso kabi

nomlar bunga misol bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlagandek, ispancha toponimlar orasida diniy e ’tiqodlar bilan bog‘liq nomlar ustunlik qiladi. Sababi, buyuk geografik kashfiyotlar davrida yangi orolni kashf qilinishi

yoki shaharga asos solinishi biron-bir diniy marosim yoki katolik

avliyolari kuniga to‘g ‘ri kelsa, ispanlarda yangi geografik ob’ektga uni

nomini berish an’anasi mavjud bo‘lgan.

Sodda qilib aytganda, Dominika - «yakshanba», Santo-Domingo -

«muqaddas yakshanba», Sankti-Spiritus — «muqaddas ruh», Virginiya —

lotincha, virgo - «bokira», Santyago-de-Kuba- «Kubadagi avliyo

Yakov», San-Xuan - avliyo Xuan, San-Antonio - avliyo Antonio,

Santa-Krus - «muqaddas salib» kabi nomlar shu yo‘sinda paydo

bo‘lgan. Mintaqada tabiiy landshaft turlarini aks etadigan va tasviriy

xarakterga ega b o ig a n toponimlar ham ko‘p uchraydi: La-Tortuga —

«toshbaqali», Pinos - «qarag‘ayzor», Aves — «qushlar makoni», LosRokes- «qoyali joy», Los-Kolorados - «qizil orollari», Xardines-de-laReyna - «qirolicha bog‘lari», Margarita - «marvaridli» va hokazo.

Vest-Indiya orollari bir necha asrlar davomida turli yevropa davlatlari mulkiga aylangan va bu holat geografik nomlarda ham o'z aksini


topgan. Shu sababdan, maydoni uncha katta bolm agan mintaqada yevrupuni turli tillariga (ingliz, fransuz, golland, portugal, dat tili) mansub

bo‘lgan toponimik elementlarni uchratish mumkin. Masalan, Fransiya

qaram oglda bo‘lgan Gaiti g ‘arbida (Jeremi, Ans d ’Eno, Dam-Mari va

b08hq.)i Kichik Antil orollarida (Marlinikada — Mon-Pele - «so‘qir

log*», For-de-Frans — «fransuzlar qal’asi», Sen-Pyer, Sen-Mari,

ln m \iu i vn boshq.; Gvadelupada - Bas - Ter - «past yer», Port-Lui,

I r Mul va boshq,) kabi fransuzcha geografik nom lar uchraydi.

Vniiiiiykii vn bif qator Kichik Antil orollari Angliya tasarrufida b o lganllgl hum, Inglizcha toponimlar keng tarqalgan (Kingston,

Ullyu»i\flld, Kingslaun, Djorjtaun, Bridjtaun, Plimut, Kodrington va

bonhq.). Nidorlundlur Vest-Indiyasida esa gollandcha nomlami

(OmtwsUui Villemstnd va boshq.) uchratish mumkin. Virginiya orollarinmg Daniya i|aiainiila boigan qismida dat tiliga xos (Frederiksted,

Kristiansted) boigan nomlar paydo boigan.

Q i/ig'i sluindaki, Vcst-lndiya tarkibidagi ayrim orollarda turli yevropa tillariga xos boigan toponimik areallarning o czaro kesishuvini ham

ko‘rish mumkin. Bunday hodisaga orollar va arxipelaglami olm ishdagi

tarixi hamda yuqorida qayd qilingandek, yevropa davlatlarining hukmronligini o ‘zgarishi sabab boigan. Masalan, Gaiti orolini 1492 yilda

X.Kolumb kashf etgan va uni Espanola deb atagan. XVII asming

oxirida orolning g ‘arbiy qismi Fransiyaga qaram hududga aylangan va

ushbu hududda fransuzcha nomlar ко‘paygan. Orolning qolgan qismi

o ‘sha davrda Ispaniyaga tegishli bolganligi bois, ispancha nomlar

paydo boigan.

