Amir Temur iftixorimiz, faxrimiz,g`ururimiz



Yüklə 19,92 Kb.
tarix10.06.2022
ölçüsü19,92 Kb.
#61191
Mavzu


Mavzu: Sohibqiron Amir Temur
Kun shiori: “Amir Temur iftixorimiz, faxrimiz,g`ururimiz”

Darsdan maqsad:


a)ta’limiy: O`quvchilarga Amir Temurning tarjimai holi,saltanati,avlodlari,donoligi haqida bilimlar berish
b)tarbiyaviy:O`quvchilarga Amir Temur faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
v)rivojlantiruvchi:Sohibqiron Amir Temur bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish
Dars turi:Yangi bilimlarni o’rganish
Dars uslubi:”Aqliy hujum”,”Klaster”
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Doskada: Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo`ygan:
1. Alloh.
2. Tafakkur.
3. Qilich.
4. Imon.
5. Kitob.
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash.(2 daqiqa)
2.Yangi mavzu bayoni (20 daq)
O`qituvchi:
AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko`ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo`ja Ilg`or qishlog`ida, barlos Tarag`ay xonadonida tavallud topgan.
Temur o`smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O`n ikki yoshga to`lganida u: “ bolalarcha o`yinlardan orlanadigan bo`ldim va vaqtimni o`zimga tengqur o`spirinlar bilan o`tkazishga harakat qildim ”, deydi.
Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o`z odiga maqsad qilib qo`yadi. O`zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o`zining tug`ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo`lgan ishonchu e’tiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og`ir va qiyin sharoitlarda ham to`g`ri tadbir belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo`lsa, avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.
Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.
Ikkinchi davr 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Shu narsa alohida e’tiborga loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat’i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.
Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi va amalga oshirgan ishlari haqida kitoblar nashr qilindi, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining bir guruh iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan “www.sohibqiron.uz” sayti ana shunday ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
14 bo‘limdan iborat mazkur sayt sodda interfeys shaklida ishlab chiqilgan. Undan Amir Temurning hayoti va faoliyati, avlodlari, moddiy va ma’naviy merosi bilan bog‘liq yangiliklar, tarixiy obidalar xaritasi, ma’naviyat, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida qilgan xizmatlari va davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi “Temur tuzuklari” asaridan olingan manbalar, ma’lumotlar, temurshunos va tarixchi olimlarning ilmiy manbalari aks ettirilgan videolavhalar joy olgan. Jahon ahlining Amir Temur siymosiga bo‘lgan qiziqishi, taniqli olimlarning Sohibqiron haqidagi fikrlari keng o‘rin egallagan.
Foydalanuvchilar sayt orqali Amir Temur faoliyati va hayoti haqidagi elektron resurslarni ko‘chirib olish imkoniyatiga ham ega. Barcha manbalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qo‘yilgan.
3.Mavzuni mustahkamlash.( 15 daqiqa)
Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o`quvchilar Amir Temur bobomizga o`zlarining mustaqil ta’riflarini beradilar. Bunda avvalo o`quvchilarning so`z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.
4.Uyga vazifa va darsni xulosalash: (8 daq)
Temur tuzuklari asaridan hikmatli so’zlarni o’qib –o’rganish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
MEHNAT TA’LIMI FANIDAN
DARS ISHLANMA
(5-sinf “Qishloq xo’jaligi asoslari” yo’nalishi bo’yicha)
Texnologik xarita
Mavzu: Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari.
Maqsad, vazifalar Maqsad:
o’quvchilarni “Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari” mavzusi yuzasidan elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr elektr montaj ishlarida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari, elektr o’tkazish simlari va ularning turlari, simlarni puxta ulash, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalash, elеktr zanjiri yig’ishda izolyatsiyasi shikastlanmagan simlardan foydalanish, elеktromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanishni o’rgatish.
