Tashkil qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
90 minglik ish


3.4. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishni
tashkil qilish
Reja:
1. Xalq hunarmandchiligining metodologik va tarixiy asoslari.
2. Xalq hunarmandchilik turlaridan naqqoshlik san’ati va ularda qo‘llanadigan asbob-uskunalar, texnologiyalar.
3. Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri.
4. Xalq hunarm andchilik turlaridan kashtachilikda qo‘llanadigan asbob-uskunalar, texnologiyalar.
Tayanch iboralar: xalq amaliy bezak san’ati, naqqoshlik san’ati,
naqshli bezaklar, me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari, badiiy va madaniy meros, olti-sakkiz qirrali stol, quticha, ramka, shamdon, islimiy naqsh, girih naqshi, murakkab naqsh, hunarmand-kashtado'z, so'zana, choyshab, oynaxalta, choyxalta, tuzxalta, palak, so‘zana, joynamoz, qaytma chok, suv chok, iroqsimon chok, bo'rtma chok, popop chok.
1. Xalq hunarniandchiligining nietodologik va tarixiy asoslari.O'zbek xalqining ko'p asrlik tarixidan ma’lumki, xalq amaliy bezak san’ati va hunarm andchilik boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajovib va ommaviy qismini tashkil etadi.
O'zbek diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan amaliy san'at bemisol va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bo'lib kelmoqda. Bunday amolyot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, o'zbek amaliy san’ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy jamiyatga borib tarqalishining guvohi bo'lamiz.
Badiiy idrok qobiliyati kishilarda, o'quvchilarda olamni, undagi avjudodlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarning turfa shakl-sham oilada aks ettirishga havas uyg'otadi. Shakl va ranglarning real hamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va o'z navbatida odamlarning kundalik turm ushidan o'rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning turli-tuman shakllari va turlari paydo bo'ldi. Boshqa san’atlarga nisbatan, bunday naqshli bezaklar ko'pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari bor. Ma’lumki, islom mamlakatlarida mavjudodlar tasviri ishlanmagan, balki, tasviriy san’atga chuqur falsafiy yondashish natijasida shartlilik, stillashtirish, rasmiylikka asoslangan badiiy bezak asarlarini yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy haqiqat o'zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo'lganki, hozirda jahonda m ashhur m e'm orchilik yodgorliklarim iz va ulardagi ganchkorlik koshinkorlik, naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik va boshqa turlardagi san’atlarning ajoyib darajada uyg‘unlashganligida ko‘rinadi. Uning negizida murakkab, izlanuvchan, ijodkorlik mehnati mavjud. Misol uchun: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’m orchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari bo‘lib, xalqim izning va shu bilan jahon madaniyatining durdonalaridan bo'lgan badiiy va madaniy merosini tashkil etilganidan xabardor bo‘liamiz .
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun o'zbek xalqining amaliy san’ati kishilarni badiiy axloqiy, umum insoniy ruhda tarbiyalaydi. 0‘zbek xalq san’ati qadimiyligi hamda boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhur. Uning yer yuzasi va tuproq osti qismi ulkan bir tarixiy muzey. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi har bir tarixiy obida, har bir xalq amaliy san’ati nam unasi bobokalonlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas, teran mazmunli va tarixan bebaho san’at asarlari jahon madaniyatining durdonalaridan bo'lgan badiiy va ma’naviy merosini tashkil etadi. Asrlar davom ida orttirilgan va madaniy boyligimiz, xususan, sho'ro tuzumi davrida o'zbek milliy xalq amaliy bezak san’atining eng ko'p rivojlangan turlaridan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o'ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik kabi
turlarning o'ziga xos tom onlari, bajarish texnologiyasi, haqiqiy
asl nomlari, o'ziga xos maktablari, uslublarini yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda xalqimizning asrlar bo‘yi yaratgan mehnati natijasida yaratilgan amaliy bezak san’atini ko'z qorachig'idek saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, yoshlarga o'rgatish orqali ularning estetik didini o'stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Nosir Xisrav, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va musavvirlar xalqimizni go‘zallikka intilishga chaqirgan. Bobomiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib matematika, geometriya, me’morchilik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at va hattotlik kabi san’at asarlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Shaharlarni har tomonlama chiroyli va ulug'vor qilishga intildi. Jumladan, tosh hamda g‘isht yo‘llar, keng va katta ravon ko‘chalar qurdirgan. Bir-biridan mahobatli binolar soldirgan. Samarqandning Registon maydonidagi
Ulug'bek, Sherdor va Tilla Qori m adrasalari, Shoxi Zinda va Go‘ri Amir ansambl maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxoroda Ismoil Samoniy maqbarasi, Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi, Shahrisabzdagi Oq Saroy va boshqalar bugungi kunda dunyoga mashhurdir. Amir Temur va temuriylar davrida xalq san’ati hunarmandchiligi qolaversa madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli mamlakatlardan ustalar, me’morchilar olib kelinib ajoyib takrorlanmas binolar qurilgan va bog‘u-rog‘lar barpo etilgan.