Dominika orolini 1493 yili X.Kolumb kashf etgan bo Is a ham, orol

uzoq vaqt fransuzlar va inglizlar o ‘rtasida talash bo‘lib kelgan va bu

holat, orolda fransuzcha (Rozo, Dycibloten) va inglizcha (Skots-Xed,

Uesliy Portsmut) nomlarning alohida areallarini paydo bo‘lishiga olib

kelgan. 1763 yilgi Parij shartnomasiga asosan orol uzil-kesil Buyuk

Britaniya mustamlakasiga aylandi.

Xuddi shu holatni Trinidad va Tabago orollari toponimiyasi tarkibida ham kuzatish mumkin. Ushbu orollarda qadimdan indeyslar yashab

kelgan. XV asrda orollarga yetib kelgan ispanlar bu yemi mustamlakaga

aylantirdi va mahalliy aholining deyarli hammasini qirib tashladi. 1797

yili inglizlar Trinidadni bosib oldi va u 1802 yildan boshlab, rasman

Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1814 yili Tobago ham

inglizlarga qaram bo'ldi. Hozirgi vaqtda maydoni uncha katta bolm agan bu orollarda indeys (Guayaguayare, Chaguanas), ispan (Rio-Klaro,

Sangre-Grande), fransuz (Puent-a Pyer, San-Susi), ingliz (Port-ofSpeyn, Poynt-Fortin) tillariga xos bo‘lgan nomlaming alohida toponimik areallari mavjud.
Janubiy Amerika - g ‘arbiy yarim shaming janubiy qismidagi

materik. Sharqdan Atlantika okeani, g 4arbdan Tinch okean o ‘rab turadi.

Shimolda Panama bo‘yni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubda

Dreyk b o 4g 4ozi orqali Antarktidadan ajraladi. Janubiy Amerika

aholisining ko4pchiligi portugal va ispan tillarida gaplashadi. Mahalliy

xalqlardan, kechua, aymara, atsteklar o ‘z ona tilini saqlab qolganlar.

Janubiy Amerikaning hozirgi siyosiy kartasi, asosan, submintaqadagi

kocpgina davlatlaming mustaqillik uchun olib borgan kurashi va so4ngi

davrlardagi siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan.

Hozirda, Janubiy Amerikada Argentina, Bo liviya, Braziliya, Venesuela,


Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili va

Ekvador davlatlari joylashgan.

Submintaqa toponimiyasini o ‘rgangan olimlar, uni ikkita toponimik

qadamga ajratishgan: tubjoy (indeys) va yevropa (asosan ispan va Portugal). Tubjoy (substrat) hisoblangan indeys tillaridagi geografik nomlar

mintaqaning barcha hududlarida tarqalgan. Mahalliy xalqlar tiliga xos

b o ig a n geografik terminlar, toponim hosil qiluvchi qo‘shimcha sifatida

keng q o ‘llanilgan. Diqqatga sazovor joyi shuki, ayrim mahalliy

terminlar ispan va portugal tilidagi terminlar bilan birga toponimlar

hosil qilishda teng qoilanilgan.

Buyuk geografik kashfiyotlar davrida (XVI-XVII asr) Janubiy

Amerika materigi Ispaniya va Portugaliya tomonidan tadqiq etildi va bu

holat butun mintaqa bo*ylab ispan va portugal tillari tez sur’atlar bilan

tarqalishiga sabab b o ld i. Shu sababdan, ispancha va portugalcha nomlar yetakchi mavqega ega va submintaqa toponimiyasining salkam SO

foizini tashkil etadi. Shu narsa diqqatga sazovorki, Yevropaga nisbatan,

Janubiy Amerikada ispancha va portugalcha nomlar soni ko‘p va ular

yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yevropacha toponimlar so*ngi davrlar

mahsuli boiganligi bois, ularni tillaming hozirgi holati bilan izohlash

mumkin.


Janubiy Amerikani tabiiy sharoiti, siyosiy, ijtimoiy rivojlanish tarixi,

aholisining etnik xususiyadari va hududiy tarqalishini inobatga olib

toponimik jihatdan uni shartli ravishda ikki qismga b o iish m um kin:-

And va Anddan tashqari Sharq.