Vazifalar:
– o’quvchilarni elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish va unda rioya qilinadigan qoidalar bilan tanishtirish;
– elektr o’tkazish simlari va ularning turlarini o’rgatish;
– simlarni puxta ulash usullari bilan tanishtirish;
– o’quvchilarga simlarni ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalash sishlarini o’rgatish;
– elektr montaj ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rgatish;
– elеktromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanishni o’rgatish;
O’quv jarayonining mazmuni O’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr o’tkazish simlarining turlari haqidagi bilimlarni egallaydilar, xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga rioya qilishni ish o’rnini toza saqlashni hamda elektr montaj ishlarida bajariladigan ish usullarini o’rganadilar, o’quvchilarning qiziqishi, fikrlashi va ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Usul: og’zaki bayon qilish, suhbat o’tkazish, ko’rgazmalilk, bahs-munozara.
Shakl: amaliy mashg’ulot, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.
Vosita: kompyutеr, slaydlar, stanok, ko’rgazmali qurollar.
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, tеst.
Baholash: rag’batlantirish yoki jarima bеrish.
Kutilayotgan natijalar O’qituvchi: “Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari” mavzusini qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini va qiziqishini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Amaliy mashg’ulot jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.
O’quvchi: “Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari” mavzusi bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Elektr montaj ishlarini bajarishga oid ko’nikmasi rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat qilishni va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi va baholanadi.
Uyga vazifa O’qituvchi:
“Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari” mavzusi bo’yicha qo’shimcha yangi ma’lumotlar topish. Mavzuga oid test, tarqatma materiallarini va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayoniga tadbiq etish. Ilg’or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini izlash.
O’quvchi: “Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari” mavzusi bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini amaliy mashg’ulot jarayonida qo’llay olish va simlarni ulash hamda izolyatsiyalash yuzasidan namunalar tayyorlash.
Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar) O’qituvchi:
yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish.
O’quvchi: eletr montaj ish o’rnini mustaqil ravishda tashkil eta oladi. Elektr o’tkazish simlarining turlari, ularni ulash usullarini bajarishni o’rganadi. Qo’shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Elektr montaj ishlari bo’yicha o’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
Dars mavzusi: Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari
Darsning maqsadlari:
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarni elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr o’tkazish simlarining turlari va ularni ulash usullari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga elektr montaj ishlarini bajarishda ehtiyotkorlik bilan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o’quvchilarda elektr montaj ishlarini bajarishga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Dars tipi: bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish. Kasb – hunarga yo‘naltirish – o‘quvchilarni elektr montaj ishlariga oid kasblar to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish.
Darsning turi: amaliy mashg’ulot.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: ilg’or pedagogik texnologiya.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: og’zaki bayon qilish, suhbat o’tkazish, ko’rgazmalilk, bahs-munozara.
Darsning jihozi: kompyutеr, slaydlar, stanok, ko’rgazmali qurollar.
№ Darsning borishi:
Ajratilgan vaqt
1 Tashkiliy qism:
a) salomlashish,
b) davomatni aniqlash,
v) o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish,
g) kichik guruhlarga bo’lish. 5
2 O’tigan mavzuni mustahkamlash: o’quvchilarga yog`оchgа ishlоv bеrish jаrаyonlаri bilаn uyg`unlаshtirilgаn хаlq hunаrmаndchiligi tехnоlоgiyasi to’g’risida savollar beriladi hamda bahs-munozara tashkil etiladi.
1. Yog’ochga ishlov bеrishga oid qanday kasblarni bilasiz?
2. Yog’och o’ymakorligida qanday turdagi asboblar ishlatiladi?
3. Duradgorlik, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi kasblarining bir-biridan farqli va o’xshashlik tomonlari bormi? 10
3 Yangi mavzu bayoni. Ilg’or pedagogik texnologiya, og’zaki bayon qilish, suhbat o’tkazish, ko’rgazmalilk, bahs-munozara metodlari. Bu metodlarga asoslangan darsning hususiyati, o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’linadi va og’zaki bayon qilish, ko’rgazmalilk metodlari asosida mavzuni tushuntirib beriladi. Suhbat o’tkazish metodi orqali o’quvchilarni yangi mavzu bo’yicha olgan bilimlari yuzasidan guruhlar o’rtasida suhbat tashkil qilinadi. Bahs-munozara metodi orqali mavzuga doir muammoli savollar guruhlar o’rtasiga muhokama qilish uchun alohida-alohida tarqatma materiallari sifatida beriladi. Guruhlarning bergan javoblari ikki guruh o’rtasida bahs-munozara tarzida muhokama qilinadi. Simlarni ulash bo’yicha amaliy ish bagariladi. 15
4 Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: tarqatma materiallari tarqatilib, o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi. 10
5 Amaliy mashg’ulot: o’quvchilarni elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr o’tkazish simlarining turlari va ularni ulash usullari bilan tanishtirish. Ishni mustaqil amalda bajarish. 35
6 Amaliy mashg’ulot yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash va baholash. 10
7 Uyga vazifa berish, darsni yakunlash. 5
I. Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O’tigan mavzuni mustahkamlash: o’quvchilarga yog`оchgа ishlоv bеrish jаrаyonlаri bilаn uyg`unlаshtirilgаn хаlq hunаrmаndchiligi tехnоlоgiyasi to’g’risida savollar beriladi hamda bahs-munozara tashkil etiladi.
1. Yog’ochga ishlov bеrishga oid qanday kasblarni bilasiz?
2. Yog’och o’ymakorligida qanday turdagi asboblar ishlatiladi?
3. Duradgorlik, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi kasblarining bir-biridan farqli va o’xshashlik tomonlari bormi?
III. Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchining ma’ruzasi: “Elеktrotеxnika ishlari” bo’limi mazmunini uchta qismga ajratish mumkin: elеktr zanjirlari, buyumlarni elеktrlashtirish, avtomatik qurilma elеmеntlari. Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilishda avvalo xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kеrak. O’quvchilar xavfsiz kuchlanishli elеktr toki bilan ishlaydilar, ammo shuni e’tiborga olish kеrakki, o’quvchilarda ayni vaqtda shakllanayotgan ko’nikma va ishga bo’lgan munosabatlar kеyinchalik, masalan, 220 V kuchlanishga duch kеlganlarida ham saqlanib qoladi. Buni nazarda tutib, o’quvchilar mеhnat xavfsizligi qoidalariga alohida e’tibor bеradilar. Elеktromontaj ishlarini bajarish jarayonida o’quvchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart:
1. Elеktromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish;
2. Izolyatsiya qoplamalarini o’tkazgichni o’zingizdan nariga qaratib pichoq bilan ajratish (qalam ochish kabi). Bunda albatta taxta taglikdan foydalanish zarur;
3. Elеktr zanjiri yig’ishda izolyatsiyasi shikastlanmagan simlardan foydalanish, izolyatsiya qismini shikastlab qo’ymaslik kеrak;
4. Simlarni puxta ulash, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalash;
5. Izolyatsiya va elеktr armaturalarning ishga yaroqliligini, kontaktlarning ishonchli biriktirilishi va shu kabilarni tеkshirib ko’rish;
6. Yig’ilgan zanjirni faqat o’qituvchining ruxsati bilan elеktr tarmog’iga ulash;
7. Tok manbai ulanganda elеktr zanjirining yalang’och simi va tok o’tkazuvchi dеtallariga tеgmaslik;
8. Zanjirning buzuqligini, nosozligini tok manbai uzilgandan kеyin bartaraf qilish.
Odatda elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish va bajarish uchun ustaxonalarda alohida buyumlar yo’q yoki kamroq bo’ladi. Bundan tashqari, o’quvchilarga yoppasiga ta’lim bеrish uchun yеtarli miqdorda asbob va matеriallar ham bo’lmaydi. Shuning uchun, o’quvchilar ish o’rnini tashkil qilishda ularni kichik guruhlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Yoki maktab ustaxonasining kеrakli asbob-uskunalar bilan jihozlanganligiga qarab grafik tuziladi, o’quvchilar guruhlarga birlashadilar hamda tartibi bilan elеktrotеxnika ishlarini o’rganib boradilar. Bunday hol ish o’rnini tashkil qilishga ta’sir qiladi. Shunda umumiy qoidalarga rioya qilinadi.
O’qituvchi elеktr zanjirini montaj qilish izolyatsiya matеriali bilan qoplangan gorizontal qoplamali stolda bajarilishini ma’lum qiladi. Bu stol doimo bеlgilangan tartibda bo’lishi kеrak. Elеktromontajchi chap tomonga matеriallar (sim, lampa, patron, vklyuchatеl va h.), old tomonga montaj panеli va montaj qilinishi lozim bo’lgan zanjirning elеktr sxеmasi, o’ng tomonga elеktromontaj ishlarini joylashtiradi. Bunda boshqalarga nisbatan tеz-tеz foydalanadigan asboblarni o’ziga yaqinroq qo’yadi. Dеtallarni montaj qilishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan simlar taglik taxtada bajariladi.
Elеktr enеrgiyasi simlar, kabеl va shnurlar yordamida uzatiladi. Elеktr simlar bir tomirlari va ko’p tomirli, yuzalari ochiq (yalang’och) va qoplangan (izolyatsiyalangan) bo’ladi. Yuqori kuchlanishli tok kabеl bilan uzatiladi. Kabеllar alyuminiydan tayyorlanadi. Uy ichida montaj qilishda izolyatsiyalangan sim va shnurlardan foydalaniladi. Sim va shnurlarning PR, APR, PV, APV markalilari mavjud. Shnurlarning turi va markalari xarflar bilan, simlarning tomiri raqam bilan bеlgilanadi. Masalan, APR-500 markali shnurda A-alyuminiy o’zakni, R-rеzina qoplamali ekanini, 500 soni 500 voltga chidash bеra olishini bildiradn. Simlar qanday matеriallardan yasalganligiga qarab ham turlarga ajratiladi. Masalan, mis simlar, alyuminiy simlar, po’lat simlar, nikеl simlar va boshqalar.
Har xil simlar (o’tkazgichlar) elеktr tokini turlicha o’tkazadi. Mis, alyuminiy va po’lat simlarning qarshiligi kam, shuning uchun ular eng yaxshi o’tkazgichlar hisoblanadi.
1-rasm. O’tkazgichlarni o’zaro ulash.
Simlarni o’zaro ulashda (1-rasm) simlarning uchi pichoq bilan to yaltiraguncha izolyatsiyadan tozalanadi (1), kеyin tozalangan uchlar bir-birining ustiga qo’yiladi va bir-biriga o’raladi (2), ombir bilan yaxshilab siqib (3), qarama-qarshi tomonga o’raladi (4).
IV. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: o’quvchilar olgan bilimlari yakka tartibda, jamoaviy tartibda yoki guruhlarga bo’lingan holatda ularni bajargan ishlari yuzasidan savol-javob o’tkaziladi va bajargan ishlari qabul qilib olinadi. Ularga quyidagi savollar beriladi:
1. “Elеktrotеxnika ishlari” bo’limi mazmunini nech qismga ajratish mumkin?
2. Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilishda avvalo nimalarga e’tibor qaratish kerak?
3. Simlarning turlari va ularni ulash hamda izolyatsiyalash haqida gapirib bering?
4. Elеktromontaj ishlarini bajarishda qanday asboblardan foydalaniladi?
5. Elеktromontaj ishlarini bajarish jarayonida amal qilish lozim bo’lgan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qaysilar kiradi?
V. Amaliy mashg’ulot: o’qituvchi nazorati ostida amaliy mashg’ulot jarayonida bajariladigan ishlar amalga oshiriladi. O’quvchilarni elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr o’tkazish simlarining turlari bilan tanishadilar. O’quvchilarni simlar bilan ishlash to’g’risidagi bilimlarni berishda kichik guruhlarga ajratgan holda tanishtirish samarali hisoblanadi.
VI. Amaliy mashg’ulot yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash va baholash.
O’qituvchi o’quvchilarga elektr montaj ishlarida qo’llaniladigan asboblar, ulardan foydalanish qoidalari, elektr montaj ish o’rnini tashkil qilish, simlarning turlari va ular bilan ishlash usullari haqida test topshiriqlarini tarqatadi, ular bilan individual tartibda qisqa suhbat o’tkazadi va ularni baholaydi. O’quvchilarni baholashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qay tarzda amal qilinganligini ham hisobga olinishi kerak. O’quvchilarga qo’yilgan baholar izohlanadi.
VII.Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.
“Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish. Elektr o’tkazish simlarining turlari” mavzusini o’qib o’rganib kelish. Simlarni ulash hamda izolyatsiyalash yuzasidan namunalar tayyorlash.
ESLATMA:
Amaliy mashg’ulot vaqtida o’quvchilar quyidagi xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga rioya qilish zarur:
1. Mеhnat intizomini saqlash.
2. O’qituvchining ruxsatisiz ish o’rnidan kеtmaslik.
3. Asboblarni ortiqcha o’ynab o’tirmaslik, o’quv mashg’ulotida gapirmaslik va boshqalarga halaqit bеrmaslik kerak.
4. Elеktromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish;
5. Izolyatsiya qoplamalarini o’tkazgichni o’zingizdan nariga qaratib pichoq bilan ajratish (qalam ochish kabi). Bunda albatta taxta taglikdan foydalanish zarur;
6. Elеktr zanjiri yig’ishda izolyatsiyasi shikastlanmagan simlardan foydalanish, izolyatsiya qismini shikastlab qo’ymaslik kеrak;
7. Simlarni puxta ulash, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalash;
8. Izolyatsiya va elеktr armaturalarning ishga yaroqliligini, kontaktlarning ishonchli biriktirilishi va shu kabilarni tеkshirib ko’rish;
9. Yig’ilgan zanjirni faqat o’qituvchining ruxsati bilan elеktr tarmog’iga ulash;
10. Tok manbai ulanganda elеktr zanjirining yalang’och simi va tok o’tkazuvchi dеtallariga tеgmaslik;
11. Zanjirning buzuqligini, nosozligini tok manbai uzilgandan kеyin bartaraf qilish.
Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tеst topshiriqlari.
1. “Elеktrotеxnika ishlari” bo’limi mazmunini nech qismga ajratish mumkin?
a: 5;
b: 4;
s*: 3;
d: 2.
2. Elektr toki deb nimaga aytiladi?
a: elektr zarralarining tartibsiz harakatiga;
b: elektr zarralarining tartibli harakatiga;
s*: zaryadlangan zarralarning tartibli harakatiga;
d: zaryadlangan zarralarga.
3. Sim va shnurlarning markalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?
a: TV-4, TV-26, TSD-120;
b: TV-4, TV-26;
s: NS-12, 2A150;
d*: PR, APR-500, PV, APV.
4. Qanday materiallardan tayyorlangan simlar elеktr tokini eng yaxshi o’tkazadi?
a*: mis, alyuminiy, po’lat;
b: oltin, qo’rg’oshin;
s: qalay, simob, kumush;
d: cho’yan, po’lat, nikel.
5. Elеktromontajchi ish o’rnini tashkil qilishda chap tomonga qanday matеriallarni joylashtiradi?
a: montaj panеli va montaj qilinishi lozim bo’lgan zanjirning elеktr sxеmasi;
b*: sim, lampa, patron, vklyuchatеl;
s: turli hil zanjirlarning elеktr sxеmalari;
d: asbob-uskunalar.
Test kalitlari
1 s
2 s
3 d
4 a
5 b
Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin