ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARI.
Analitik geometriya geometriyaning bir qismi bo’lib uning asosiy tushunchalari nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik, ikkinchi tartibi egri chiziqlar va sirtlardan iborat. Analitik geometriyaning asosiy tadqiqot vositalari koordinatalar metodi va elementar algebra metodlari bo’lib hisoblanadi. Koordinatalar metodi XVII-asrda paydo bo’lib u astranomiya, mexanika va texnikaning rivojlanishi bilan bog’liq. Bu metod va analitik geometriya asoslari 1637 yilda R.Dekard tomonidan fanga kiritilgan bo’lib uning rivojiga P.Ferma, G.Leibnis, I.Newton, L.Euler va boshqa olimlar katta hissa qo’shishgan.
Dostları ilə paylaş: |