And toponimiyasi. And — dunyodagi eng uzun (salkam 9000 km.) va

eng baland (Akonkagua cho‘qqisi, 6960 m.) tog* tarmoqlaridan biri.

And togiari Janubiy Amerikani butun uzunligi bo‘ylab g ‘arb tomonidan

o ‘rab turadi. And - so‘zi ink indeyslari tilida anta — «mis» degan

ma’noni anglatadi. M a’lumki, And to g iarid a mis konlari ko‘p va mis

mintaqasi salkam 4 ming km. masofaga cho*zilgan. Shu bilan birga,

qadimda ink indeyslari mis eritishgani ham tarixiy manbaiardan qayd

qilingan, bu And so‘zini etimologiyasini yana bir bor tasdiqlaydi. And

toponimiyasi bir qancha o ‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Birinchidan, indeys toponimlari yaxshi saqlangan va hudud bo*ylab

keng tarqalgan. Ularning ko‘pchiligi tarixiy manbalarda qayd qilingan.

Ikkinchidan, inklaming rivojlangan sivilizatsiyasi ta’sirida mintaqada

muayyan toponimik tizim shakllangan.

Kechua, aymara, araukan kabi mahalliy xalqlar tilida yaratilgan

nomlar mintaqadagi indeyslar toponimiyasining asosiy qismini tashkil
etadi. Kelib chiqishi kechua tili bilan bog‘liq bo‘lgan geografik nomlar:

Kalyao («qirg‘oq»), Kusko («kindik»), Titikaka («rudali qoya»),

Ukayali («qo‘shilish»), Kochabamba (“botqoqli yer”) va hokazo. And

toponimiyasida sermahsul bo‘lgan kechua geografik terminlari: mayo,

yako, yaku - «daryo» (Pilkomayo, Putumayo, Chachiyako, Sarayaku,

Kopalyaku, Атака-Yaku), marka — «qishloq» (Bambamarka,

Kaxamarka, Andamarka), yunga - «nam va issiq vodiy» (Yungas,

Yungamarka, Yunka Yunka), puna - «baland tog‘li tckislik» (Puna,

Puna de Atakama, Puna de Kakapara).

Kechua indeyslari tilida pampa termini «daraxtlarsiz tekislik» ma’-

nosiga ega. Ammo, shuni ham qayd qilish kerakki, pampa so ‘zini tarqalish areali kengaygan sari uni ma’no-mazmuni ham o ‘zgargan. Masalan,

Argentinada pampa termini hozirda subtropik dasht ma’nosida q o ‘llaniladi. Chilida bu termin vodiylar orasidagi tekislik, Markaziy And

hududida esa balandlikka aloqador bo'lmagan tekis maydon pampa

deyiladi. And indeyslari toponimlari tarkibida pampa (pamba, bamba

shaklida) juda sermahsul termin hisoblanadi: Atunpamba Atsopampa,

Kilyabamba, Kochabamba, Moyobamba, Pampaxuasi, Urubamba va

hokazo. Aymara indeyslari tilidagi yaguira - «daryo» va chuki — «tog4»

terminlari yordamida ham ko‘plab geografik nomlar hosil qilingan:

Lakayaguira, Challayaguira, Salleyaguira, Chukisaka, Chukibamba,

Chukikamata va boshqalar.

Submintaqadagi ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Atakama («cho‘l»),

Chili («sovuq») kabi geografik nomlaming kelib chiqishi araukano

indeyslari tili bilan bog‘liq. Chilida yangi geografik ob’ektlami nomlashda etnonimlardan foydalanish an’anasi hozirgacha saqlanib qolgan.

Masalan, mamlakatda tashkil etilgan yangi viloyatga, araukano indeyslari qabilasi sharafiga Araukaniya nomi berildi. Boliviyada araukano

tiliga xos bo‘lgan churiche - «botqoqli ko‘b>, laufken, lauken - «ко‘1»

ma’nosidagi terminlar toponimlar tarkibida ko‘p uchraydi. Churiche-deParagua, Churiche-de-Marimono, Uexulaufken, Karilauken,

Futalaujken kabi nomlar bunga misol bo‘ladi.

And toponimiyasida boshqa indeys tillari asos bo4lgan toponimlami

ham uchratish mumkin. Masalan, Kolumbiya poytaxti Bogota shahri

nomiga hozirda o ‘lik hisoblangan chichba indeyslari tili asos bo‘lgan.

Chili va Argentina toponimiyasi tarkibidagi gasta- «manzilgoh» termini

yordamida paydo b oigan Antofagasta, Kalingasta, Vichigasta kabi

geografik nomlar, hozirda muomaladan chiqib ketgan kakana indeyslari
tili mahsulidir. Tahlillarga k o ‘ra, And tog‘larining eng baland cho‘qqilari ham asosan indeyscha nomlar bilan atalgan: Koropuna,

Lyulyalyako - «fmbgar», Uaskaran - «oq tog4», Kotopaxi, Yстраха,

Akonkagua va hokazo.

And toponimiyasining yana bir asosiy xususiyati, b u - ispancha

nomlarni mintaqada yagona yevropa ustki toponimik qatlamni tashkil

etishidir. Mintaqada yevropani boshqa, tillariga mansub nomlar deyarli

yo‘q. Faqat, Chilining janubiy qirg‘oqlari atrofida joylashgan ayrim

orollarning inglizcha (Gannover, Londonderri, Vellington) nomlari

bundan mustasno. Ispancha geografik nomlar semantik jihatdan boshqa

mintaqalarga o ‘xshaydi va ularning asosiy qismini katoliklami avliyolari va diniy marosimlari bilan b o g iiq nomlar hamda ko‘chm a (migrant) toponimlar tashkil etadi.

E ’tirof etish lozimki, o ‘rganilayotgan hududda ham diniy e ’tiqodlar

bilan b o g iiq nomlar ancha keng tarqalgan: Santyago, San-Silvestre,

San-Markos, Santa-Mariya, Magdalena, Santa-Klotilde, San-Lorenso

va hokazo. Ba’zan, diniy toponimlar tarkibida mahalliy indeyslar tilida

joy bilan b o g iiq b oigan so‘zlarni ham topish mumkin. Masalan, SantaFe-de-Bogota (hozir Bogota), Santyago-de-Leon-de-Karakas (hozir

Karakas) va boshqalar.

Karakas - Venesuela poytaxti. Shahar Karib And tog la ri orasidagi

vodiyda joylashgan. Unga ispanlar 1567 yili, karakas indeyslari qishlo g i o ‘m ida asos solishgan va shu davrning an’anasiga ko £ra, katoliklar

cherkovi avliyosi Leonlik Yago sharafiga Santyago-de-Leon-de-Karakas

— «Karakaslik va Leonlik avliyo Yago shahri» deb nom berishgan.

Shahar nomi tarkibidagi Leon Ispaniyadagi tarixiy viloyat va shahar

nomi, Karakas esa Venesueladagi karakas qabilasi yashagan joy. Toponimikadagi soddalashish qonuniyatiga ko‘ra, uch tarkibiy qismdan iborat b o ig an murakkab nomdan, faqat oxirgi qismi saqlanib qolgan.

K o‘chma toponimlarga mintaqadagi

Kartaxenay Valensiya,

Barselona, Merida kabi oykonimlar misol boladi. And toponimiyasida

memorial nomlar ham alohida bir guruhni tashkil etadi. Kolumbiya,

Kristobal-Kolon shahri, Boliviya, Bolivar cho‘qqisi, Sukref SyudadOxeda, Valdiviya, Orelyano kabi joy nomlari bunga yaqqol misol

boladi. Mintaqa tabiiy landshaftlarini aks etgan toponimlar tarkibida

oronimik terminlar ko‘p uchraydi. Buni real tabiiy sharoit, turli reFef

shakllari hamda baland va serviqor And tizma toglarining mavjudligi

bilan izohlash mumkin. Oronimik terminlar orasida kordilera — «tog4 tizmasi», aynan

«arqon, zanjir» - Kordilera-Blanka. Kordilera-Merida, Kordilera-Real,

Sharqiy va G ’arbiy Kordilera; altiplano - «baland plato» — Markaziy

Anddagi yassi to g ia r nomi; nudo - «tog4 tizmasi» - Nudo-de-Pasto,

barranko - «jar, chuqur vodiy» - Barranka, Barrankas kabi terminlar

toponimlar tarkibida ko4proq uchraydi. And toponimiyasida pueblo,

syudad («shahar»), puerto («port»), bayya («qo‘ltiq»), ofisina («pochta

stantsiyasi») kabi ispancha terminlar oykonimlar yaratishda keng q o ‘1-

laniladi. Mintaqada tasviriy xususiyatga ega b oigan toponimlar ham

ko‘plab topiladi: Valparaiso - «jannat vodiysi», Vinya-del-Mar -

«dengiz sohilidagi uzumzor», Portovexo - «eski port» va hokazo.

Artddan tashqari Sharq toponimiyasi. Submintaqa toponimiyasining boshqa hududlardagi joy nomlaridan asosiy farqi shuki, uning ustki

toponimik qatlami yevropani turli tillari yordamida shakllangan. Shu

sababdan, Anddan tashqari Sharq toponimiyasida ispancha va portugalcha nomlar bilan birga, areallari uncha katta bolm agan ingliz, fransuz,

golland, nemis tiliga mansub toponimlar ham uchraydi. Submintaqadagi

tubjoy (substrat) toponimiya yaxshi saqlangan bo4 Isa ham, ammo ularning bir qismi ispan va portugal tillari ta’sirida shakllan o ‘zgargan.

Binobarin, mintaqada kompozit (gibrid), ya’ni nomning bir qismi

yevropacha, ikkinchisi qismi esa mahalliy indeyslar tiliga xos bo‘lgan

so‘zlardan tarkib topgan toponimlar soni ko‘paygan.

Yuqorida qayd qilgandek, indeyscha toponimlar mintaqa bo‘ylab

keng tarqalgan va ular asosan aravak (shimolda), kechua (g‘arbda)

hamda tupi-guarani tillariga xos nomlardir. Xususan, tupi-guarani toponimlarining areali ancha keng va ulami Karib dengizidan to Argentinagacha bo4lgan hududlarda uchratish mumkin. Mintaqa joy nomlari

tarkibida geografik terminlami ham alohida о ‘mi bor. Masalan, materikning sharqiy sohili b o ‘ylab para — «daryo» m a’nosidagi gidronimik

termin keng tarqalgan. Shu bois, ushbu termin yordamida paydo bo‘lgan

joy nomlari, jumladan gidronimlar ko‘p: Para, Parana («katta daryo»),

Paraiba («yomon daryo»), Parakuta («yaxshi daryo»), Paragvay,

Paranaiba, Paranapanema, Paramaribo,

Paralcatu, Paraopeba,

Paranan va hokazo.

Tupi-guarani indeyslari kichik daryo va irmoqlarga nisbatan igarape

(aynan, «qayiq uchun yo‘l») terminini qo‘llashgan va ular yashaydigan

hududlarda Igarapava, Igarape-Abiu, Igarape-Makako kabi gidronimlar

shu termin bilan bog‘liq holda paydo boigan. Mahalliy indeyslar tilida
chako termini alohida ma’no kasb etgan. Sababi, ular qadimda to‘da

bo‘lib ov qilishgan va uning alohida bir turini chako deb atashgan. Unda

bir guruh ovchilar katta hududni o ‘rab olib, o ‘ljani markazga haydash

maqsadida, maydonni asta-sekin qisqartirib borishgan. Keyinchalik

ispanlar orasida Argentina va Paragvaydagi katta hududni egallagan

tekisliklarni chako deb atash rasm boigan. Masalan, Gran-Chako

(«katta ov maydoni»), unga keyinchp, Chako-Boreal («Shimoliy»),

Chako-Sentral («markaziy») va Chako-Austral («janubiy») kabi alohida

nomlar berilgan.

Ta’kidlash joizki, tupi-guarani tillarida yaratilgan boshqa toponimlar

turi ham ko‘p: Iguasu («katta suv»), Urugvay («qushlar daryosi»),

Jurua («quyilish joyi»), Kuritiba («igna bargli daraxtlar joyi»),

Pemambuku («daryo irm ogi»), Itaypu («sayroqi tosh»), Guanabara

(«yashiringan qo‘ltiq»), lbera («zilol suvlar o'lkasi»), Piaui («yangi»),

Gviana («serob o ‘lka») va hokazo. Aravak indeyslari tilida yaratilgan

joy nomlari mintaqaning shimoliy qismida ko‘proq uchraydi. Ushbu

qabila tarkibidagi purupuru, surima, karakas kabi etnik guruhlar nomi

keyincha, Purus, Surinam, Karakas kabi geografik nomlaming paydo

bolishida asos vazifasini bajargan.

Orinoko - mintaqadagi daryo nomi, mahalliy tamanuk indeyslari

qabilasi tilida orinuku - «katta daryo» ma’nosini beradi. Orinokoning

quyilish joyini 1498 yilda X.Kolumb, 1499 yilda A.Oxeda va

A.Vespuchchi ekspcditsiyasi, o'rta oqimini ispan sayyohi Diego Ordas

tadqiq qilgan. 1800 yili nemis tabiatshunosi A.Gumbold. fransuz botanigi E.Bonplan bilan birga, Orinoko bo‘ylab sayohatga chiqib, uning

Amazonka tizimiga tutash ekanligini aniqlashgan.

Amazonka — yer yuzidagi eng sersuv daryo, havzasi maydonining

kattaligi jihatidan dunyoda birinchi o ‘rinda, uzunligi jihatidan esa

Nildan keyin ikkinchi o ‘rinda turadi. Amazonka nomini paydo bo(lishi

haqida quyidagi tarixni bayon qilishgan: 1S42 yili hali hech kimga

ma’lum bo‘lmagan daryo orqali suzib borayotgan ispan konkistadori F.

de Orelyani boshchiligidagi otryad, daryoning o ‘rta oqimida to‘xtab

sohilga chiqishadi va qirg‘oqda mahalliy xalq bilan to‘qnashuv sodir

bo‘ladi. Mustamlakachilar indeyslarga ayollar rahbarlik qilayotganini

ko‘rib hayratda qolishadi. Bu voqea ularga qadimgi yunon rivoyatlaridagi jangari ayollar - amazonkalarni eslatadi. Shu sababdan, ular

daryoni Rio de las Amazonas - “Amazonkalar daryosi”, deb atashgan.

Mintaqada toponim hosil qiluvchi termin sifatida kechua indeyslari

tilidagi pampa - «o‘tloq» so‘zi ancha faol, u gibrid nomlar (indeys- ispan) ham hosil qilgan: Pampa, Pampa-de-las-Salinas, PampaTamargual va hokazo. Shuni ham ta’kidlash joizki, hozirda pampa

so‘zini geografik termin sifatida q o llash areali ancha keng va ilmiy

geografik adabiyotlarda Janubiy Amerikadagi barcha subtropik dashtlar

pampa deyiladi.

M a’lumki, Braziliyada portugal tili davlat tili hisoblanadi va shu

bois, eng baquw at toponimik qatlamni aynan, portugalcha nomlar tashkil etadi. 1500 yili portugaliyalik dengizchi Pedru Alvares Kabral

Braziliya qirg‘oqlariga birinchi bo‘lib borgan va o ‘sha davming

an’anasiga ko‘ra yangi kashf qilgan o ‘lkaga portugalcha diniy - Terra

do Vera Cruz - «muqaddas salib yeri» nomini bergan. Taxminan chorak

asrdan so‘ng оЧка nomi Terra do Brasil - «Brazil yeri» deb o'zgartirilgan va keyinchalik nom soddalashib Brazil (-iya) shaklini olgan.

Mamlakat nomi brazil (portugal tilida brasa - «cho‘g ‘; qizargan ko‘-

mir») - daraxti nomi bilan bog‘liq. Daraxtdan bo‘yoq uchun ishlatiladigan suyuqlik olingan va bu xom ashyo mustamlakachilikning dastlabki yillarida asosiy eksport mahsuloti bo‘lgan. Shu sababdan, ushbu

daraxt nomi davlat nomiga o ‘tgan va uning ramziga aylangan.

Portugalcha nomlaming tarkibida geografik terminlar ko‘p uchraydi.

Ularga tabiiy landshaft turlarini ifoda etuvchi k a b u - «bo‘g ‘oz» (KabuBranku, Kabu-Friu), serra - «tog‘ tizmasi», aynan - «arra» (Serra-duMar, Serra-du-Mantikeyra, Serra-Dorada, Serra-du-Espinyasu), kampina - «ochiq tekislik» (Kampina-Grandi, Kampina-Verdi, Kampinas)>

shapada — «plato» (Shapada-Diamantina,

Shapada-du-A raripi,

Shapadinya), kashueyra — «ostona, sharshara» (Kashueyra-Grandiy

Kashueyra-du-SuU Kashueyra-Alta) kabi terminlar misol boladi.

M intaqa gidronimlari tarkibida riu - «daryo» so‘zi (Riu-Branku - «oq

daryo», Riu-Negru - «qora daryo») ancha sermahsul geografik termini

hisoblanadi. Braziliyaliklar nishabligi kichik b oigan tekisliklar orqali,

ilon izi (meandr) o ‘zan hosil qilib sokin oqadigan hamda qirg‘oqlami

yuvishi natijasida suvi tarkibida oq-sarg‘ish zarrachalami k o ‘p bolganligi sababli ushbu daryoni Riu-Branku deyishadi. Braziliyaning janubisharqiy qismida tarkibida pinyal (pinerush, pineraya pinha - «qarag‘ay»

so‘zidan) floristik tennini mavjud toponimlar k o ‘p tarqalgan. Igna

bargli aukariyalar va doimiy yashil buttalardan iborat kam daraxtli

subtropik o ‘rmpnlami pinyal deb atashadi. Mutaxassislaming aniqlashicha, hozirda fitotoponimlar areali o ‘rmonlarga nisbatan ancha keng

va bu holatni o ‘rmonlar maydonini kamayishi bilan izohlash mumkin.Braziliya geografik nomlari tarkibida tasviriy va metaforik nomlami

sezilarli o ‘m i bor: Belu-Orizonti - «go‘zal ufuq (gorizont)», Jardineziya

- «bog‘zor», Panorama, Kalkanyar - «tovon», Korkovado - «bukri»,

Pan-de-Asukar — «qandli bosh»), memorial nomlar: Juan-Pesoa,

Prezidenti-Prudenti, Governador-Valadaris va «yangi dunyo» katolik

davlatlarida an’anaviy bo‘lgan diniy e ’tiqodlar bilan bog‘liq nomlar:

Natal, San-Fransisku, San-Paulu, Safita-Katarina, Espiritu-Santu va

hokazo.

Braziliyada ayrim psevdoklassik toponimlar ham uchraydi. Masalan,

tarkibida qadimgi yunonlaming polis- «shahar» termini mavjud bo‘lgan

Itapolis, Kirinopolis, Femandopolis, Anapolis kabi oykonimlar paydo

bo‘lgan. Tarkibida landiya- «ег, o ‘lka», qo‘shimchasi bo'lgan nomlar

o 4ziga xosligi bilan ajralib turadi: Kofelartdiya («kofe o ‘lkasi»),

Aurilandiya («oltinli yer»), Kasilandiya va boshqalar. Andan tashqari

Sharq mintaqasida ispancha nomlar, asosan ispan tilida so‘zlashuvchi

mamlakatlarda keng tarqalgan. Mahalliy indeyslar tilida yaratilgan

toponimlaming salmog‘i bir oz kam. Sababi, ularning aksariyat qismi

ispanlar tomonidan yangi nomlar bilan almashtirilgan.

M intaqada tipik ispancha terminlardan (rio, bayya, serra va boshqalar), tashqari mahalliy terminlar ham uchraydi. Ularga kuchilya-

«cho‘zilgan qir», aynan, «katta pichoq» (.Kuchilya-Grande, Kuchilyade-Aedo qirlari), serraniya — «cho‘qqilar gruhi» (Serraniya-de-laSerbatana), arroyo - «irmoq» (Tres-Arroyos, Arroyo-Seko, Arroyos-iEsteros), kanyada - «tor vodiy, chorva haydaladigan yo4l» (Kanyada,

Kanyada-de-Gomes), korrientes — «girdob» (Korrientes — Argentinadagi shahar va provintsiya), lyanos - «tekislik» (tekis joylam ing umumiy nomi - Boliviyadagi Lyanos-Moxos, Lyanos-Оrinoko), rio-salado -

«sho‘r daryo» (Argentinadagi sho‘r va qurib qoladigan daryolar nomi),

salina - «sho‘rxok» (.Salinas-Grandes, Salinas-Chikas - ko‘l, materikni

dengiz sathidan eng past nuqtasi-35 m.), salto - «sharshara» (SaltoGrande, Salto) kabi toponimlar misol bo‘ladi.

Mintaqadagi diniy e ’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’anaviy nomlar: San-Karlos, San-Rafael, San-Nikolas va hokazo. Davlat va jamoat

arboblari, harbiy sarkardalar va boshqa mashhur shaxslar sharafiga

qo‘yilgan memorial nomlar ham ko‘p: Vedma, Fortin-Koronel-EuxenioGaray, Xeneral-Acha, Koronel-Suares va boshqalar. Mintaqada boshqa

yevropa tillari asosida shakllangan nomlar ham uchraydi, ammo ularning salmog‘i uncha katta emas. MutJIllun, inglizcha toponimlami Gayana (Djordjtaun, Makenzi,

Spi Inglcnds), va Folklcnd orollarida ([Port-Stenli, Charters), fransuzcha

noinliiinl I'Viinsiya (ivianasida (Rejina, Gran-Santi, Sen-Jan, Benvenyu),

gollnmkha nomlarni esa Surinam davlatida (Niv-Amsterdam, NivN iih n, (Irotilngtfth Totncss) uchratish mumkin. Gollandcha nomlar

uilUirlgll lliWI Iми ni noini ham kiritish mumkin. 1616 yili golland

ill nglM llllarl Va I .счпег va V.Sxauten Amerika qit’asining eng chekka

ihh|Iii*ImI niili|lali, ungll V.Sxautcnning ona shahri b o ig a n Gorn (Xorn)

мим.mi linUhgiiii.

Ikktlirlil |uli«

h i ui'UNhidan kcyin nemis harbiylari ayrim Janubiy

Anii'illui iliivliilliitIda bonhpuna (opishgan. Shu sababdan, Paragvay va

I liMfv ну I

i h i i и In I It и/il lyaniti(* janubida nemis inuhojirlari tomonidan

hi4li|Min llllu'ihmdlvn, Hremen va boshqalar) nomlar paydo bo‘lgan.

Ми* nl ii ii if* ell)' rlii'kka janubiy ntiqlasi I'rouerd burni nomining kelib

• Ii Ii|InIiI liain liifi.ll/ III! bilan bogiiq. «Tcmir qaroqchi» laqabini olgan,

liigll/ donglfcohlMl Frensis Dreyk (1540-1596), 1578 yili Magellan

l)o'j»’i)/i nrqall Atlantlkadan Tittch okeaniga suzib o ‘tayotgan vaqtda



to'fon boshlangan, bo‘g ‘ozni shimoliy qirg4og‘ida to‘xtashga majbur

b oigan F.Dreyk, bu joyni Frouerd («to‘fonli») deb atagan.
Yüklə 153,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin