3-mavzu. Kimyoviy muvozanatning asosiy turlari. Geterogen muvozanatning analitik kimyoga tadbig`i.
Reja:
1. Moddalarni suvdagi eruvchanligi. Eruvchanlik ko‘paytmasi (KS konstantasi).
2. Kationning to‘liq cho‘kishiga ta’sir etuvchi omillar (modda, erituvchi va cho‘ktiruvchining tabiati).
3. Cho‘kmaning erishiga ta’sir etuvchi omillar (tuz samarasi, kompleks xosil bo‘lish).
4. Kasrli cho‘ktirish.
5. Kiyin eruvchan cho‘kmani oson eruvchan cho‘kmaga aylantirish.
6. KS ning taxlildagi axamiyati.
Tayanch iboralar: eruvchanlik, geterogen tizim, eruvchanlik ko‘paytmasi, ion ko’paytma,tuz samarasi,karsli cho‘ktirish, so’ddali so’rim.
1. Moddalarni suvdagi eruvchanligi. Eruvchanlik ko‘paytmasi KS
Muayyan karoratda o‘tato‘ingan eritmaning konsentratsiyasi eruvchanlik deb ataladi. Eruvchanlik massa birlikda Sm=m/v(g/ml), molyar birlikda SM=m/M(m/l) kabi ifodalanadi. Oz eruvchan moddalar eruvchanligi: SM≤10-2 m/l dan oshmaydi. Gaz-suyuqlik, suyuqlik-qattiq, suv va suvda aralashmas organik erituvchi kabi ikki xil agregat fazalardan iborat aralashmalar geterogen tizim deb ataladi. CHo‘kma xosil bo‘lish natijasida suyuq erituvchi va qattiq cho‘kmadan iborat geterogen tizim vujudga keladi.
BaSO4 ↓↔ Ba2+ + SO42-
CHo‘kma xosil bo‘lishi kaytar jarayon bo‘lib, unda oz eruvchan tuz (elktrolit) va uning eritmadagi ionlari orasida xarakatchan (siljuvchan) – dinamik muvozanat qaror topadi. Ikki xil faza chagarasida qaror topgan muvozanat geterogen muvozanat deyiladi. M.T.Q ni mazkur geterogen muvozanatga tadbiq etib analitik kimyoda g‘oyatda muxim, eruvchanlik ko‘paytmasi tushunchasini matematik ifodasini chiqaramiz
KM = [Ba2+][SO42-] / [BaSO4]
BaSO4 g‘oyatda oz erigani sababli uning geterogen tizimdagi miqdori [BaSO4] = cons o‘zgarmas. Bu qiymatni tenglikning chop tomonicha o‘tkazib, ikkita o‘zgarmas son ko‘paytmasini xosil qilamiz ana shu ko‘paytma eruvchanlik ko‘paytmasi – KS yoki solvoliz doimiysi deb ataladi1
KM[BaSO4] = [Ba2+][SO42-]
Solvoliz doimiysi KS (yoki eruvchanlik ko‘paytmasi) fakat oz eruvchan elektrolitlarga xos bo‘lib ularning t˚ = 200S xaroratdagi qiymatlari analitik ma’lumotnomada keltirilgan, tabiyki ular orasidan osh tuzi yoki nitratlarga doir ma’lumotni qidirish mantiqsiz, chunki bu tuzlar suvda yaxshi eruvchan elektrolitdir.
1-ta’rif. Uy xaroratida oz eruvchan elektrolit to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi.
AmBn ↔ mAn+ + nBm-
AmBn tarkibli cho‘kma uchun KS = [A]m · [B]n kvadrat kavslarda oz eruvchan elektrolitning geterogen muvozanatdagi konsentratsiyalari keltirilgan
Masalan: Ca3(PO4)2 ↔ 3Ca2+ + 2PO43- uchun KS = [Ca2+]3 · [PO43-]2
Konsentratsiya fa’ollik orqali berilsa ifoda quyidagicha bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: |