Amir Temur shaxsiyatining bugungi kundagi mazmuni va beqiyos mohiyati shundaki, Sohibqiron siymosi bir tomondan bugungi avlodda o‘z o‘tmishi bilan faxrlanish, ma’naviy ildizlarini topib olish, erkinlik qadriyatini tushunishga va kelajakka ishonch bilan qarashga da’vat etsa, ikkinchi tomondan, dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin ozodlik, yuksak madaniyat va taraqqiyotning qadriga yetuvchilarning o‘zaro yaqinlashuviga xizmat qiladi.
Temur tuzuklari
1996-yil dekabrda Prezident I. Karimov “1996-yilni Amir Temur yili” deb atash to‘g‘risida Farmon qabul qildi.
“Temur tuzuklari” bir necha tillarda chop etildi. O‘sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi.
Amir Temur maqbarasi
Muqaddas qadamjo – Amir Temur maqbarasi ta’mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar muzeyi qurildi.
1996-yilning 22–24-aprel kunlari YuNESKO doirasida Parijda o‘tkazilgan xalqaro tadbirlar jahon madaniy hayotida muhim va yorqin voqea sifatida baholandi.
Turkiya, Eron va Qirg‘izistonda Konrad Adenauer va Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar o‘tkazildi.
Temuriylar, ayniqsa, Amir Temur davri haqida gap ketganda faqat ana shu uyg‘onish davri yutuqlari haqida gapirish kamlik qiladi.
Ungacha bo‘lgan ming yilliklardagi tarixiy-madaniy ravnaq ayni ana shu taraqqiyotga zamin yaratgan.
Yurtimizga Amir Temur bosh bo‘lgan yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda qo‘lga kiritgan yutuqlar bo‘m-bo‘sh, huvillagan joyda yuzaga kelmagan. Balki shu makonda qadimdan rivojlanib, shakllanib kelgan tarixiy-madaniy an’analar asosida qaror topgan.