Ayniqsa Temur o'z onasiga bag‘ishlab qurdirgan Oqsaroy tarixning bir bo‘lagi bo'lib qoladi. Uni 1379-yilda Temurning amri bilan qurdirilgan.
Ma’lumki, o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng rivojlangan urlaridan biri naqqoshlikdir. 0‘zbekiston territoriyasidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, So'g‘d, Baqtriya va boshqa naqsh san’atining rivojlanganligi ma’lum. Olimlarimiz Surxandaryo viloyatidagi Fayoztepa (1—11 asr), Dalvarzintepa (1 asr) qazilm alaridan topilgan, asm, naqsh qoldiqlari orqali buni isbotlab berganlar, Xorazmdagi Tiiproqqal’a zallari m onum ental naqshlar bilan bezatilganligi bizga m a’lum. VI—VII asrlarda qasrlar va boylarning uylari naqshlar ham da tasvirlar bilan bezatilgan. IX—X asrlarda 0 ‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi. A rxitekturada g‘isht qolipli naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki tomonlariga ganch, yog‘och o‘ymakorligini qo‘llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa, maktablarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch naqshlar bilan nafis bezatilgan.
XVIII asrning oxiri XIX asrda Qo'qonda, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda yetuk ustalar yetishib chiqdi. Misgarlik, JOS naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va boshqa san’at turlari rivojlandi.
Qadimda hunar o'rganish muqaddas sanalgan. Har bir xalq kelajak avlodlarga o‘zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. 0‘zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo'lgan desak, xato qilm agan bo‘lamiz. Masalan, Andijon viloyatining Shahrixonida, Samarqand viloyatining Urgutida, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Marg‘ilonida, Namangan viloyatining Chustida xalq hunarm andchiligi gullab yashnagan. Hunarmandlar ma’lum bir davrlarda mahallalarga bo‘linib shug'ullanganlar, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb yuritilgan. O'sha davrlarda yana misgarlik, zargarlik, buyrachilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik mahallalari ham mavjud bo‘lgan. Masalan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda buyrachi mahallasi bo‘lib, u yerda umuman Buxorodagi buyra to'qiydigan ustalar yashagan. Buyrachi mahallasida 120 la oila yashagan. Har bir kasbkorlik mahallasida qo'ni-qo'shnilar o‘rtasida raqobat bo'lgan. C hunki k im ning mahsuloti sifatli bo'lsa, xalq o'shaning ishlab chiqargan m ahsulotini sotib olgan. Shuning
uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o‘z rastasi bo‘lgan. Bozorda, odatda, bozor begi bo‘lgan.
U barcha rastalarga keltirilgan mollarni kuzatib, ularga narx belgilab chiqqandan keyin savdo-sotiq boshlanar edi. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori kasodga uchragan. Naqqosh o‘tmishda xalq ustalarining eng bilimdoni hisoblangan. Chunki ular madrasada tahsil olib adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Qadimdan naqqoshlar naqsh yaratish sir-asrorlarini usta bo‘lganlaridan so‘ng ular ham o‘z shogirdlariga o‘rgatganlar. Shunday qilib, naqqoshlik kasbini hunarmandchilikka asos qilib an’ana tariqasida rivojlantirib kelganlar. Zamonamizda naqqoshlik yosh avlodga: mehnat ta’limining turi, to‘garak, kasb shaklida o'rgatilmoqda. Aslida naqqoshlikni o‘rgangan o'quvchi-shogird xalq hunarmandchiligining boshqa soha, tarmoq kasblarini ham o'zlashtirishi osonlik bilan amalga oshgan. Chunki xalq badiiy hunarm andchiligi sohalari: ganch, o‘makorlik, yog'och, tosh va suyak o'ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, kulolochilik, sandiqsozlik, beshiksozlik, pichoqchilik, zargarlik, chilangarlik, chopon tikish, kiygiz bosish, do'ppido'zlik, sharq miniatyurasi, rixtagarlik, zardo‘zlik, patdo'zlik, kashtachilik, chitgarlik, savat to'qish, bo‘yrachilik, gilam to'qish va boshqa shu guruhga kiradigan badiiy hunarm andchilik kasblarini o'rganish texnologiyasida naqqoshlik asos hisoblanadi. Hozirgi kunda ayrim m aktablarda m ehnat ta’limi bo'yicha to'garak ishlarini tashkil qilishda quyidagi o'quv rejadan foydalanadilar (chuqurlashtiriigan variantida): Mavzular tartib raqami darslar tartib raqami mavzular soatlar 5 -sinf1 1—2 naqqoshlik hunari va uning inson hayotidagi o‘rni 223 – 4 naqqoshlikda ishlatiladigan asbob uskunalar va materiallar 235 - 6 naqsh va uning turlari 247 -26 naqsh elementlarini chizish geometriyasi 205 27 - 64 Oddiy naqsh namanalarini qalamda chizish 38 Jami: 64
6-sinf 61 -2 rangshunoslik 273 - 8 bo'yoqlar bilinishlash texnologiyasi 689 - 64 oddiy naqsh namunalarini bo'yash 56 Jami: 64
7-sinf 9 1-28 Berilgan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak va doira shaklidagi naqsh namunalarini chizish va bo'yash 281029 - 64 kompozitsiya, naqsh elementlari asosida oddiy naqsh kom pozitsiyalarini tuzish 36 Jami: 64
Shu bilan birga maktab o‘quvchilarini xalq hunarm andchilik ohasidagi tarmoq va kasblarga xos mehnat asoslarini o'zlashtirishga yo'naltirmoqdalar: nonvoychilik, o‘tov tayyorlash, oshpazlik, milliy o'yinchoqlar tayyorlash, ot-ulov anjomlari tayyorlash, kosibchilik, imoratsozlik va boshqa mehnat turlarini o‘rganishga jalb etilmoqda.
Yuqorida aytilgan milliy hunarmandchilik asoslari o'quvchilar
uchun kasb tanlashga omil hisoblanadi. 2. Xalq hunarmandchiligi turlaridan naqqoshlik san’ati va ularda qo‘lIanadigan asbob-uskunalar, texnologiyalar. Xalq amaliy san’atining eng keng tarqalgan ommaviy turlaridan biri naqqoshlikdir. Naqqoshlik amaliy san’ati O'zbekistonda juda qadimdan mavjud bo'lib, ayniqsa, XV1I1—XIX asrlarda keng rivoj topa boshladi. Avvallari naqsh bilan masjid va madrasalar, boy zodagonlarning uylari (ship, ustun, devor) bezatilar edi. Bu davrda me’morchilik naqshlari o'z qonun-qoidalari hamda bezash uslublariga, o'ziga xos ranglar uyg‘unligiga va mustaqil naqsh tuzilishiga ega edi.
XIX asrga oid Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent
me'morchilik yodgorliklari bir xil uslubda yaratilgan, chunki bu
shaharlar ustalari bir-birlari bilan yaqindan ham korlik qilishgan.
O'tgan asrlarda yaratilgan Farg‘ona, Toshkent, Buxoro va
Sam arqand naqshlarini diqqat bilan o‘rganadigan bo'lsak, bitta
xususiyat ularning hammasiga xos ekanligi anglaniladi. U ham
bo‘lsa, naqshlar mazmunining bir-biriga yaqinligi, ranglarning
yorqinligi va tekis ishlanishidir. Olti-sakkiz qirrali stollar, qutichalar, ramka, shamdonlar, tryumo, oyna, karniz, ipaklar va boshqa turli buyumlar O'zbekistonda qadimdan naqshlanadi. Yog‘och buyumlar bezagi bilan binolar naqshi hamda texnologik xususiyatlari o'rtasida ko'pgina umumiyliklar bor. Naqshdagi asosiy bezak ishlari tabiatdagi novda, yaproq, gul, g‘uncha, kurtak, lola, qalampir, nok, bodom , katta yaproq va pollardan shartli ravishda olingan elementlardir.
Naqshlarning o‘z qonuni, tarkibiy qism larining o‘ziga xos tuzilishi va ranglar asosi bor. Har bir naqsh alohida qaytariluvchi shakllardan iborat bo'lib, ularning o'zaro uyg'un bog'lanishi naqsh m avzusini belgilaydi. Har bir shunday ritmik qaytariluvchi qismlar yig‘indisi shunday ma’lum m azm un yaratishga m o‘ljallangan katta pannoning bir bo‘lagidir.
Xalq ustalari ijodida quyidagi naqsh guruhlari ko‘p qo‘llaniladi: islimiy, guruh, murakkab. Islimiy — egri chiziqli o'simlik tarkibiy qismlaridan iborat naqsh. Islimiy naqshlarda quyidagilar asosiy qismlardir: novda,
yaproq, gul, g‘uncha, kurtak, lola, qalampir, nok, anor, bodom -
poya va boshqalar. Guruh — to‘g‘ri chiziqli qismlardan hosil qilingan geometric shakldagi naqsh. Guruhlar to‘rsimon va yulduzsimon bo‘lib, yulduz qirralarining soni uchtadan o‘n oltitagacha bo‘ladi. Murakkab — islimiy va guruh tarkibiy qismlarining chatishmasidan iborat naqsh. Murakkab naqshlar guruh shakllar va o‘simlik tarkibiy qismlarining birga qo‘shib ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladi. Naqsh chizish uchun sifatli rasm daftari, albom, oq vatman qog‘oz, yumshoq va o‘rta yumshoq qora qalamlar, oq yoki ko'k o‘chirg‘ichlar, uchburchakli yoki to'g'ri chizg'ichlar, sirkul kerak bo'ladi. Chizilgan naqshni bo'yash uchun esa birdan o‘ngacha raqamli mo‘yqalamlar, quruq bo'yoq, guash, akvarel, emulsiyali, mineral, tempera kabi bo'yoq turlari, bo'yoq qorish uchun idishchalar, aralashtirish uchun tayoqchalar kerak bo‘ladi. Naqsh turli xil material va yuzalarga ishlanishi mumkin. Naqsh ishlashga har qanday yog'och ham yarayvermaydi. Asosan, qayin, qora qayin, terak, qarag'ay, nok, yong'oq, D S P va boshqa yog'ochlar tanlanadi. Naqsh ishlash uchun mos yog'och tanlangandan keyin unga dastlabki ishlov beriladi va yuzasi tekislanadi (shpatlyovka qilinadi). Shpatlyovka belchalar yordamida yog'och yuzasiga bir tekisda suriladi. Yog‘ochning ulangan yerlari, choklari bo‘lsa, bu joylarga ikki martadan shpatlyovka surib chiqiladi. Shpatlyovka qurigach buyum sathi jilvir qog'oz bilan silliqlanadi. Tayyorlangan yuza endi gruntlanadi. Buning uchun o'rik yoki duradgorlik yelimini qizdirib, yaxshilab eritib, toza idishga doka yoki mayda elakda suziladi. Biroz sovigach. unga tilla yoki kumush hal solinib, aralashtiriladi. Bu qorishma o'rtacha suyuqlikda bo‘lishi kerak.
Tayyor bo‘lgach qorishma buyum sirtiga 20 raqamli mo'yqalam
bilan ilk bor ton rangida bo'yab chiqiladi.Naqsh chizishni avvalo mavjud naqsh namunalaridan ko'chirib chizish mashqidan boshlagan ma’qul. Bunda naqsh chizish metodikasiga rioya qilinishi zarur. Tayyor naqshni ko‘chirib chizishdan maqsad kelgusida turli naqshlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o'rganish va mustaqil naqsh kompozitsiyasini chizishdir. Bu qiziquvchidan naqsh kompozitsiyasining muhim qismlari hisoblangan g'oya, ritm, simmetriya, soya, rang kabilar haqida keng
ma’lumotga ega bo'lishini taqazo etadi. Naqqoshlik darsini tegishli fan o'qituvchisi yoki naqqosh ustalar olib borishi lozim. Naqqoshlik hunari darsini yaxshi olib borish uchun o'qituvchi zamonaviy didaktikani yaxshi bi 1 ishi va uni am alda ijodiy qo'llay olishi kerak. O'qituvchi o'zining pedagogik faoliyatida quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir:
1. Ta’lim va tarbiyaning birlik tamoyili.
2. Ta’limning ilmiy bo'lish tamoyili.
3. Ta’limda ko'rgazm alilik tamoyili.
4. Ta’limda onglilik va aktivlik, m ustaqillik tamoyili.
5. Ta’limning tizimli va izchil bo'lishi tamoyili.
6. Ta’limda ilmiy bilim, ko'nikm a va m alakalarni puxta va
mustahkam o'zlashtirish tamoyili.
7. Ta’limning o'quvchilarga mos bo'lish tamoyili.
8. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘Iiq bo'lish tamoyili.
9. Qatnashuvchilar kollektiviga ta’lim berish jarayonida har qaysi o'qituvchilarga xos xususiyatlarni hisobga olib o'rgatish tamoyili.
Bu borada ta’kidlash zarurki, o'quvchi maktabni bitirib qaysi kasbda ishlamasin, bir hunar egasi bo'lib qoladi. Bu hunar orqali kelajakda o'z iqtisodini yaxshilashi mumkin, shu hunar orqali ilm o'rganishi mumkin. Bundan tashqari kelajakda bu bolada madaniyat va san’atdagi, hayotdagi go'zalliklarni seza bilish, bu go'zallikni yarata olish ko'nikma va malakalari shakllanadi. Naqshlarni o'qishni o'rganadi, go'zallikdan bahra olishga o'rgatadi. Xullas, o'quvchilar voqelikka to'g'ri baho berishga va undan to'g'ri xulosa chiqarishga o'rganadilar.
Mashhur chexoslovakivalik donishmand, insonparvar pedagog
Yan Amos Komenskiy o'zining «Buyuk didaktika» asarida yoshlarga hunar o'rganish haqida bunday degan edi: «Hunarmand o'z shogirdiga o'z kasbini o'rgatish uchun ma’lum muddat belgilaydi. Ikki, uch yil va hokazo. Muddatning qisqa-uzoqligi kasbning oddiy-murakkabligiga bog'Iiq bo'ladi. Shogird kasb-hunarni shu m uddatda o'rganib olishi zarur. H ar bir shogird shu kasb sohasida ustaga yordamchi bo‘lib ishlay boshlaydi va biroz vaqt o‘tgach, usta bo'lib oladi». Maktabda ham, o'quvchilarga hunar o‘rgatish sohasida ham tartibga rioya qilish kerak. Belgilangan muddatda, ya’ni 5—9-sinflarda bola hunar o'rganadi, u axloqli va madaniyatli bo‘lib shakllanadi. Bu haqida sharq olimlari, xalq donishmandlari va xalq pedagogikasi yillar va asrlar davomida o‘z
tajribalarini o‘tkazganlar.
Naqqoshlar hunarini maktablarda o‘rgatishda to‘garaklar
tashkil etilib, 5,6,7-sinflarda haftasiga 2 soatdan, yil davomida
har bir sinfda 64 soatdan vaqt ajratib o'rgatish m um kin. To'garak
mashg'ulotlari uchun belgilangan dastur quyidagi vazifalarni o‘z
oldiga maqsad qilib qo'ygan:
• o'quvchilarga naqqoshlik hunarini o'rgatish;
• naqqoshlik hunari tarixi va uning maktablari bilan yaqindan
tanishish;
• naqqoshlikda naqshni qog'ozdan yog'ochga, yog'ochdan
bino devorlariga naqsh ishlashni o'rgatish;
• o'quvchilarni san’atga va hunarga bo'lgan qiziqishini oshirish;
• ularni kelgusida axloqli, bilimli va madaniyatli kishi bo'lib
yetishtirish.
Naqqoshlik hunari ustaxonasi uchun katta va kichik xona
ajratilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki katta xonada
dars o'tiladi, kichikroq xonada esa asbob-uskunalar va ba'zi bir
duradgorlik ishlari bajariladi.
Maktabda naqqoshlik hunari to'garaklaridagi mashg'ulotlar
davomida o‘quvchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— naqqoshlilik hunarining hayotdagi roli va uning ahamiyati;
— naqqoshlikda ishlatiladigan materiallar, bo'yoq turlarida
ishlay olish;
— har xil mo‘yqalamlarda ishlay olish;
— naqsh turlari va ularning elementlarini yaxshi chiza bilish;
— o'simliksimon, geometrik, ramziy va boshqa naqsh kom pozitsiyalarini tuza bilishi hamda ularni xohlagan sharoitda ishlay
olish;
— ish o'rnini toza tutish, texnika xavfsizligi, yong'in xavfsizligi
va gigiyena qoidalarini bilish;
— murakkab shakldagi buyumlarga naqsh ishlay olish;
— binolarni naqshlar bilan bezay olish;
— ish o‘rnini va ishning eng ilg‘or metodlarini tashkil etishni
bilish;
— murakkab bo‘lmagan xalq amaliy bezak san’ati asarlarini
o‘qiy olish va ularni tahlil qila olish;
— naqsh tilini bilish;
— naqqoshlik maktablari va ularning o'ziga xos farqlarini bilish;
— O'zbekistondagi naqqosh xalq ustalarini va qisman bo‘lsada,
chet el naqqoshlarining hayoti va ijodini yaxshi bilish;
— O'zbekistonda hunarmandchilik turlarining hammasini bilishi lozim.
Naqqoshlik darslaridan tashqari quyidagi ishlarni ham uyushtirish maqsadga muvofiqdir:
1. Muzeylarga, xalq ustalarining ustaxonalariga, ko'rgazmalarga va boshqa joylarga sayohat qilish.
2. Hunarmand ustalar, san’atshunos, tarixshunos va boshqa
olimlar bilan uchrashuvlar o'tkazish.
3. O'quvchilar ishlaridan ko‘rgazmalar tashkil etish.
4. «Yosh naqqoshlar» nomli devoriy gazetalar chiqarib turish.
5. «Mohir qo'llar», «Bizning ustalar», « G o ‘zallik sohibkorlari»,
«Mashhur naqqoshlar» mavzularida stendlar tashkil etish.
6. Yosh naqqosh ustalar hayoti va ijodiga bag‘ishlab ijodiy
jurnallar tayyorlash.
7. Konkurslar o'tkazish.
8. Viktorinalar tashkil etish.
9. Olimpiadalar o'tkazish.
10. Slaydlar, videofilmlar, kinofilmlar namoyish qilish.
11. M e ’morchilik obidalari muzey yoki naqqoshlar ish obyektiga borish va ustalarning ishlaridan nusxa olish.
12. Hunarmandlar ishlaridan fotonamunalar saqlash uchun
alohida papkachalar tashkil etish.
Bu ishlarni o'qituvchi o'z sharoitidan kelib chiqib, ish rejasi
asosida olib boradi.
Beshinchi sinfda o'quvchilarga naqqoshlik san’ati tarixi, uning
maqsad va vazifalari, hunar nima, hunarmandchilik, usta va shogirdning vazifalari, naqqoshlik hunarini yoshlarga o'rgatishning
milliy an’analari, inson hayotida naqqoshlik hunarining roli
haqida o'rgatiladi. Naqqoshlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar,
materiallar hamda ulardan to'g'ri foydalanish o'rgatiladi. Turli
jahon xalqlaridagi naqshlarning bir-biridan farqi va o'ziga xos
xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Ayniqsa, naqqoshlarimiz
naqshlar orqali, ya’ni naqsh tili bilan unsiz ovozda gapirishi, har
bir naqsh elementi ramziy ma’no anglatadi. Naqsh elementlarini chizish o‘rgatiladi. Shundan so‘ng o'quvchilar oddiy naqsh
namunalarini chizib, mashq qiladi. Bu naqsh namunalarini 5—
6 marta katak daftarda chizib mashq qiladilar. Ular 10 ta naqsh
namunalarini chizishni mashq qilgandan keyin albom varag‘ida
ikki nusxadan chizib qo'yadilar. Chunki bo‘yash uchun tayvorlab
qo'yiladi.
Oltinchi sinfda o'quvchilar beshinchi sinfda qalamda obdon
chizishni mashq qilib o‘rgangan o‘nta namunalarini bo‘yashni
o‘rganadilar. Avval barcha o'quvchilar bilan rangshunoslik
bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Suhbatda rang haqida umumiy tushuncha, ranglarning paydo bo'lishi, ranglar nomi, uning turlari va tizimdagi ahamiyati, ranglarning inson ruhiga ta’siri va boshqalar o'rgatiladi. O'quvchilarga bo'yoq turlari va ular bilan
ishlash texnologiyasi batafsil o'rgatiladi. Bo'yoq bilan ishlash
texnologiyasida bir nechta qiziqarli mashqlar bajariladi. Bo'yoq va
mo'yqalamlar bilan ishlashni o'rganib bo'lingandan so'ng o'nta
oddiy naqsh namunalarini ranglashga o'tiladi. Bu naqshlarni
oddiysidan boshlab bo'yab mashq qiladilar. Bo'yashda naqsh larning katta va kichik zaminlarini bo'yashga o'rganadilar. Keyin esa naqshlarning gul va barglariga rang berishni, naqshlarni novdasiga rang berilgandan so'ng naqshlar pardoz qilinadi. Pardoz berishda naqsh barg va gullariga taroq chiziqlar tortiladi. Bundan so'ng naqshning oq bandi va obisi tortiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin